Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.06K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #bolalar #reportaj

📍Bolalar ombudsmani tomonidan Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasidagi shart-sharoitlarni o‘rganish yuzasidan telereportaj.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#monitoring #bolalar #Qoraqalpogiston

📸 Bolalar ombudsmanining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bir qator oilaviy bolalar uylariga amalga oshirgan monitoringidan fotolavha.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #Qoraqalpogiston #markaz

📷 Bolalar ombudsmanining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotiga qilgan monitoring tashrifidan fotolavha.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#monitoring #Qoraqalpogiston #dispanser

🏥 Respublika 1-sonli ruhiy asab kasalliklar dispanseri Bolalar ombudsmanining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga monitoringi doirasidagi navbatdagi manzili bo‘ldi.

☑️ Muassasaning Bolalar bo‘limida bugungi kunda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar davolanib kelmoqda.

📌 Hozirda bolalar bo‘limida 30 ta yotoq joy mavjud bo‘lib, bu son davolanish ehtiyoji bo‘lgan bolalar soniga mutanosib emasligi aniqlandi.

🔎 Shuningdek, nutqida, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tibbiy davolanishini kompleks olib borish uchun logoped, kar-soqov bolalar uchun defektolog shifokor shtatlariga katta ehtiyoj mavjud.

📍Bolalarni davolash muolajalari va ovqatlanishi bo‘yicha muassasada jiddiy nuqsonlar mavjud bo‘lmasada, dispanser binosi nihoyatda eskirgan va jiddiy ta’mir talab ahvolda.
Shu bilan birga, dispanserda bolalar uchun davolanishdan tashqari paytda madaniy hordiq olishga oid sharoitlar ham yo‘lga qo‘yilmagan.

🖇️ Monitoring doirasida dispanser ma’muriyatiga va hudud mutasaddilariga bu maskanda bolalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #Qoraqalpogiston #bolalar

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bolalar ombudsmanining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga monitoring tashrifi davomida Taxiatosh tumanidagi "Bolalar uyi"da bo‘ldi.

🏫 Bolalar uyi 0-7 yoshgacha bo‘lgan yetim, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, shu jumladan, psixofizik rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni parvarish qilishga mo‘ljallangan davlat ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasasidir.

📌Ushbu maskan 40 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda hozirda 28 nafar bola 3 toifadagi guruhlarda tarbiyalanmoqda, shundan 9 nafari nogironligi bo‘lgan bolalardir.

👶🏻Kichkintoylar bilan samimiy muloqotda shuni guvohi bo‘ldikki, maskandagi shifokor, psixolog va pedagoglar bolalarni o‘z farzandidek yaxshi ko‘radilar, bu mehr bolajonlarni ko‘zlarida, erkin harakatlarida namoyon bo‘lmoqda.

🔍 Monitoring davomida muassasada bolalar uchun yotoq joylari, ovqatlanish, davolanish, sanitariya-gigiyena sharoitlari tegishli standartlarga mosligi hamda zarur mutaxassislar shtati to‘liqligi aniqlandi.

📁Shu bilan birga, muassasadagi bolalarning maqomi bilan bog‘liq hujjatlarni yuritishda ayrim kamchiliklar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish bo‘yicha Bolalar uyi ma’muriyati va hudud mutasaddilariga kerakli tavsiyalar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Photo
#monitoring #Qoraqalpogiston #bolalar

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasiga monitoringi davomida bir qator maktab-internatlar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ko‘zdan kechirdi.

🔸Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy tipidagi 6-sonli maktab-internati faoliyati bilan tanishildi. Ushbu muassasada hozirda 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 164 nafar bola tarbiyalanmoqda.

🔹Shuningdek, Xo‘jayli tumani 3-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi ham o‘rganilib, bu maskanda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 395 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Monitoring doirasida bolalar soni ko‘pligi tufayli o‘quv darsliklariga bo‘lgan ehtiyoj ham yuqori ekanligi aniqlandi. Shuningdek, yotoqxona koridorlari ta’mirtalab darajada ekanligi, yotoqxonaning isitish tizimini yaxshilash, tibbiyot xonasini zamonaviy jixoz va vositalar bilan ta’minlash zarurligi ma'lum bo‘ldi.

🖇 Shu bilan birga, internat ma’muriyati 1-9-sinflar uchun darsliklarni qoraqalpoq tilida chop etish borasida ko‘mak kerakligini bildirdi.
Mazkur masalalar yechimi yuzasidan hudud mutasaddilariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Monitoring keyingi manzili Xo‘jayli tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-sonli Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.

🏬 1995-yilda tashkil topgan bu muassasada hozirda 90 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ushbu maskanda sport zali yo‘qligi tufayli jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari musiqa zalida olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, bir nechta guruh xonalarida konditsioner yo‘qligi, tibbiyot xonasida esa dori-darmonlar uchun maxsus jihozlar ta’minlanmagani aniqlandi.
Bolalar ovqatlanishi shart-sharoitlarini ham jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji bor

Hudud mutassadilariga mazkur muassasalardagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilashga oid ko‘rsatmalar hamda bolalar bilan ishlashda zamonaviy usullarni tatbiq etish uchun mutaxassislar malakasini oshirishga oid tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #aniqlangan_kamchiliklar #Bolalar_ombudsmani

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bolalar ombudsmani tomonidan joriy yilning 18-19-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan monitoringi davomida mazkur hududda joylashgan 2-sonli tergov hibsxonasida bo‘lib, muassasada saqlanayotgan 2 nafar voyaga yetmagan X.X. va R.T. lar sharoitlari ko‘zdan kechirildi va ular bilan alohida suhbatlashildi.

Monitoring davomida mazkur voyaga yetmaganlar katta yoshli maxbuslar bilan bir kamerada saqlanayotganligi aniqlandi.
Qachonki xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka ko‘ra, hibsxonalarda voyaga yetmaganlar kattalardan ajratilgan tarzda saqlanishi shart bo‘lib, alohida holllardagina bunga prokuror roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Bolalar ombudsmani monitoring doirasida aniqlagan ushbu qonun buzilishi yuzasidan yo‘llagan alohida so‘rovi asosida hibsxonadagi mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi☑️.

🟡 O‘rganishda aniqlanishicha, tergov hibsxonasi ma’muriyatining mutasaddi mansabdor shaxslari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2011-yildagi "Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida"gi Qonunning 41-moddasi talablariga rioya qilinmasdan, prokuror roziligini olmasdan turib, voyaga yetmaganlarni katta yoshli shaxslar bilan bir kamerada saqlanganligi uchun bu qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga "qattiq hayfsan" intizomiy jazosi qo‘llanildi.

📌 Tekshiruvda katta yoshli mahbuslar tomonidan voyaga yetmaganlar huquqlariga zarar yetkazish faktlari aniqlanmay, ayni paytda voyaga yetmaganlar katta yoshli shaxslardan alohida kameraga joylashtirilgan bo‘lib, hibsxona ma’muriyati qonun talablariga qat’iy rioya qilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Bolalar ombudsmani monitoring natijasida aniqlangan bola huquqlari buzilishi holatlari bartaraf etilishi ustidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #bolalar_ehtiyojlari

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Joriy yilning 28-iyun kuni Bolalar ombudsmani Toshkent viloyati
Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida o‘tkazgan monitoring doirasida muassasa ma’muriyati, shuningdek, voyaga yetmaganlarning shaxsan o‘zlari bilan suhbatlashgan edi.

🗣 Voyaga yetmaganlar bilan muloqot chog‘ida bolalar ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Bolalar ombudsmaniga bir necha so‘rov bilan murojaat qildilar.

🖥 Xususan, koloniyada respublikaning bir qator oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lsada, o‘quv jarayoni samarali tashkil etilishi uchun kompyuter texnikasini yangilash zarurati borligi, koloniyada atigi 9 ta kompyuter bo‘lib (ma'naviy eskirgan), mavjud ehtiyoj uchun bu yetarli emasligi bildirilgandi.

📌 Bolalar ombudsmani bu masalada amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga murojaat qilib, kuni kecha 24-sonli tarbiya koloniyasiga Jamg‘arma ko‘magi bilan 20 ta zamonaviy kompyuter texnika vositalari yetkazib berildi va muassasada 2 ta yangi ixtisoslashtirilgan kompyuter xonalari tashkil etildi.

🖇 Koloniya ma’muriyati va bolalar mazkur masalada muhim ko‘mak ko‘rsatib, muassasada ta’lim olish sharoitlarini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #bolalar #Bolalar_ombudsmani #Samarqand

📍Bolalar ombudsmani Samarqand viloyatiga monitoring tashrifi doirasida viloyat IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldi.

🖇 Monitoring vaqtida ushbu muassasada 4 nafar (1 nafar qiz va 3 nafar o‘g‘il bola) voyaga yetmaganlar saqlanmoqda.

📌 Markazda voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, bolalarning dars jarayonlari, yotoq, dam olish, sanitariya va ovqatlanish sharoitlari, psixolog hamda tibbiy xizmat bo‘limlari ishi darajasi o‘rganildi.

📃Markaz monitoringi natijasida aniqlangan kamchiliklar va faoliyatni takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Natijada, ko‘rsatilgan muammoli masalalar shu kunni o‘zida o‘z yechimini topdi☑️.
Xususan, Bolalar ombudsmanining voyaga yetmaganlar bilan individual tarzda olib borgan suhbati davomida va ularga oid bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish doirasida ular muassada saqlanmay oilaviy muhitga, o‘z ota-onalari va yaqinlariga qaytarilishi maqsadga muvofiq deb topildi.

🔹Bu borada kechiktirmay o‘tkazilishi kerak bo‘lgan choralar ko‘rish to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalar asosida mutasaddilar sa'y-harakati bilan voyaga yetmaganlarning 3 nafari o‘z ota-onalariga topshirilib, oilaviy muhitga qaytarildi. Shuningdek, yana bir qizni ota-onasiga topshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM