Jamshidbek Odilov (BBA)
2.13K subscribers
37 photos
9 videos
15 files
101 links
Bilimni baholash agentligining Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshidbek Odilovning telegram kanaliga xush kelibsiz!
加入频道
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

🇬🇧 2024-yil 23-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🌎 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni

📱 Bugundan (2024-yil 23-dekabr kuni) kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 29-dekabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

📝 Test sinovi o‘tkaziladigan sana: 2025-yil 25–26-yanvar.

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 2024-yil 30-dekabr.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 26–27-dekabr kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 2-yanvardan 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Diqqat! Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelish lozim.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun suhbat

📣 2024-yil 6-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun birinchi tanlov e’lon qilingan edi.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan 2025-yil 6-7-yanvar (dushanba, seshanba) kunlari suhbat o‘tkaziladi.

📱 Nomzodlar suhbat joyi, kuni va aniq vaqtini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga birinchi tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/32

🪪 Nomzodlar suhbatga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

Diqqat! Tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

📆 2024-yil 23-dekabr kuni kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va bugun (29-dekabr) ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

📱 To‘lovni amalga oshirish esa ertaga (30-dekabr) yakunlanadi.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yilingiz bilan!

Yangi yil sizga yangi imkoniyatlar va yangi bilimlar olib kelsin!


@jtodilov
Forwarded from Jamshidbek Odilov (BBA)
⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun suhbat

📣 2024-yil 6-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun birinchi tanlov e’lon qilingan edi.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan 2025-yil 6-7-yanvar (dushanba, seshanba) kunlari suhbat o‘tkaziladi.

📱 Nomzodlar suhbat joyi, kuni va aniq vaqtini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga birinchi tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/32

🪪 Nomzodlar suhbatga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

Diqqat! Tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jamshidbek Odilov (BBA) pinned «⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun suhbat 📣 2024-yil 6-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun birinchi tanlov e’lon qilingan edi. 📝 Tanlovda…»
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📝 Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 25–26-yanvar (shanba, yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 08:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:00 ga qadar tekshiruvlardan o‘tib, o‘z joyiga joylashgan bo‘lishi lozim.

🕐 Talabgorlarni tekshirib, kiritish 1-smenada 07:30 da (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 da (test sinovi 14:30 da) boshlanadi.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jamshidbek Odilov (BBA) pinned «⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📝 Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 25–26-yanvar (shanba, yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz…»
⚡️ 2025-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

📱 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/559

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: Sanalarga davlat tadbirlarining to‘g‘ri kelishi yoki talabgorlar sonining oshishi (kamayishi) munosabati bilan o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Guruh nazoratchiligiga ikkinchi tanlov

📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun tanlov (ikkinchi tanlov) e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣ Nomzodlar uchun oʻquv-seminarlari tashkil etiladi va seminar yakunida test sinovi o‘tkaziladi. Test sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣ Nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

📱 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 2025-yil 1-martga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.uzbmb.uz/service/32

📝 Ushbu tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Quyidagilar guruh nazoratchiligi uchun tanlovda (birinchi tanlovda ham, ikkinchi tanlovda ham) ishtirok eta olmaydi:

guruh nazoratchisi sifatidagi faoliyati qoniqarsiz baholangan;
guruh nazoratchisi sifatida test sinoviga jalb qilingan, lekin (to‘liq) qatnashmagan;
guruh nazoratchiligidan chetlashtirilgan.
talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 15–16-fevral kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 17-fevraldan 11-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Diqqat! Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelish lozim.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyasi: https://telegra.ph/Chet-tili-02-12


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jamshidbek Odilov (BBA) pinned «⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: 📝 test sinovining yozma qismi — 15–16-fevral kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash…»
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📝 Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 22–23-fevral (shanba, yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 08:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:00 ga qadar tekshiruvlardan o‘tib, o‘z joyiga joylashgan bo‘lishi lozim.

🕐 Talabgorlarni tekshirib, kiritish 1-smenada 07:30 da (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 da (test sinovi 14:30 da) boshlanadi.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jamshidbek Odilov (BBA) pinned «⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📝 Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 22–23-fevral (shanba, yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar…»
⚡️ Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari

📝 2025-yil 25–26-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

🌎 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.


✈️ @jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Turk tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash imtihoni bo‘lib o‘tadigan sanalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 2-mart kuni;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 3-martdan 14-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Diqqat! Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelish lozim.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyasi: https://telegra.ph/Chet-tili-02-27


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ayollar!