Sukut Saqlama (NeMolchi.uz o'zbek tilida)
2.73K subscribers
1.19K photos
283 videos
2 files
2.85K links
18+. Ўзбекистонда зўравонликка қарши лойиҳа.
https://www.facebook.com/SukutSaqlama/

Ҳикоянгизни аноним юборинг:
https://forms.gle/ZKCabhpzFM3ewTUz9
加入频道
Yomonligi oldindan ayon munosabatlarda bola tug‘ilishi — keng ommaga oilaviy zo‘ravonlik holatlarida nega ayollar ketmasligini tushuntirish qiyin bo‘lgan holat.

"Erim birinchi homiladorligimda, tuqqanimdan keyin ham urardi, keyin bolamga ham qo‘l ko‘tardi. Endi ketaman deganimda homiladorligimni bilganman" kabi holatlarni nega ko‘p kuzatamiz? Bu ayollarga "yoqqani" uchun sodir bo‘lmaydi. Hammasi "undan uchta bola tug‘dimi, demak unga shunday yashash yoqadi" deyishdan-da murakkab. Yo‘q, yo‘q va yana yo‘q.

"Hammasi shunchalik yomon bo‘lsa, eri bilan qanday er-xotinlik qilgan" deb so‘rayapsizmi? Hammasi juda oddiy. Xotinlik vazifasini bajargach oqshom sokin o‘tishi bilan rad etganga janjal o‘rtasida ayol nimani tanlashini bilsangiz kerak. Bunday holatlarda homiladorlikdan saqlanish so‘nggi masala bo‘lib qolishi aniq.

Ikkinchidan, oilaviy zo‘ravondan birontasi ilk uchrashuvda seni kaltaklayman, deb aytmasa kerak, to‘g‘rimi? Aksincha bunday toifadagi odamlar juda yaxshi taassurot qoldirishadi. Va zo‘ravonlik tsiklidan keyin bunday nusxalar qurbonini shunaqangi eritadiki, bechora ayol yegan kaltaklarini unutadi-qo‘yadi.

Uchinchidan, aksariyat ayollar bolajon bo‘ladi. Va bu masalaga eri qanday bo‘lishidan qat'iy nazar yonimda bolalar qoladi pozitsiyasini egallaydi. ⠀

Vanihoyat, homiladorlik davrida ayollar o‘zlarini tashqi muammolardan cheklaydi. Ular uchun muhimi qornilaridagi murg‘ak qalb. Boshqa muammolar ikkinchi planga o‘tadi. Doimiy stressdan charchagan ayol uchun homiladorlik go‘yoki o‘zini himoyaga muhtoj bo‘lib his qilish uchun bir fursat - men ayni damda zaifman, menga teginmang. Aqlan u holatini battar chigallashtirayotganini tushunadi, lekin vaqtincha dam olish uchun barchasiga ko‘z yumadi. Oilaviy zo‘ravonlik muammosini tushunish uchun bu eng muhim jihatdir: qurbon o‘z nuqtai nazaridan o‘zini mantiqan tutmoqda. U ayni damda va shu yerda o‘ziga zararni kamaytirish va omon qolishga harakat qilmoqda.

U ahmoq bo‘lgani uchun uzoq muddatli rejalashtirishdan yiroq emas - u uzoq vaqt davomida noaniqlik va doimiy stress sharoitida bo‘lib, bu shartlar unga munosabatlarning ikkinchi ishtirokchisi tomonidan ataylab va aniq shu maqsadda yaratilmoqda.

Anna Ivanova

#SukutSaqlama #BilishMuhim