Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.8K subscribers
32.6K photos
6.45K videos
78 files
13.2K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan bu sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan barcha insonlarni chin qalbimdan tabriklayman!

Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizga zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor boʻlishini tilayman! Yoshlarning bilim va malakasini oshirishga qoʻshayotgan samarali mehnatingiz uchun tashakkur bildiraman!

Aytniyazov Maxmutbay Bayniyazovich

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
Sizga taʼzim, sizga sharaf, aziz ustozlar!

Andijon viloyatida 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan katta bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat maqom ansambli xonandalari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan bayram konserti tashkil etildi. Unda ikki ming nafar oʻqituvchi qatnashdi.

Tantanali tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev soʻz olib, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining viloyat boʻlinmasi, taniqli xonandalar oʻz sanʼatlari bilan yig'ilganlarni xushnud qildi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangilanayotgan Nukus

Shu kunlarda Nukus shahridagi  mahallalar yangicha qiyofa kasb etmoqda. Olib borilayotgan bunyodkorlik ishlaridan qoraqalpog‘istonliklarning quvonchi cheksiz. Xalqimizning quvonchli onlarida yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashni niyat qilgan madaniyat va san’at sohasi xodimlari mahallalarda konsert dasturlarini tashkil etmoqda. "Qumbiz ovul" MFYda o‘tkazilgan konsert dasturi mahalla ahliga bayram shukuhi bag‘ishladi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
27-sentabrdan 4-oktabrgacha Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida oʻtkazilgan yosh mumtoz musiqachilar tanlovida oʻzbekistonlik 40 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, munosib o'rinlarni qo'lga kiritdilar.

Jumladan, Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi o'quvchisi Asadbek Ismoilov faxrli birinchi o'rinni;

Toshkent shahar 22-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi o'quvchisi Ayupov Samir 2-o'rinni;

Toshkent shahar 22-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi o'quvchisi Juk Artemiy, 16-son BMSM o'quvchisi Mirzayeva Anna hamda V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o'quvchisi Velilayeva Anna maxsus diplom bilan taqdirlandi.

O'zbekistonlik yosh musiqachilar 8 ta davlat ichida yuqori natijalarni qayd etdi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌