Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#monitoring #bolalar #Bolalar_ombudsmani #Samarqand

📍Bolalar ombudsmani Samarqand viloyatiga monitoring tashrifi doirasida viloyat IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldi.

🖇 Monitoring vaqtida ushbu muassasada 4 nafar (1 nafar qiz va 3 nafar o‘g‘il bola) voyaga yetmaganlar saqlanmoqda.

📌 Markazda voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, bolalarning dars jarayonlari, yotoq, dam olish, sanitariya va ovqatlanish sharoitlari, psixolog hamda tibbiy xizmat bo‘limlari ishi darajasi o‘rganildi.

📃Markaz monitoringi natijasida aniqlangan kamchiliklar va faoliyatni takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Natijada, ko‘rsatilgan muammoli masalalar shu kunni o‘zida o‘z yechimini topdi☑️.
Xususan, Bolalar ombudsmanining voyaga yetmaganlar bilan individual tarzda olib borgan suhbati davomida va ularga oid bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish doirasida ular muassada saqlanmay oilaviy muhitga, o‘z ota-onalari va yaqinlariga qaytarilishi maqsadga muvofiq deb topildi.

🔹Bu borada kechiktirmay o‘tkazilishi kerak bo‘lgan choralar ko‘rish to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalar asosida mutasaddilar sa'y-harakati bilan voyaga yetmaganlarning 3 nafari o‘z ota-onalariga topshirilib, oilaviy muhitga qaytarildi. Shuningdek, yana bir qizni ota-onasiga topshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM