#Fotoreportaj
#Maqom_2024
#Namangan_paviloni
🎼 Xabaringiz bor, 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida "II Xalqaro maqom san'ati anjumani" o'tkazildi.
Mazkur nufuzli anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi hamda festivalning tarixiy, madaniy, ilmiy-ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida nutq so'zladi.
Anjumanning madaniy qismida taniqli mahalliy va xorijiy san'at ustalari hamda teatr aktyorlari tomonidan maqom san'atining noyob namunalari mohirona ijro etildi.
Jahonning 80 ga yaqin mamlakatidan vakillar ishtirok etgan mazkur Xalqaro festivalda O'zbekiston xalq hofizi Kamoliddin Rahimov qo'shiqlaridan termalar - “Ko'chamdan janon o'tganda”, “O'n sakkizda yor yoshi” , “Nargiz” , “Kelmaganingda” , “Qoshingiz qarosimu” , “Namangan tanavvori” kabi qo'shiqlardan tashkil topgan termalar ijro etib anjuman qatnashchilarini mamnun etishdi.
Festivalda Farg'ona va Toshkent ijro yo'llarida mansub Milliy popuri termalar “Janon bo'laman deb” , “Boshdagi ro'moli bo'lsam” , “Aylab keling” , “Shunchamidi” , “Sho'xi parivashga” , “Mustahzod” , “Vodiycha lazgi” kabi termalar ijro etildi.
Namangan viloyati ham o'ziga ajratilgan maydonda hududning boy tarixi, yuksak madaniyati, turizm salohiyati va hunarmandchilik an'analarini namoyon etuvchi dekoratsiyalari bilan qatnashdi.
Namangan pavilonida "Axsikent" yodgorligi, chust pichoqchilik va milliy do'ppichilik namunalari hamda Namangan shahri tashrif qog'oziga aylangan gullar landshafti ham o'zgacha qiyofa aks etdi.
Qolaversa, Shashmaqomimizdan “Sharahbori Navo” , “Sarahbori Oromijon” , “Nasrulloi” , “Savti Feruz” , “Talqini uzzol” , “Qo'qon ushshog'i” , “Toshkent irog'i” kabi nodir durdonalardan ijro etilib anjuman ishtirokchilariga hush kayfiyat baxsh etildi.
Tadbir davomida Namangan paviloni mahalliy aholi va xorijiy mehmonlar bilan gavjum bo'ldi.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM