Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.6K subscribers
32.2K photos
6.37K videos
78 files
13K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
#Hudud_xabarlari
#Namangan

⚡️ Namanganda Kamoliddin Rahimov nomidagi 11-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabining 90 yillik yubileyi bo'lib o'tdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu maktab uzoq tarixga hamda boy tajribaga ega bo'lib, unda O'zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov, O'zbekiston xalq artisti, kompozitor Sharif Ramazonov, rassom, akademik Rustam Ermatov, Kazan konservatoriyasining rektori Fuat Abubakirovlar tahsil olishgan.

Yubileyda Namangan viloyat hokimining o'rinbosari Botir Nuriddinov, viloyat hokimining madaniyat bo'yicha maslahatchisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Akbarali Asqarov ishtirok etishdi hamda maktabning faoliyati haqida ijobiy fikrlar bildirib, maktabda tahsil olayotgan o'quvchilarning ijodiga muvaffaqiyat tilashdi.

🗣 Ma'lumot uchun, Namanganda 22 ta Bolalar musiqa va san'at maktablari mavjud bo'lib, unda 4 168 nafar o'quvchilar tahsil olishadi, ularga 735 nafardan ziyod o'qituvchilar ta'lim-tarbiya berishadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotoreportaj
#Maqom_2024
#Namangan_paviloni

🎼Xabaringiz bor, 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida "II Xalqaro maqom san'ati anjumani" o'tkazildi.

Mazkur nufuzli anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi hamda festivalning tarixiy, madaniy, ilmiy-ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida nutq so'zladi.

Anjumanning madaniy qismida taniqli mahalliy va xorijiy san'at ustalari hamda teatr aktyorlari tomonidan maqom san'atining noyob namunalari mohirona ijro etildi.

Jahonning 80 ga yaqin mamlakatidan vakillar ishtirok etgan mazkur Xalqaro festivalda O'zbekiston xalq hofizi Kamoliddin Rahimov qo'shiqlaridan termalar - “Ko'chamdan janon o'tganda”, “O'n sakkizda yor yoshi” , “Nargiz” , “Kelmaganingda” , “Qoshingiz qarosimu” , “Namangan tanavvori” kabi qo'shiqlardan tashkil topgan termalar ijro etib anjuman qatnashchilarini mamnun etishdi.

Festivalda Farg'ona va Toshkent ijro yo'llarida mansub Milliy popuri termalar “Janon bo'laman deb” , “Boshdagi ro'moli bo'lsam” , “Aylab keling” , “Shunchamidi” , “Sho'xi parivashga” , “Mustahzod” , “Vodiycha lazgi” kabi termalar ijro etildi.

Namangan viloyati ham o'ziga ajratilgan maydonda hududning boy tarixi, yuksak madaniyati, turizm salohiyati va hunarmandchilik an'analarini namoyon etuvchi dekoratsiyalari bilan qatnashdi.

Namangan pavilonida "Axsikent" yodgorligi, chust pichoqchilik va milliy do'ppichilik namunalari hamda Namangan shahri tashrif qog'oziga aylangan gullar landshafti ham o'zgacha qiyofa aks etdi.

Qolaversa, Shashmaqomimizdan “Sharahbori Navo” , “Sarahbori Oromijon” , “Nasrulloi” , “Savti Feruz” , “Talqini uzzol” , “Qo'qon ushshog'i” , “Toshkent irog'i” kabi nodir durdonalardan ijro etilib anjuman ishtirokchilariga hush kayfiyat baxsh etildi.

Tadbir davomida Namangan paviloni mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar bilan gavjum bo'ldi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tashrif
#Namangan

⚡️ 2-3-iyul kunlari madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo'ldi.

Namangan viloyatiga tashrif davomida Bahodir Ahmedov O'zbek milliy maqom san'ati markazi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyat bo'linmasi, O'zbekkonsert Namangan viloyati bo'linmalari va shu bilan bir qatorda madaniyat muassasalarining san'at sohasiga taalluqli muammolar yechimini ham o'rgandi.

Shuningdek, o'rganishlar yakuni bo'yicha Bahodir Ahmedov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Namangan viloyati madaniyat va san'at sohasidagi amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar hamda ijodiy yondashuvlar to'g'risida to'xtalib o'tildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Askiya_sayli
#Namangan

⚡️ "Askiya sayli" konsert dasturi Namanganda!

Respublika askiya va qiziqchilik san'ati markazi jamoasi ijodiy safar bilan Namangan viloyatida bo'lib, Norin tumani Madaniyat markazida "Kulgu - chehraning guli" nomli Askiya sayli konsert dasturini namoyish etdilar.

Konsert dasturida ustoz askiyachilar, taniqli so'z ustasi Valijon Shamshiyev hamda el ardog'idagi xonandalar aholi vakillariga ko'tarinki kayfiyat ulashdilar.

"Kuling do'stlar, umringiz uzoq bo'ladi!".

Bu kabi konsert dasturlari davom etadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chilla_isteʻdodlar_mavsumi
#Namangan

⚡️ Kuni kecha Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog'ida “Chilla – iste'dodlar mavsumi” madaniy tadbirlari bо'lib о'tdi. Bog' hududida maxsus sahna tashkil etilib, bu yerda shahar aholisi va mehmonlari uchun ko'ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tadbir doirasida konsert dasturlari, hunarmandlar, tasviriy va amaliy san'at ko'rgazmalari, yozgi kinoteatr namoyishi, oshpazlik tanlovi, chodirlar yarmarkasi hamda modalar ko'gazmalari aholiga taqdim etib borildi.

❗️Eslatib o'tamiz, ushbu tadbirlar 30-iyul sanasiga qadar bо'lib о'tadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari
#Namangan

⚡️ Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo’ldi.

Xizmat safari davomida dastlab Toʻraqoʻrgʻon, Chust, Pop tumanlaridagi bolalar musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat markazlari faoliyati bilan tanishildi. So’ng, Chust tumanidagi 72-sonli “Humo” madaniyat markazini DXSH asosida qayta zamonaviy usulda qurish boʻyicha tadbirkor tomonidan tayyorlangan hujjat va loyihalar o'rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Pop tumani 40-son “Chorkesar” madaniyat markazi tom qismini ta’mirlash boʻyicha keyingi chorakda vazirlik tomonidan mablagʻ ajratilishi ta’kidlandi. DXSH asosida zamonaviy usulda qurilayotgan 37-sonli “Xalqobod” madaniyat markazining qurilish ishlarini jadallashtirish boʻyicha tadbirkorga koʻrsatmalar berildi.

Tashrif yakunida 6-sonli viloyat madaniyat markazida viloyat tashkilotlari, madaniyat boʻlimi mudirlari, bolalar musiqa va san’at maktablari rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilish davomida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha mutaxassislarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari
#Namangan

⚡️Bugun, 17-sentyabr kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.

Tashrif davomida Bahodir Ahmedov Chust tumanida bo‘lib, tuman madaniyat bo‘limi tizimidagi madaniyat markazlari faoliyatini o’rganib, madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Chust taronalari” xalq ansambli, “Omon yor” folklor jamoasi faoliyati, repertuarlari va ansambl uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga, markazning obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatma va takliflarini  berdi.

Shundan so‘ng, Pop tumanida joylashgan madaniyat bo‘limi qoshidagi “Hazratibob” folklor etnografik jamoasi hamda “Go‘zal” vokal cholg‘u xalq ansambllarining faoliyati o‘rganildi.

Xizmat safari davomida Bahodir Ahmedov Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Nuritdinov bilan uchrashib, viloyatdagi namunali madaniyat markazlarida qurulish ta’mirlash ishlarini jadallashtirish masalalarini muhokama qildi. Shunigdek, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘linmasi hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi viloyat bo‘limining 2025-yilgi repertuarlarini yanada boyitish, respublika bo’ylab gastrol safarlarini tashkil etish bo‘yicha kelishildi.

Xizmat safari yakunida tuman madaniyat markazi tomosha zalida viloyatdagi madaniyat va san’at muassasalari rahbarlari bilan uchrashib, tumanlardagi madaniyat va san’at sohalarida erishilgan yutuqlar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tahliliy va tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilib, tegishli rahbar hamda xodimlarga ko‘rsatmalar berildi, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari
#Namangan

⚡️ Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Namanganda bo'ldi
 
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/25095

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari
#Namangan

⚡️ Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Namanganda bo‘ldi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/27215

Telegram
| Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hudud_xabarlari
#Namangan

⚡️ Namanganda madaniyat markazi zamonaviy qiyofa kasb etdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/30093

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari
#Namangan

⚡️Vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov Namanganda bo'lib, davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan binolarni ko'zdan kechirdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/37229

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM