Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.7K subscribers
32.6K photos
6.45K videos
78 files
13.2K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat xizmatchilari uchun tashkil etilgan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati”da Madaniyat vazirligi xodimlari faol qatnashdi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
#live

Ayni paytda poytaxtimizdagi "Turkiston" sanʼat saroyida  Madaniyat vazirligi tomonidan "1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazilmoqda. Unda bir qator soha fidoyilari "Madaniyat va sanʼat fidokori" koʻkrak nishoni va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanmoqda.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
30-sentabr kuni Madaniyat vazirligida madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Madjidov va Kanadaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida joylashgan) A.Le-Kler o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida madaniyat va san'at sohasidagi hamkorlikning hozirgi kundagi holati, uning rivojlanish darajasi va tendensiyalari, kanadalik madaniy soha namoyandalarining mamlakatimizda bo'lib o'tadigan turli xalqaro festival va konsertlarda ishtirok etish masalasi muhokama etildi. M.Madjidov ikki mamlakat madaniyat va san'atga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o'rtasida talaba hamda pedagoglar almashinuv dasturlarini yo'lga qo'yish, O'zbekiston yetakchi teatrlarining Kanadaga tashrifini tashkil etishni taklif qildi.Shuningdek, bir qator loyihalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Uchrashuv ochiq va do'stona ruhda o'tdi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda “Zo‘r Tv” teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Ehtirom” teleloyihasining navbatdagi sonini tomosha qiling!

Shanba, 1-oktabr, soat 14:35 da.

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovga ehtirom ko‘rsatamiz.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Photo
Sirdaryo viloyatida imkoniyati cheklangan yosh ijodkorlar o‘rtasida “Iste’dodlar kamalagi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbir Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya bilan hamkorlikda tashkil etildi. 17 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan tanlov ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi:

“Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi” – Qambarov Mahmudjon (Toshkent viloyati);

“Eng yaxshi an’anaviy xonanda” – Yusupov Oybek Ulug‘bek o‘g‘li (Namangan viloyati);

“Eng yaxshi estrada xonandasi” – Jazilov Shuhrat Rustamovich (Jizzax viloyati);

“Eng yaxshi opera xonandasi” – Pirnazarov Fazilbek Dauletbay uli (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);

“Eng yaxshi nazm” – Meliboyeva Sarvinoz (Namangan viloyati);

“Eng yaxshi tasviriy san’at” – Ahmedov Umidjon (Toshkent viloyati);

“Eng yaxshi amaliy san’at” – Rajapova Nasiba (Xorazm viloyati);

“Eng yaxshi haykaltarosh” – Rahmatov Ozodbek (Samarqand viloyati).

Tanlovning 15 nafar g‘olibi Madaniyat vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sayt | Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube‌‌