Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Photo
Qalbimiz, ruhimiz, ong-u shuurimiz me’morlariga hamisha ta’zimdamiz!
Bolaligimizdanoq qalbimizga ezgulik urug‘ini ekkan, bizga dunyoni tanitish asnosida bor mehrini bergan aziz ustozlar, siz davlatimizning ishongan ustunlaridan biri, tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning vijdonisiz!
Umrimiz davomida sizlarni qancha e’tirof etsak, sizlarga qancha ehtirom ko‘rsatsak-da, mashaqqatli mehnatingiz bir zarrasi bahosiga teng kelmaydi. Lekin hamisha hurmatimizni eng go‘zal so‘zlar orqali ifoda etishga intilaveramiz. Bundan sharaf tuyamiz.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, o‘qituvchi – zamon bilan hamqadam bo‘lgan jonkuyar, ziyoli shaxs, maktab esa bilim va ma’rifat yog‘dusi taralib turadigan, Uchinchi Renessans poydevori qo‘yiladigan tabarruk maskan. Shu tabarruk maskanlarda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, kreativ fikrlaydigan, dunyoqarashi keng barkamol yoshlarni voyaga yetkazayotgan fidoyi o‘qituvchilarimiz mehnati tahsinga loyiq.
Ta’lim-tarbiya jamiyatning har tomonlama taraqqiy topishida muhim omil bo‘lib xizmat qilar ekan, bunda sizning mas’uliyatingiz ikki karra ortiqdir. O‘ylaymizki, ta’limda sochi oqargan ustoz muallimlarimiz va yosh pedagoglarimiz buni teran anglab, mehnat qilishyapti va bu besamar ketmaydi. Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sizning zahmatli mehnatlaringizni, albatta, oqlaydi.
Takror-takror aytamizki, siz qalbimiz, ruhimiz, ong-u shuurimiz me’morisiz! Bizga bergan mehringiz, ilmu irfoningiz oldida qarzdormiz va doimo ta’zimdamiz.
Kasb bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat vaziri
Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
30-sentabr kuni "Tomosha" bolalar musiqiy teatr studiyasida “DEBYUT-2022” VII respublika rejissyorlar ko‘rik-festivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Festivalda 8 nafar yosh rejissyorlar o‘zlarining ilk debyut spektakllari bilan ishtirok etdi. Uchta o‘rin va besh nafar ishtirokchi faol ishtiroki uchun diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi:
1-darajali diplom bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining sahnalashtiruvchi rejissyori Ruslan Sherezdanov “Payasi” spektakli uchun;
2-darajali diplom bilan Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining sahnalashtiruvchi rejissyori Sultanbek Kallibekov “Qorqit ota” spektakli uchun;
3-darajali diplom bilan Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktyori Behzod Soriyev “Quvnoq ayiqchalar” spektakli uchun taqdirlandilar.
Shuningdek, ko‘rik-festivalga hamohang tarzda yoshlarga tarixdan so‘zlovchi “Tarix va teatr” monografiyasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vazirligi delegatsiyasi xorijiy madaniyat muassasalardagi xalqaro tajribalarni oʻrganish maqsadida xizmat safarini dastlab Fransiyaning Parij shahridan boshladiMadaniyat vazirligi delegatsiyasi xorijiy madaniyat muassasalardagi xalqaro tajribalarni oʻrganish maqsadida xizmat safarini dastlab Fransiyaning Parij shahridan boshladi.
Batafsil videoda.
Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube
Batafsil videoda.
Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida 29-sentabr – “Xonatlas” festivali kuni munosabati bilan shahar madaniyat bosh boshqarmasi festival doirasida bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Milliy liboslar” ko‘rik-tanlovi hamda folklor-etnografik guruhlar ishtirokida “Dugonalar bormisiz-omonmisiz?” nomli festivalni tashkil qildi.
Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Artist" madaniyat karvoni
Madaniyat vazirligi tomonidan "Artist" teleloyihasi ishtirokchilarining Oʻzbekistonning markaziy shaharlarida konsert dasturlari oʻtkaziladi.
3-oktabr Nukus;
4-oktabr Urganch;
6-oktabr Buxoro;
7-oktabr Navoiy;
9-oktabr Samarqand;
11-oktabr Termiz;
13-oktabr Qarshi;
15-oktabr Jizzax;
16-oktabr Guliston;
18-oktabr Andijon;
19-oktabr Fargʻona;
20-oktabr Namangan;
22-oktabr Nurafshon;
25-oktabr Toshkent shahrida konsert dasturlari boʻlib oʻtadi. Barcha konsert dasturlari soat 18:00 da boshlanadi.
Kirish mutlaqo bepul!

30-sentabrda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida ustoz san’atkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilorom Safoyeva tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkazildi.
Kechaga xalq ardog‘idagi san’atkorlar, poytaxt teatrlari vakillari tashrif buyurib, Dilorom Safayevani samimiy qutlashdi. Ijodkorning ko‘p yillar davomida madaniyat, san’at sohasida amalga oshirgan ishlari, xizmatlari e’tirof etildi. Hamkasblari, shogirdlari ijrosidagi go‘zal raqs va kuy-qo‘shiqlar kechaga yanada fayz ulashdi.
Shuningdek, ushbu kechada o‘z kasbining fidoyisi, ustoz san’atkor Dilorom Safoyevaga Madaniyat vazirligi tomonidan "Madaniyat va san’at fidokori" ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.