Jamshidbek Odilov (BBA)
2.13K subscribers
37 photos
9 videos
15 files
101 links
Bilimni baholash agentligining Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshidbek Odilovning telegram kanaliga xush kelibsiz!
加入频道
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash yakunlanishiga 2️⃣ soat qoldi

🎓 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqichi 2 soatdan so‘ng yakunlanadi.

📱 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar bugun (10-avgust) soat 23:59 ga qadar OTM, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashlari mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz

📝 Qabulga oid asosiy ma’lumotlar bilan bu yerda tanishish mumkin.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash yakunlanishiga 1️⃣ soat qoldi

🎓 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqichi 1 soatdan so‘ng yakunlanadi.

📱 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar bugun (10-avgust) soat 23:59 ga qadar OTM, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashlari mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz

📝 Qabulga oid asosiy ma’lumotlar bilan bu yerda tanishish mumkin.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream finished (1 hour)
Qabul-2024
Jamshidbek Odilov (BBA)
2024-yil 10-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi


@jtodilov
Oliy ta’lim muassasalariga qabul yakunlandi

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqichi, ya’ni, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni yakunlandi.

👨🏻‍🎓 Test sinovlarida ishtirok etib, yuqori natijaga erishgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilayman!

🎓 Eng bilimli, eng munosib abituriyentlar talabalik baxtiga musharraf bo‘lsin!


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli abituriyentlar!

Turli telegram kanallarda mandat chiqdi degan mazmundagi xabarlar tarqatilmoqda.

Lekin ushbu xabarlar asosga ega emas. Hali tanlov natijalari (mandat) e’lon qilinmadi.

Tanlov natijalari e’lon qilinishi bilan ushbu kanalga yozaman.


@jtodilov
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#abituriyent   #qabul2024   #natija

📣 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Natijalarni 4️⃣ xil usulda bilish mumkin:

my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).

mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali — 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).

Oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladigan test natijalari qaydnomalari orqali.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Professional ta’lim muassasalarini tanlash boshlandi
#abituriyent   #qabul2024

Bugundan oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun professional ta’lim muassasalarini tanlash boshlandi.

Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar 10 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

professional ta’lim muassasasi turi (kollej yoki texnikum);
taʼlim shakli (mavjud ta’lim shakllaridan biri);
professional ta’lim muassasasi;
kasb va mutaxassislik (test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 1 ta kasb va mutaxassislikni tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “3-bosqich”)

📆 Muddat: 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar (shu kunlari ham).


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
#abituriyent #apellatsiya

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

📱 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

📝 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🪪 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

Diqqat! Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jamshidbek Odilov (BBA)
Professional ta’lim muassasalarini tanlash boshlandi
#abituriyent   #qabul2024

Bugundan oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun professional ta’lim muassasalarini tanlash boshlandi.

Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar 10 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

professional ta’lim muassasasi turi (kollej yoki texnikum);
taʼlim shakli (mavjud ta’lim shakllaridan biri);
professional ta’lim muassasasi;
kasb va mutaxassislik (test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 1 ta kasb va mutaxassislikni tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “3-bosqich”)

📆 Muddat: 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar (shu kunlari ham).


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat

Bugun 11:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Iltimos, mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasin.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 27-avgust kuni 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihoni

📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha navbatdagi test sinovi 2024-yil 21-22-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

🌎 Bunda talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 9-sentabr (to‘lov qilish — 10-sentabr) kuniga qadar davom etadi.

🇬🇧 Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi hamda ingliz va arab tillaridan ko‘p darajali (multilevel) format asosida o‘tkaziladi.

PS. Test sinovi natijalari 15-oktabrga qadar e’lon qilinadi.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Mustaqillik bayramingiz muborak boʻlsin!
⚡️ 2024-yil oktabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

📱 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/559

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat aprobatsiyasi

Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonining yangi formati ishlab chiqildi va 2024-yil 22-sentabr kuni aprobatsiyadan o‘tkaziladi.

📍 Aprobatsiya test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Bunda har bir hududda kimyo fanidan 60 nafar, biologiya fanidan 60 nafar talabgor ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

📱 Buning uchun talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatga olinadi va birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar aprobatsiyada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

Kimyo: my.uzbmb.uz/service/27
Biologiya: my.uzbmb.uz/service/28

Diqqat! Kimyo va biologiya fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan hamda aprobatsiyada aniq ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tsin!


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri ajratildi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jamshidbek Odilov (BBA)
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan…
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan 10 000 ta kvota bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot

🔰 Ma’lumki, Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Mazkur kvota quyidagi talablarga mos keladigan abituriyentlar hisobidan shakllantirilgan:

davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;

doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lgan (ro‘yxatdan o‘tish davrida);

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan;

kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan.

📍 Qo‘shimcha kvota ta’lim yo‘nalishlari va tumanlar kesimida tasdiqlangan bo‘lib, abituriyentlarning tamomlagan ta’lim muassasasi joylashgan hudud asosiy mezon sifatida olingan.

📝 Misol uchun, doimiy yashash hududi Xo‘jayli tumanida bo‘lgan abituriyent Nukus tumanidagi maktabni tamomlagan bo‘lsa, Nukus tumani uchun ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etgan.

📱 Qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

🌎 Shuningdek, mandat.uzbmb.uz sayti orqali qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan kvota doirasida tumanlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin (Qo‘shimcha => Imtiyozga ega bo‘lganlar o‘tish ballari => Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari).


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Diqqat! Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelish lozim.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yil oktabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil oktabr-dekabr oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM