#monitoring #bolalar_ehtiyojlari
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Joriy yilning 28-iyun kuni Bolalar ombudsmani Toshkent viloyati
Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida o‘tkazgan monitoring doirasida muassasa ma’muriyati, shuningdek, voyaga yetmaganlarning shaxsan o‘zlari bilan suhbatlashgan edi.
🗣 Voyaga yetmaganlar bilan muloqot chog‘ida bolalar ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Bolalar ombudsmaniga bir necha so‘rov bilan murojaat qildilar.
🖥 Xususan, koloniyada respublikaning bir qator oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lsada, o‘quv jarayoni samarali tashkil etilishi uchun kompyuter texnikasini yangilash zarurati borligi, koloniyada atigi 9 ta kompyuter bo‘lib (ma'naviy eskirgan), mavjud ehtiyoj uchun bu yetarli emasligi bildirilgandi.
📌 Bolalar ombudsmani bu masalada amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga murojaat qilib, kuni kecha 24-sonli tarbiya koloniyasiga Jamg‘arma ko‘magi bilan 20 ta zamonaviy kompyuter texnika vositalari yetkazib berildi va muassasada 2 ta yangi ixtisoslashtirilgan kompyuter xonalari tashkil etildi.
🖇 Koloniya ma’muriyati va bolalar mazkur masalada muhim ko‘mak ko‘rsatib, muassasada ta’lim olish sharoitlarini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida o‘tkazgan monitoring doirasida muassasa ma’muriyati, shuningdek, voyaga yetmaganlarning shaxsan o‘zlari bilan suhbatlashgan edi.
🗣 Voyaga yetmaganlar bilan muloqot chog‘ida bolalar ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Bolalar ombudsmaniga bir necha so‘rov bilan murojaat qildilar.
🖥 Xususan, koloniyada respublikaning bir qator oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lsada, o‘quv jarayoni samarali tashkil etilishi uchun kompyuter texnikasini yangilash zarurati borligi, koloniyada atigi 9 ta kompyuter bo‘lib (ma'naviy eskirgan), mavjud ehtiyoj uchun bu yetarli emasligi bildirilgandi.
🖇 Koloniya ma’muriyati va bolalar mazkur masalada muhim ko‘mak ko‘rsatib, muassasada ta’lim olish sharoitlarini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM