FACTOR BOOKS 📚🤩
2.89K subscribers
3.47K photos
587 videos
10 files
1.18K links
📚Izlagan kitoblaringiz shu yerda!🎁

Buyurtma berish: @factorbooks_info

🎯 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga havola:
👉 http://myurls.co/factor.books

📞 + 998 95 035 95 11
加入频道
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📖 FERIDE, YOHUD CHOLIQUSHINING BAXTI
Badri Hametdinning yurakni teshib o‘tuvchi yangi asari

"Feride baxtli bo‘ldi deganlar… siz uni tushunmadingiz."

U uzoq jim edi.
O‘zini bag‘ishladi. Sevdi. Ketdi.
Hech kim undan kechirim so‘ramadi. Hech kim unga qayt demadi.
Ammo Feride orqaga qaradi. Va bu gal... o‘zi gapirdi.

🔸 Kamron haqida.
🔸 Vijdoni, sog‘inchi, kechikkan baxti haqida.


Bu asar — Choliqushidan so‘ng yuragingizda qolgan savollarga yozilgan ochiq maktub.
Va bu maktub endi sizning qo‘lingizga tegadi.

📚 Kitob esa – yo‘lga chiqishga tayyor.

Chop etilishiga sanoqli kunlar qoldi.
📦 Oldindan buyurtma qilish uchun sahifani kuzatib boring.
🖤 Feride bu safar sukut saqlamaydi.
10😢2
#yangikitoooob 😍😍😍

– Bilasanmi, seni kuchli qiladigan narsa nima? – so‘radi oyim.
Burnimni tortib, unga tikildim. Oyim davom etdi:
– Hamma narsa. Sendagi hamma narsa. Lamiya, boriki mavjudliging bilan kuchsan. O‘zgalar seni bu kuchni boy beradigan ahvolga solishlariga aslo izn berma.
Oh, unga shunchalar ishongim kelyapti-ki. Uning qizi bo‘lmaganim taqdirda ham ayni so‘zlarni aytishiga ishongim kelyapti.
Oyim o‘ylaganidek kuchli bo‘lishni xohlardim. Ammo buning uddasidan chiqishimga ishonishim uchun vaqt kerak.
Elias Konli qoldirgan jarohatlardan o‘nglanishim kerak.


📚 Feya Moran "Sen bir olam, men o‘zga olam"

❤️ Oz qoldi 🫠

❤️ Eng sara kitoblar olami:
📘
@t.me/xgroupbooks🤗
16🔥4
📚 "Sen bir olam, men o'zga olam" komikslarda jonlandi! 🌍

Feya Moranning kitobi asosida yaratilgan ushbu komiks sahnalari yuraklarni junbushga keltiradi! Elias va hijobli qiz o‘rtasidagi sof, samimiy suhbatlar o‘quvchiga iliqlik baxsh etadi. Ularning har bir qarashi, har bir so‘zi — bu ikki olam orasidagi tilsimli rishtaning bir bo‘lagi.

📖 Kitob chiqishiga endi sanoqli kunlar qoldi! Minglab kitobxonlar bu asarni sabrsizlik bilan kutmoqda. Orzudagi sevgi, oraliqdagi tushunmovchiliklar va chinakam samimiyat — bularning barchasi yangi nashrda yanada mukammal tarzda aks etadi.

📦 "Sen bir olam, men o‘zga olam" — bu shunchaki romanning tarjimasi emas, bu qalblar orasidagi sadoqatning, hissiyotning jonli ifodasidir. Shu sababli, biz bu kutishni munosib yakunlash uchun sifatli va chiroyli nashr ustida jiddiy ishlayapmiz.

🕊 Siz orzu qilgan kitob — endi sizga yanada yaqin!

📚 Feya Moran "Sen bir olam, men o‘zga olam"

❤️ Oz qoldi 🫠

❤️ Eng sara kitoblar olami:
📘
@t.me/xgroupbooks🤗
18🤩3🔥2👍1🥰1
#😍

🥹 Kitob tezroq chiqishini shu darajada intiq kutayotganlar, nechtamiz?
🖐
25🔥3🤩3💯3😁1
📚#yangikitob #tezkunda

Ammo hayot murakkab... Vaqti kelsa u bizni shunday girdobga tashlaydiki, undan chiqish uchun g‘ururimizdan ham voz kechishimizga to‘g‘ri keladi. Mana hozir Kamron uchun hamma narsaga tayyor bo‘lib turibman...

– Ko‘ngli bo‘shlik qilib, sizga qattiq gapira olmaganim uchun o‘zimdan juda xafa bo‘laman. Ammo buning sababi nimadaligini yaxshi bilasiz. Bobom ayollarga boshqacha munosabatda bo‘lardi. Ayollarga qo‘pol muomala qilsang, ular seni hurmat qilishadi, deb hisoblardi. Menimcha, bobom birorta ayolni chin dilidan sevmagan bo‘lsa kerak...

📚Badri Rahmiy Hametdin
“Feride yoxud Choliqushining baxti”

😍 Siz ham intiq kutyapsizmi?

❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kutilgan lahzalar yaqinlashmoqda!
Feridening sevgi va kurashga to‘la hikoyasi — “Feride, yoxud Choliqushining baxti” tez kunda sotuvda! 💌

📅 Hafta oxiridan boshlab oldindan buyurtma berish mumkin!
Birinchi o‘quvchilarga 🎁 maxsus sovg‘a!

💖 Bu nafaqat sevgi hikoyasi — bu orzular va jasorat yo‘li.
📖 Siz ham Feride bilan birga his qiling!

🔗 Buyurtma: @factor_books

#Feride #Choliqushi #FactorBooks #YangiKitob #OldindanBuyurtma
4😢2❤‍🔥1
Bugun 13-avgust. Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azimning tugʻilgan kuni.

Yashasang-chi o‘tmishdan arib!
Yo‘l ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga – bilmaysan.

Sevgi – mardlar umriga ziynat –
Qay yo‘sinda hayotin tarzi...
So‘ng bor aytay: “Faqat muhabbat
Topshirmoqqa taqdirni arzir”.

Qalb falagin toqidan zim-zim
Betoqat nur sochgan o‘sha – baxt.
Beyuraklar ne desa desin,
Baxt degani asli – muhabbat.

Usmon Azim

📚
IKAR” toʻplamidagi “Bir parcha osmon” kitobidan

Kitob narxi 35.000 ming
To’plam narxi 100.000 ming


📞 +998 95 035 95 11
✉️
@factorbooks_info

🚛 O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati mavjud!

@factorbooks – 𝐲𝐚𝐱𝐬𝐡𝐢 𝐤𝐢𝐭𝐨𝐛 𝐨'𝐪𝐢𝐬𝐡𝐠𝐚 𝐡𝐚𝐪𝐥𝐢𝐬𝐢𝐳! 💙
7
📚 Nihoyat! Siz orziqib kutgan asar qo‘lingizda bo‘lishi mumkin!

Badri Hametdin Rahmiyning mashhur romani — “Feride, yoxud Choliqushining baxti” kitobini endi oldindan buyurtma berishingiz mumkin!

💰 Kitob narxi: 39 000 so‘m
🔥 Maxsus imkoniyat: Faqatgina 100 nafar kitobxon uchun oldindan buyurtma narxi — 35 000 so‘m

Uzoq kutilgan, kitobsevarlar qalbida allaqachon o‘z o‘rnini topgan ushbu asar nihoyat siz bilan! ❤️

📌 Oldindan buyurtma qilsangiz:
• Birinchilardan bo‘lib kitobni qo‘lga kiritasiz 🥇
• Cheklangan chegirmaga ega bo‘lasiz 🎁
• Va eng asosiysi, o‘zingizni “Choliqushi” afsonasining davomida ko‘rasiz…

🎉 Bonus: Post ostida “Men ham Ferideni kutganman” deb izoh qoldirgan tasodifiy 3 nafar kitobxon kitobni mutlaqo bepul qo‘lga kiritadi! 📦

👉 Shoshiling, 100 ta chegirmali buyurtma tugab qolishi mumkin!
10
#qiziiiiiq😍

😇 Qani kim qaysi birini ko‘proq kutyapti?

🥹 Oz qoldi, diydor yaqin🫠
18🥰6❤‍🔥5😍5🔥1💘1
Forwarded from Sohibjamol KATTAYEVA
📚#yangikitob #tezkunda

🫠"Qayg‘u-alam odamni qanchalik o‘zgartiradi. Ba’zilar g‘amdan es-hushlarini yo‘qotib, yomon odamga aylanadi. Bir paytlar faqat aysh-ishratga berilgan, beg‘am Jemil esa mehribon, yaxshi insonga aylanibdi. Bunday holga duch kelganingdan keyin hayot paradokslardan iborat ekanini anglay boshlaysan...”

📚Badri Rahmiy Hametdin
“Feride
yoxud
Choliqushining baxti”


❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
4❤‍🔥2
#yangikitoooob 😍😍😍

Uning yuzida yaqqol ko‘rinib turgan afsus va ovozidagi ehtiyotkorlikdan taajjublanmaslik imkonsiz edi. Dabdurustdan nima deb javob berishni ham bilmay qoldim.
– Kechir... Ko‘proq tilimni tiyishim kerakka o‘xshaydi. Seni xafa qilib qo‘yishni yoki kalaka qilishni umuman xohlamayman, shuning uchun... Mendan biron xato o‘tsa, darhol burnimga musht tushirishing mumkin, bo‘ptimi? Mutlaqo jiddiy aytyapman. Ayab o‘tirma, har doim chegaramni ko‘rsatib qo‘y, chunki menda bu chegaralarning o‘zi yo‘q.

📚 Feya Moran "Sen bir olam, men o‘zga olam"

❤️ Oz qoldi 🫠

❤️ Eng sara kitoblar olami:
📘
@t.me/xgroupbooks🤗
13🔥6😭4❤‍🔥2👍2🤗1
📚#yangikitob #tezkunda

Taniqli turk yozuvchisi
Badri Rahmiy Hametdinning
“Feride” romani mashhur “Choliqushi”
asariga mehr qo‘ygan va sevimli
qahramonlari bilan xayrlashishni
istamagan millionlab o‘quvchilar
uchun ajoyib tuhfadir. Unda
sevimli qahramonlaringiz bilan
yana uchrashasiz. Mazkur asarni o‘qir
ekansiz, Feride bilan birga ko‘plab
ajoyib sarguzashtlarni boshdan
kechirasiz. Ayriliq azobini chekasiz,
yana baxtli bo‘lishga qalban umid
qilasiz, u bilan birga xavf-xatarga
duch kelasiz, haqiqiy sevgini topish
uchun sermashaqqat yo‘lni birga bosib
o‘tasiz...


📚Badri Rahmiy Hametdin
“Feride
yoxud
Choliqushining baxti”


❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
❤‍🔥73
Forwarded from XGROUP BOOKS
Feya Moran – fragment.pdf
40.6 KB
#asardanparcha😍

– Nega iljayasan? – ovozim o‘ta ayanchli eshitildi. Arang chiqqan titroq ovoz. Ko‘zlarim esa sotqinlarcha yoshlarimni fosh qildi. Ilk bor qalbimdagi og‘riqni sirtimga chiqardim.
– Ular yolg‘on gapirishyapti, de.
– Kechir, – u shunday deb, yelka qisdi. – Hayot shunaqa, sharq go‘zali.
O‘zim aybdorman. Hammasiga o‘zim aybdorman.

📚 Feya Moran "Sen bir olam, men o‘zga olam"

❤️ Oz qoldi 🫠

❤️ Eng sara kitoblar olami:
📘
@t.me/xgroupbooks🤗
😢116❤‍🔥2😭2👏1💔1
#yangilik😍

🥳 Qaynoq yangilikka tayyor bo‘lganlar 🔥 bosamiz, ketdik!
🔥342
#yangikitob #sotuvda😍

SEVIMLI KITOBINGIZ SOTUVDA
🥳📚

Muallif: Badri Rahmiy Hametdin
Kitob nomi:  “Feride yoxud Choliqushining baxti”
Tarjimon: Lola Shoimova
Janri: roman
Sahifasi:
320 bet
Muqova:
yumshoq
Narxi: 39.000 so‘m (hafta oxirigacha 35.000 so‘mdan😍)

***
Taniqli turk yozuvchisi
Badri Rahmiy Hametdinning
“Feride” romani mashhur “Choliqushi”
asariga mehr qo‘ygan va sevimli
qahramonlari bilan xayrlashishni
istamagan millionlab o‘quvchilar
uchun ajoyib tuhfadir. Unda
sevimli qahramonlaringiz bilan
yana uchrashasiz. Mazkur asarni o‘qir
ekansiz, Feride bilan birga ko‘plab
ajoyib sarguzashtlarni boshdan
kechirasiz. Ayriliq azobini chekasiz,
yana baxtli bo‘lishga qalban umid
qilasiz, u bilan birga xavf-xatarga
duch kelasiz, haqiqiy sevgini topish
uchun sermashaqqat yo‘lni birga bosib
o‘tasiz...


❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
11👍4🥰2🤗1
FACTOR BOOKS 📚🤩
📚 Nihoyat! Siz orziqib kutgan asar qo‘lingizda bo‘lishi mumkin! Badri Hametdin Rahmiyning mashhur romani — “Feride, yoxud Choliqushining baxti” kitobini endi oldindan buyurtma berishingiz mumkin! 💰 Kitob narxi: 39 000 so‘m 🔥 Maxsus imkoniyat: Faqatgina…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Random orqali yutgan omadlilarni tabriklaymiz. Demak, ular:

▪️Dildora
▪️Xadicha
▪️Havasmoh


Gʻoliblarga sovgʻalari 2-3 kun ichida yetkaziladi.Bu kabi tanlovdan tez-tez foydalanib turmoqchimiz.

Keyingi safar siz ham gʻoliblar qatorida boʻlishingiz mumkin. Shunday ekan, bizdan uzoqlashmang.

@factor_books
1