Jamshidbek Odilov (BBA)
2.13K subscribers
37 photos
9 videos
15 files
101 links
Bilimni baholash agentligining Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshidbek Odilovning telegram kanaliga xush kelibsiz!
加入频道
⚡️ Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga kirish test sinovlari
#abituriyent #qabul2024


Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari
ga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2024-yil 26-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan Ichki ishlar vazirligining akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.


@jtodilov
⚡️ “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari
#abituriyent #qabul2024

“Temurbeklar maktabi”
, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseylarga kirish test sinovlari 2024-yil 27-iyul kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 15:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 14:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan harbiy-akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.


@jtodilov
⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari
#abituriyent #qabul2024

📆 2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovlari 2024-yil 27-iyul kuni 09:00 da bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari huquq va chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

👉 huquq fanida — 3,1 balldan (jami 62 ball);
👉 chet tili fanida — 2,1 balldan (jami 42 ball);
👉 IQ bo‘yicha — 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.


@jtodilov
Sirtqi ta’lim shaklidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun pedagogik staj talab etiladi
#abituriyent #qabul2024

2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qarorda pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinishi belgilangan.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

Ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.

Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.


@jtodilov
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari uchun minimal o‘tish ballari
#abituriyent #qabul2024

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);

🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.


PS. Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.


@jtodilov
O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?
#abituriyent #qabul2024

Javob: my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” bo‘limida davlat oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mazkur bo‘lim orqali so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

2023-2024-o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);

2023-2024-o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);

so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).

Shuningdek, saytda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imtiyozga ega abituriyentlar va umumiy qabul parametrlari doirasida o‘tish ballari
#abituriyent #qabul2024

Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozga ega abituriyentlarning 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tish ballarini bilish imkoniyati yaratildi.

🌎 Havola: https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2023

— — —

Shuningdek, mandat.uzbmb.uz saytiga 2023-2024-o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlari doirasida o‘tish ballari ham joylashtirildi.

🌎 Havola: https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2023

— — —

Bundan tashqari my.uzbmb.uz sayti orqali umumiy qabul parametrlari doirasida so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

🌎 Havola: https://my.uzbmb.uz/university/1


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#abituriyent   #qabul2024   #natija

📣 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Natijalarni 4️⃣ xil usulda bilish mumkin:

my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).

mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali — 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).

Oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladigan test natijalari qaydnomalari orqali.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Professional ta’lim muassasalarini tanlash boshlandi
#abituriyent   #qabul2024

Bugundan oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun professional ta’lim muassasalarini tanlash boshlandi.

Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar 10 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

professional ta’lim muassasasi turi (kollej yoki texnikum);
taʼlim shakli (mavjud ta’lim shakllaridan biri);
professional ta’lim muassasasi;
kasb va mutaxassislik (test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 1 ta kasb va mutaxassislikni tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “3-bosqich”)

📆 Muddat: 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar (shu kunlari ham).


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jamshidbek Odilov (BBA)
Professional ta’lim muassasalarini tanlash boshlandi
#abituriyent   #qabul2024

Bugundan oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun professional ta’lim muassasalarini tanlash boshlandi.

Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar 10 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

professional ta’lim muassasasi turi (kollej yoki texnikum);
taʼlim shakli (mavjud ta’lim shakllaridan biri);
professional ta’lim muassasasi;
kasb va mutaxassislik (test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 1 ta kasb va mutaxassislikni tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “3-bosqich”)

📆 Muddat: 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar (shu kunlari ham).


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 27-avgust kuni 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM