FACTOR BOOKS 📚🤩
2.87K subscribers
3.48K photos
588 videos
10 files
1.18K links
📚Izlagan kitoblaringiz shu yerda!🎁

Buyurtma berish: @factorbooks_info

🎯 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga havola:
👉 http://myurls.co/factor.books

📞 + 998 95 035 95 11
加入频道
#yangilik🎉🤩🎊

Yaxshilaruuuuuu!

Facebook'da tashkil etilgan
"KITOB VA BIZ" guruhimizga Sizlarni taklif qilamiz 🤩🥰🤗

"KITOB VA BIZ😎da nimalarni suhbatlashamiz-a?"🤔 deganlarga bittada chip-chiroyli javob 🤗

#book_fact - kitob haqida eng sara, qiziqarli faktlar;🔖

#kitobim_va_men - mutolaa qilgan (yoki qilayotgan) kitobingiz va uning doirasida kichik taqriz yoki uch bebaho iqtibos, shuning bilan birga, Sizning chip-chiroyli, tippa-tiniq kitobingiz bilan tushgan rasmingiz 🎊

#taqriz - Siz tugatgan kitob haqida Bizga mulohazalaringiz;📒

#iqtibos - kitobingizdan eng sara iqtibos vа mazmunga xos rasm;🖼

#tanlov - nashriyot, kitob do‘koni, bookblogerlar tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar;🎉

#asardan_parcha - Siz yaxshi ko‘rib o‘qiyotgan kitobdan parcha;📖

#yangi_kitob - yangi kitob xushxabari;🥳

#hikoya - Sizdan kitobga doir yoki kitobdan biror hikoya;📚

#book_media - kitob va media qorishmasi, chiroyli video, audio, film parchalari 💾

#tavsiya - Bizdan va Sizdan kitobxonlikka doir tavsiyalar;📋

#savol - Bizdan yoki Sizdan biror savol, maslahat uchun;📍

#kulgu - Bizdan yoki Sizdan kitobxonga xush yoquvchi hazillar🤪

Guruhga qo‘shilish 👇
http://www.facebook.com/groups/227741999384916/

Biz Sizlarni yaxshi ko‘ramiz🤩
https://yangx.top/factor_books
#book_fakt #kutubxona #reyting

Kutubxonalarda millionlab kitoblar odamlar foydalanishi uchun jamlanadi. Eng katta kutubxonada qancha kitob bor deb o'ylaysiz? (bir million yoki o'n million kitob?🤔). Unda kitobxonlar uchun eng katta kutubxonalar reytingi😊
1. Britaniya kutubxonasi (Buyuk Britaniya), 170-200 million kitob mavjud.
2. Kongres kutubxonasi (AQSh), 170 milliondan ziyod kitoblar bor.
3. Shanhay kutubxonasi (Xitoy), 56 million dona kitob
4. New York kutubxonasi (AQSh), 55 million
5. Kanada milliy kutubxonasi (Kanada), 54 million
6. Rossiya davlat kutubxonasi, 47.5 million
7. Milliy parhez taomlar kutubxonasi (Yaponiya), 44.1 million kitob (taomlarni o'ziga shuncha kitob-a😁)
8. Qirollik kutubxonasi, Daniya 42.5 million
9. Fransiya milliy kutubxonasi, 40 million
10. Xitoy milliy kutubxonasi, 37.7 million kitob

Qaysi biriga borishni niyat qildingiz? Ayting-chi? 🤲🤩

Bizni kutubxonalarda qancha kitob borligini kim biladi?😁


Biz bilan bo‘ling:🤩
https://yangx.top/factor_books
​​#Juma_muborak

Assalomu aleykum.Barchangizga Juma ayyomi muborak bo'lsin.Kuningiz barakali o'tsin🤲☺️

🌸 Factor_books siz bilan qalban yaqinmiz.

#FactorBooks #Book #Kitob #Toshkent
#Juma #Tabrik
#book_fact

ABIBLIOFOBIYA – Bu kitoblarning tugab qolishidan qo'rqishdir. Menimcha, bu har bir kitobsevarning eng katta qo'rquvi bo'lsa kerak😁
Sizda abibliofobiya bormi? 😊


🏫Manzil: Novza metro, Makro supermarketi yonida
Biz bu yerdamiz:🤓
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#book_media

- Ota mehrini ko'rmay ulg'aygan inson kuchli bo'ladi...
Har qanday dardning o'tqazmoqchi bo'lgan bosimi uni yengolmaydi.
" ... bunday mehrdan mahrum bo'lgan bir insonni hech narsaning yo'qligi bilan qo'rqita olmaysiz "

©Mirach Chag'ri Oqtosh "To'siqlarga qaramay sevdik"

✍️Fikrlaringizni komentariyada qoldiring🤓

📍Novza metro, Makro supermarketi yonida
🌐 Telegram | Instagram | Facebook
#Book_fact
#kutubxona
#Factor_books

Stuttgart kutubxonasi, Germaniya. Dunyoning eng noodatiy kutubxonalaridan biri boʻlgan Stuttgart kutubxonasi oʻzining oʻzgacha dizayni bilan ajralib turadi. Kutubxona 2011-yilda ochilgan boʻlib, deyarli 84 million dollarga qurib bitkazilgan. Bu yerga har yili 2 million odam tashrif buyuradi.

Har yili shuncha odam kelsa, demak, kutubxona oʻzini pulini chiqarib olibdi-da, xullas, toʻyxona qurishdan foyda yoʻq, kutubxona qurish kerak hurmatli "TADBIRKORLARIMIZ".

P.S. Biznesmen do'stlarga jo'natish kerak, zora bir foydali ishga hissa qo'shishsa!

📍Novza metro, Makro supermarketi yonida
🌐 Telegram | Instagram | Facebook
Odam baxtsiz paytida juda dahmazaga aylanadi, yana o'lganning ustiga tepgandek qilib yuzta oshnasi ahmoqqa chiqarib dashnom yog'diradi.

©Fyodor Dostoyevskiy "Hayotiy hikmatlar va tanbehlar"

#Iqtibos #Book #Video

@Factor_books- avval bizda keyin boshqalarda
👍2
Qaniydi, seni faqat meni sevganing uchun sevsam, kulgularinga aldanib qolmasam.

©Berkutay Soysal "Kelmasang ham kutaman"

#Iqtibos #Book #Video

@Factor_books- avval bizda keyin boshqalarda
❤️Hech narsaga qaramay sizga ishongan va sevishda davom etgan insonlarni qo'ldan chiqarmang.

©Mirach Chag'ri Oqtosh "To'siqlarga qaramay sevdik"

#Iqtibos #Book #Video

@Factor_books
Durust insonni izlab bekorga ovora bo'lmang. Har tomonlama durust bo'lgan inson bu olamda yo'qdir. Ayrim insonlarni o'zingizdan ulug' sanab yelkangizni qismang. Siz yaqinda tanishgan durust insoningiz oxirigacha shu holatda qolmasligi mumkin. Buni aslo unutmang.

©Berkutay Soysal "Kelmasang ham kutaman"

#Iqtibos #Book #Video

@Factor_books- avval bizda keyin boshqalarda
Forwarded from Mahin's World
​​#book_review

“Kattalar muammolarini tushunar ekansan, endi bola emassan”

Yo’q, bu bolalar kitobi emas. Jajji bolakayning hayot qiyinchiligi sababli birdan ulg’aygani haqida hikoya qiluvchi kattalar kitobi. Bir qarasangiz Zeze mittigina bolakay, bo’yi hatto tengqurlarinikidan-da past, ammo uning gaplari 70 yoshlik insonni-da o’yga cho’mdiradi.

Yo’q, ulg’ayish deganda jism o’zgarishini nazarda tutmadim. Balki, qalbning birdan katta bo’lib qolishi haqida aytmoqchi edim.

Yo’q, bu bolalar kitobi emas. Aksincha 5 yashar bolaning ukasiga otalik qilmoqchi bo’lgan “ota” hikoyasi. O’zi jajji bo’lishiga qaramay, o’zidan ham mitti odamchani bayram uchun o’yinchoqlar makoniga ko’tarib borgan “qariya” qissasi.

Yo’q, bu bolalar kitobi emas. Bu - kichkintoyning bayramda otasini xursand qilish uchun poyabzal artishga chiqqan insonchaning matonati asari.

Azizim, Zeze. Oldimda bo’lganingda bashmoqchalaring ichini turli o’yinchoqlarga to’ldirardim. Qo’linga shirinliklar berib qattiq bag’rimga bosardim. Kichkintoy Zeze, senga yangi kiyim olib berishni va chiroyli gullarni qo’linga tutqazib ustozinga kitob eltishingni xohlardim.

“Hammamiz ulg’aygandik. Jussasi kichik, biroq g’ussasi katta, dunyo g’amidan yuragining hajmidan ko’ra kattaroq ulush olgan katta odamlar edik biz.”

Ushbu kitob o’zida yolg’izlik mavzusini qamraydi. 5 yashar bolakayning oldida odam ko’p. Lekin, u qalban yolg’iz. Foija ham aslida shu!

Foija bolaning bolaligi bo’lmasligi. Foija bolaning azob his qilishidir. Kitobni o’qing. Zeze bilan uning olamiga sayohat qiling.

Kitobni o’qir ekanman mitti kir qo’lchalar bo’ynimdan qattiq quchgandek bo’ldi.
Mahin

@mahinsworld
Forwarded from Mahin's World
​​#book_review

Ushbu kitob mutolaasini ancha yillardan beri ortga suraman. Varaqlaganman, bundan 4 yil oldin tarjima qilishni ham boshlaganman. Menga kitob tarjima qilingan deb elektron shaklni jo’natishgan. Ayb o’zimda, qaramaganman, tarjima chala edi. eyin ingliz tilida o’qiyman dedim.

Kitob aylanib, aylanib o’zbek tilida o’qildi. Xolokost mavzusi men uchun juda qiziq, biroq og’ir. Insonlarning krematoriyda o’ldirilishi, gazlarda til tortmay o’lishlarini o’qish juda qiyin. Biz mo’l-ko’lchilikda yashab yurgan paytimizda, o’zim tengilarning konslager (o’lim lager)larida qiynalishganini o’qish juda azobli. Doim ko’zda yosh bilan o’qiyman.

Anna Fran kundaligi”ning mutolaasi ham qiziq kechdi. Kecha o’zbek tilida boshladim. Sham yo’qligi sabab, rus tilida davom etdim. Ruslar o’zgartirishganini aniqladim. Ertalab yana o’zbek tilida davom etdim. Tarjima yaxshi. Endi kitobga to’xtalsak.

Yosh qizaloq kunlardan-bir kun kundalik yozishga qaror qiladi. U kundalikni boshlagan payt, kelajakda muhim asarlardan biriga aylanishi xayolining uchiga ham kelmagani aniq. Yoshlar tilida o’qish juda maroqli. Ayniqsa u bildungsroman (ulg’ayish) asar bo’lsa. Sodda, samimiy, beg’ubor. Anna qiyinchiliklarni juda oddiy tilda bizga gapirib beradi.

Franklar oilasi berkingan boshpanada mavjud tartib uncha-muncha oilada ham bo’lmasa kerak. Tozalik, dars qilishlar va tinimsiz mutolaa tahsinga loyiq. Annaning aqli va dars qilishini tomosha qilish zavqli. Annani bemalol polyglot ham deyishimiz mumkin. U siz va mendan ko’proq tillarni biladi. Unda biznikichalik imkon bo’lmasa ham bahona qilmaydi, tillarni o’rganishda va dars qilishda davom etadi. Qoyil qolmay iloji yo’q.

Avvalroq kitobni summary plotini o’qimaganimga Shukr qildim. Sababi, asar davomida optimist yakunga umid qilgandim.
Hozirda Anna Frankning haykallari, muzeylari mavjud. “Anna Frank kundaligi” esa dunyo bo’ylab cheksiz raqamlarda nashr etilmoqda.

Xolokost mavzusida qisqa bo’lsada tushunchaga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz kitobni o’qing. Umuman kitobni o’qishni tavsiya qilaman. Yosh qizaloqning ulg’ayishini kuzating.

Kitobni o’qiganmisiz? Fikrlaringiz bilan bo’lishing

@mahinsworld
👍4🔥2🤩1