Raqobat qo‘mitasi
18.2K subscribers
6.71K photos
994 videos
10 files
4.37K links
Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси

📍 Лабзак, 3 Тошкент 100128
🌐 raqobat.gov.uz
📞 71 207 47 00
☎️ 1159
📧 [email protected]
x.com/RaqobatGovUz
instagram.com/raqobat_gov_uz
facebook.com/RaqobatGovUz
加入频道
Raqobat qo‘mitasi
Photo
#Ochiq muloqot

❇️O‘zbekiston Respubliksi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilish va tartibga solish boshqarmasi tomonidan “20 avgust - Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan navbatdagi “Ochiq muloqot” tadbiriga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sug‘urta xizmatlari bozoridagi muammolar va tadbirkorlarning taklif va istaklarini o‘rganib chiqish yuzasidan uchrashuv o‘tkzaildi.

✍️Mazkur uchrashuvda sug’urta bozorining professional ishtirokchilari - yetakchi sug’urta kompaniyalaridan taklif etilgan mutaxassilar bilan ochiq davra suhbati tashkil qilindi.
Mazkur uchrashuvda taklif etilgan tomonlar bilan sug‘urta sohasidagi mavjud tizimli muammolar o’zaro tahlil qilindi. Davra suhbati davomida mazkur sohada yuzaga kelishiga sabab bo’lgan omillarga, ularga potensial yechim izlashga e’tibor qaratildi. Suhbat yakunida tegishli xulosa va takliflar Qo’mita mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqish maqsadida yozib olindi.

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/AntimonUz

website | facebook | telegram | youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA

🇺🇿 Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan "Butunjahon iste'molchilar huquqlari kuni" munosabati bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

👉 "O'zbekiston 24" TV

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/RaqobatGovUz

website | facebook | telegram | youtube | instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

ISTE'MOLCHI HUQUQLARI - HIMOYADA!

🇺🇿 Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan

🔰 “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/RaqobatGovUz

website | facebook | telegram | youtube | instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📻 #Ochiq_muloqot

🏛O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan

🔉“BIZ SIZNI ESHITAMIZ” yangi loyihasi amaliyotga tatbiq etildi.

🎧 Mazkur loyihaning ahamiyatli jihatlari xususida Qo‘mita bo‘lim boshliqlari Farrux Madaminov va Tohir Abdurashidov ma’lumot berib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/RaqobatGovUz

website | facebook | telegram | youtube | instagram |Twitter
#ochiq_muloqot
#live

🌀Raqobat qo'mitasida Jamoatchilik (ommaviy axborot vositalari) uchun ochiq muloqot bo'lib o'tmoqda.

🔝 Ochiq muloqotda 20 ga yaqin Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6247-sonli "Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni hamda, 154-sonli "Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonlari ijrosini taminlash yuzasidan 2023 yil davomida 500 ga yaqin ochiq ma'lumotlar, Qo'mitaning rasmiy veb sayti va ochiq ma'lumotlar portali orqali e'lon qilingan.

🤔 Ochiq muloqotda “Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlari sohasida nazoratni taʼminlash yuzasidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan rahbariyat va ushbu sohadagi mutasaddi boshqarma vakillari Jamoatchilik (ommaviy axborot vositalari)ga ma'lumotlar taqdim etishdi.

Batafsil
🔝 Lotin alifbosida
🔝 Kirill alifbosida
🔝 Читать на русском

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

🔊 Raqobat qo'mitasida bugun bo'lib o'tgan ochiq muloqot Ommaviy axborot vositalari nigohida.

🔝 Batafsil: "Mening Yurtim" (MY5) telekanalida

Kanalga ulanish
🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

📢 JAMOATCHILIK VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

🔝 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik bilan ochiq muloqot o‘takazildi. Unda Qo‘mita rais maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i v.b. Q.Yuldashev va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda 10 ga yaqin ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etishdi.

🔝 Unda jismoniy va yuridik shaxslardan 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Ochiq muloqotda E.Jo‘rabekov Boyovut tumanida joylashgan savdo do‘konlari (noturar bino)ning kadastr hujjati yo‘qligi sababli, 10 kun davomida elektr ta’minotidan uzib qo‘yilgani va O.Najimovning xususiy klinikalar va ularda ko‘rsatilayotgan xizmatlar, narxlari haqida va bir qator murojaatlar qabul qilindi. Ushbu murojaatlar yechim topishi borasidagi ishlar nazoratga olindi.

👥 Shuningdek, tadbirda Qo‘mita ochiqligini ta’minlash yuzasidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish va dolzarbligini ta’minlash yuzasidan OAV vakillari va blogerlarning taklif hamda tavsiyalari tinglandi.

📄 Murojaatchilardan O.Ahmedovning ikki yil davom etgan uy-joy muammosi yechib berilgani, N.Ummatov “XOVOS TUMANI YO‘LLARDAN FOYDALANISH” DUKning gaz bo‘yicha 130 mln so‘mdan ortiq asossiz qarzdorligi va S.O‘rolovaning foydalanishga topshirilgan uyning ta’mirtalabligi bo‘yicha murojaatlari qisqa vaqtda ijobiy yechim topganligi uchun hududiy boshqarmaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

ℹ️ Ma’lumot o‘rnida. Sirdaryo hududiy boshqarmasiga 2023-yilda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1000 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 170 mingdan ortiq iste’molchilarning huquqlari tiklangan vа ular hisobiga 3 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

🎛 Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida Qo‘mita rahbariyati A.Qayumov va F.Karabayev boshchiligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan sohadagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarni oshirish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga bag'ishlangan ochiq muloqot” o‘tkazildi.

🔝 Uchrashuvda sohada mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, xususan avtomobil benzini importini oshirish masalalari muhokama qilindi.

👥 Jumladan tadbirkorlar quyidagi muammolarni aytib o'tishdi.

🔘 Avtomobil benzini importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun banklar tomonidan ajratilgan kredit yuklamasi yuqoriligi.

🔘Logistika narxlari yuqoriligi, Rossiyadan Keles chegarasigacha bo‘lgan masofa (1700 km) uchun bir tonnasi uchun 150 doll bo‘lgan bir paytda ichki temir yo‘l orqali tashish xizmati 8-10 km uchun 15-20 dollni tashkil etishi.

🔘Import qilingan va Rossiya tomonidan benzin mahsuloti barcha standartlarga to‘g‘ri kelishi va sifati talabga javob berishi yuzasidan hujjatlar borligiga qaramay, respublikaga olib kirganda qo‘shimcha majburiy sertifikatlashdan o‘tkazish.

🔘Import qilingan benzin mahsuloti uchun QQS to‘lovini to‘lash muddati qisqaligi.

🔝Batafsil

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

🔎 JAMOATCHILIK VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOTLAR DAVOM ETMOQDA

📼Joriy yilning 28-fevral kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda Qo‘mita rais maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i J.Ismoilov va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etdi.

➡️ Tadbirda Qo‘mita ochiqligini ta’minlash yuzasidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish va dolzarbligini ta’minlash yuzasidan OAV vakillari va blogerlarning takliflari hamda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillarining O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan tadbirkorlar hamkorlik qilishi bo'yicha tavsiyalari tinglandi.

📄 "PANDA HAPPY" nodavlat ta'lim muassasasi rahbari G.Xadjimetova Yangiyo'l shahri suv ta'minotidan kelib tushgan 74 mln so'mlik asossiz qarzdorlik bo‘yicha murojaati qisqa vaqtda ijobiy yechim topganligi uchun hududiy boshqarmaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

ℹ️ Ma’lumot o‘rnida. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan jami murojaatlar 1 870 tani tashkil etadi.

➡️ Shulardan 165 ta yozma, 816 ta og‘zaki va 29 ta elektron shakllarda kelib tushgan. Virtual qabulxona orqali 860 ta murojaat qabul qilingan.
Murojaatlar sohalar kesimida:
🔘Uy-joy kommunal va transport 626 ta
🔘Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 704 ta
🔘Moliyaviy-ijtimoiy va aloqa xizmatlari 362 ta
🔘Reklama faoliyatini tartibga solish 8 ta

💵Murojaatlarni o‘rganish davomida iste’molchilar hisobiga 4 mlrd so‘mdan ortiq mablag' qayta hisob-kitob qilingan.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Sirdaryo_viloyati

🤔 Raqobat qo‘mitasi bugungi kunda fuqarolarning axborotni erkin izlash va olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, o‘z faoliyatining ochiqligiligini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish maqsadida 2023-yil davomida 500 ga yaqin ochiq ma’lumotlar e’lon qilgan.

⚽️ Qo‘mita tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahrida o‘tkazilgan ochiq muloqotda ishtirok etgan OAV xodimlari va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Qo‘mita mas’ul xodimlaridan to‘liq javob olishdi hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan tegishli o‘z taklif-tavsiyalarini ham berishdi.

💬 Ochiq muloqotda tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan kommunal, savdo, xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va boshqa o‘nlab murojaatlar qabul qilindi hamda tegishli tashkilotlarga ijro uchun yuborildi.

🔝Batafsil👆

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Toshkent_viloyati

🤔 Toshkent viloyati Nurafshon shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq muloqot tashkil etildi va ulardan faoliyatlari bo‘yicha turli yo‘nalishlardagi murojaatlari qabul qilindi.

👥 Ochiq muloqotda mutasaddi tashkilotlar mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

⚽️ OAV vakillari va blogerlar tomonidan Qo‘mita ochiqligini ta’minlashda ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish va dolzarbligini ta’minlash yuzasidan taklif hamda tavsiyalar berildi.

🔝Batafsil👆

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqobat qo‘mitasi
Video
🔝 Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining haftalik dayjesti.

(
🔝 26-fevral, 02-mart kunlari)

▫️26-fevral
🔝 Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning 19-24-fevral kunlari Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish maqsadida, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun mavjud imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va infrastrukturaning sifati bilan bog'liq masalalar bo‘yicha o‘rganishlar o'tkazildi.
_________________________

🔝 Mamlakatimizda 15 fevraldan – 15 martga qadar “Kontrafaktsiz oy” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
_________________________

🔝 Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
_________________________

🔝 Sifat nazorati

▫️27-fevral

🔝 Makaron mahsulotlari sifati nazoratdan o‘tkazildi.
_________________________

🔝 Ochiq muloqot OAV nigohida

🔝 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik bilan ochiq muloqot o‘takazildi.

🔝"MY5" TV telekanali

🔝 Guliston xabarlari telegram kanali

🔝Sirdaryo.uz telegram kanali

🔝 UzA | O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi

🔝 #Ochiq_muloqot #Sirdaryo_viloyati

▫️29-fevral
🔝 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🔝 "Nurafshon TV" telekanali

🔝 "Uzreport TV" telekanali

🔝 UzA | O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi

🔝 #Ochiq_muloqot #Toshkent_viloyati
_________________________

🔝 Huquqiy savodxonlik, fuqarodan savol

▫️28-fevral

🔝 Mahsulot qadog‘idagi belgilar nimani anglatishini bilasizmi?
_________________________

🔝 Aholiga sifatsiz benzin mahsulotlarini sotgan 7 ta AYoQShlarga nisbatan chora ko‘rildi.
_________________________

🔝 Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida Qo‘mita rahbariyati A.Qayumov va F.Karabayev boshchiligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan sohadagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarni oshirish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga bag'ishlangan “ochiq muloqot” o‘tkazildi.
_________________________

▫️29-fevral
🔝 Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей Республики Узбекистан организовал для представителей пресс-служб территориальных органов семинар-тренинг по повышению эффективности работы с населением в государственных органах, обеспечению открытости, укреплению и расширению сотрудничества со СМИ.
_________________________

🔝 Har bir murojaat zamirida, inson manfaatlari yotadi: Qo‘mita bu borada aholi murojaatlari bilan tizimli ravishda ish olib bormoqda.

▫️1-mart
🔝 Boshlang‘ich to‘lov qaytarilishi ta’minlandi.
___________________________

▫️2-mart
🔝 Respublika ishchi guruhi tarkibida Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov shuningdek, Savdo - sanoat palatasi, O'zsanoatqurilishbank va boshqa tashkilotlar rahbariyati viloyatning Shovot, Hazoraspasp, Yangibozor, Tuproqqalʼa tumanlarida tabdirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib ularning muammolarini o‘rganmoqda.
___________________________

Kanalga ulanish
🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

🔎 HUDUDLARDA JAMOATCHILIK BILAN OCHIQ MULOQOTLAR DAVOM ETMOQDA

🔝 Joriy yilning 26-mart kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Samarqand viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma rahbariyati M.Xamrayev va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etdi.

➡️ Tadbirda Qo‘mita ochiqligini ta’minlash yuzasidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish va dolzarbligini ta’minlash yuzasidan OAV vakillari va blogerlarning takliflari hamda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillarining hamkorlik qilishi bo'yicha tavsiyalari tinglandi.

📄 Hududiy boshqarmaga murojaat qilgan fuqaro  Sattarov Temur Naimjonovich foydasiga “SAM ROS STORY LUX” MCHJ tomonidan 254 825 000 so‘m pul mablag’lari sudning hal qiluv qarori bilan undirilishi ta’minlab berildi. Murojaatchi ijobiy yechim topgan masalasi uchun hududiy boshqarmaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

✍️ Shuningdek, Yuldasheva Gulchexra Muratovna “LLP SCM GROUP” MCHJ tomonidan 10 mln soʻm qaytarib berishda amaliy yordam berganini ta’kidlab o‘tdi hamda Abduramanova Elmaz Serverovna “LLP SCM GROUP” MCHJdan “FIJI” vibromassajchisi uchun 21 million so‘mdan ortiq to‘lovi to‘liq qaytarib berilishida amaliy yordam bergan hududiy boshqarmaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

ℹ️ Ma’lumot o‘rnida. Qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan ikki mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarni o‘rganish davomida 10 mlrd so‘mdan ortiq mablag'lar fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta'minlangan.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot_OAV_nigohida

🤔 Samarqand viloyatida o‘tkazilgan ochiq muloqot OAV nigohida

🔝 O‘zbekiston milliy axborot agentligida, Samarqandda o‘tkazilgan ochiq muloqot tafsilotlari

🔝 Zarnews internet nashri "Davlat xaridlari bo‘yicha tanlovlarda 755 ta kamchilik aniqlandi" deya xabar bermoqda

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot #OAV_nigohida

2024-yil 23-25 aprel kunlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan, Andijon va Fargʻona viloyati hududiy boshqarmalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

🤔 Telekanallar:

🔝"Ruxsor" teleradiokanali
🔝"Sevimli" telekanali
🔝"Farg'ona" teleradiokanali

🤔 Online nashrlar:

🔝UzA
🔝Andijonnoma
🔝Aktual Uz
🔝Achchiq TV
🔝Namangan Yangiliklari

🤔 Raqobat qo‘mitasining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari:

🔝 Namangan viloyatida ochiq muloqot
🔝 Andijon viloyatida ochiq muloqot
🔝 Farg'ona viloyatida ochiq muloqot

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot #OAV_nigohida

👨‍💻 Joriy yilning 29-may kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasida 2023-yil yakunlari va 2024-yil I-choragida amalga oshirilgan ishlar hamda Vazirlar mahkamasining 2024-yil 1-mayda qabul qilingan “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” 256-sonli qarori yuzasidan jamoatchillik vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

🌀 Ochiq muloqot tafsilotlari "S-Iqbol" TV telekanali nigohida

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM