Yoshlar ishlari agentligi
98.6K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar festivali Namanganda!

⚡️Kuni kecha Namangan viloyatida “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi yoshlar festivali bo’lib o’tdi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori va viloyat hokimi so‘zga chiqib, barcha yoshlarni yaqinlashib kelayotgan 30-iyun – “Yoshlar kuni” bilan tabriklab, kelgusi o‘qish va ishlariga omad tiladilar.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Namangan

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Yoshlar oyligi” doirasidagi uchrashuvlar davom etadi

⚡️“Yoshlar oyligi” munosabati bilan o’tkazilayotgan navbatdagi uchrashuv 22-iyun kuni Madaniyat vaziri hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

🎤Uchrashuvda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif, muammo, loyiha va tashabbuslar shaxsan vazirlar tomonidan joyida o‘rganilib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

📝Ushrashuvda ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon yoshlari bir shior ostida birlashdilar

⚡️ Andijon aholisi va yoshlar “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Andijon shahri markazida jam bo’ldilar.

Unutilmas lahzalarga boy o’tgan “Yoshlar kuni” gala-konserti Andijon yoshlarini bir maqsad yo’lida birlashishga, Vatanni sevish va unga munosiblik hissida yashashga undadi.

📹Festivalning qaynoq jarayonlari aks etgan video

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Andijon

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi gala-konsert manzili Farg‘ona viloyati

⚡️“Yoshlar oyligi” doirasidagi “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” gala-konsert dasturi bugun, Farg’ona shahridagi “Islom Karimov” nomidagi konsert saroyi oldida bo’lib o’tadi.

🎵Musiqiy sarguzashtga boy kechani mushakbozlik shousi bilan o’tkazing.

📺Gala-konsertni “Yoshlar” telekanali orqali soat 20:30 da jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Fargona

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zominda yoshlar festivali qanday o‘tdi?

⚡️ Jizzax viloyatining Zomin tumanida o‘tkazilgan yoshlar festivali ko‘tarinkilik va zavq-shavq bilan nishonlandi. Festival doirasida turli xil ko‘ngilochar dasturlar, sport musobaqalari va tanlovlar o‘tkazildi.

Estrada yulduzlari ishtirokidagi gala-konsert va osmonni rang-barang bo‘yoqlarga burkagan mushakbozlik tomoshasi festivalni haqiqiy yoshlar bayramiga aylantirdi.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Jizzax

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Madaniyat vaziri yoshlar bilan uchrashdi.

Bugun, 22-iyun kuni Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda yosh san’atkorlar va madaniyat sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

🎤Uchrashuv madaniyat sohalarida ijod qilayotgan yoshlar bilan muloqot qilish, fikr almashish va yangi taklif hamda tashabbuslarni ilgari surish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.

⚡️“Yoshlar oyligi” munosabati bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlardan asosiy maqsad, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar shaxsan vazirlar tomonidan o‘rganilib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda yoshlar festivallari davom etmoqda

⚡️ Samarqand viloyatining Payariq tumanida Yoshlar oyligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan gala-konsert dasturidan qisqa rolik

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Samarqand

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi vaziri Xivada yoshlar bilan uchrashdi.

⚡️Xorazm viloyati Xiva shahrida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibroxim Abduraxmonov yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasini yanada oshirish va “Yoshlar kuni” munosabati bilan agrar soha yoshlari bilan ochiq muloqot qildi.

🎤Vazir va yoshlar uchrashuvi ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etilib, yoshlarning soha rivojiga oid taklif va tashabbuslari tinglandi hamda yutuqqa erishgan yosh xodimlar vazirning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada katta shodiyona!

⚡️Farg‘ona shahri Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

Gala-konsert yuqori harorat, tom ma’nodagi jo‘shqinlik va yoshlar birligiga aylandi. Sahnada aytilgan Farg‘ona yoshlarining erishgan yutuqlari, faol yoshlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar tadbir kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik berdi.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Fargona

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir va yoshlar uchrashuvi

Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Samimiy muloqotda vazir o‘z shaxsiy tajribasini yoshlar bilan o‘rtoqlashdi. So‘nggi yillarda kelajak egalariga qaratilayotgan e‘tibor haqida so‘z yuritib, yoshlarning savol, muammo va takliflariga quloq tutdi.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yoshlar bayrami

⚡️Kuni kecha Toshkent viloyati Nurafshon shahri markaziy o‘yingohida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda minglab o‘g‘il-qizlar jam bo‘ldi. Tadbir davomida mashhur estrada yulduzlarining chiqishlari, mushakbozlik va turli ko‘ngilochar o‘yinlar tashrif buyuruvchilarga xush kayfiyat ulashdi.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Toshkentviloyati

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Yoshlar oyligi” doirasidagi uchrashuvlar davom etadi

Yoshlar ijod saroyidagi navbatdagi uchrashuv 24-iyun kuni Energetika vaziri hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir va yoshlar uchrashuvlari davom etadi

⚡️“Yoshlar oyligi” doirasida 21-iyundan 26-iyunga qadar poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Vazir va yoshlar” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

🎤Navbatdagi uchrashuvlar ertaga Sport vaziri, Transport vaziri va Sog‘liqni saqlash vazirlari ishtirokida davom etadi.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Energetika vaziri yoshlar bilan uchrashdi.

Bugun, 24-iyun kuni poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Dastavval Energetika vaziri barcha yoshlarni yaqinlashib kelayotgan 30-iyun – “Yoshlar kuni” bilan tabriklab, so‘nggi yillarda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalarda yoshlarning rolini oshirish, ularga imkoniyatlar, yaxshi sharoitlar yaratib berish bo‘yicha tizimli ish olib borilayotganini alohida ta’kidladi.

Muloqot davomida yosh xodimlar yoqilg‘i-energetika sohasida olib borayotgan ilmiy ishlari va tadqiqotlari, sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan innovatsion g‘oyalar, turli muammolar hamda ularning yechimlari haqida so‘z yuritishdi, o‘zlarining qator takliflarini bildirdilar.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar oyligi doirasida o’tkazilayotgan navbatdagi uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi.

🎤Uchrashuvda turli mavzularda, jumladan, milliy qadriyatlar, ma’naviy meros va zamonaviy jamiyatda yoshlarga yuklatilgan vazifalar haqida so’z bordi. Xususan, Otabek Xasanov kitobxonlikning yoshlar tarbiyasidagi o’rni va ahamiyati haqida to’xtalib o’tdi. Muloqot davomida yoshlar faol qatnashib, o’z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bilan uchrashuvlar qanday o‘tmoqda?

🎤 Kuni kecha Energetika vaziri hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

⚡️Yoshlar oyligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlardan video tafsilotlarni sizlarga ulashamiz.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sport vaziri yoshlar bilan uchrashdi.

⚡️Bugun “Yoshlar oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Dastavval vazir barcha yoshlarni 30-iyun - “Yoshlar kuni” bilan tabrikladi.

🎤Muloqot davomida Adham Ikramovga sportchi yoshlar tomonidan bir qator taklif va tashabbuslari bildirildi.

Xususan, ommaviy sportni rivojlantirish, sport sohasida volontyorlar safini kengaytirish, sport bilan shug‘ullanadigan yoshlarning til bilish darajalarini oshirish hamda sportchi yoshlarni munosib sharoitda shug‘ullanishni ta’minlashga qaratilgan takliflar berildi.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ozoda Parpiboyeva yoshlar bilan uchrashadi.

⚡️“Yoshlar oyligi” munosabati bilan o’tkazilayotgan navbatdagi uchrashuv 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar takliflari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

🎤“Rahbar va yoshlar” turkumidagi uchrashuvlar davom etadi. Galdagi uchrashuv Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov ishtirokida bo‘ldi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida yosh xodimlar transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi muammolar hamda ularning yechimlari haqida so‘z yuritishdi.

Quvonarlisi, o‘tgan uchrashuvlarda yoshlar tomonidan taklif etilgan Transport vaziri stipendiyasi, “Innovatsion g‘oyalar” tanlovini o‘tkazish kabi loyihalar amaliyotga tatbiq etilgani alohida ta’kidlab o‘tildi. Bu tashkil etilayotgan uchrashuvlar besamar ketmayotganini anglatadi.

📑Ma’lumot uchun, mamlakatimizda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning 33 237 nafarini yoshlar tashkil etadi.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vazir va yoshlar uchrashuvi

Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov
ishtirokidagi “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda tibbiyot tizimidagi yosh rahbarlar, shifokorlar, yosh olimlar, doktorant, magistr va talabalar ishtirok etdi.

Asilbek Xudayarov yoshlarga murojaat qilib, rasmiy nutqlardan chetlashib, samimiy muloqot qilishni taklif qildi va yoshlarning har qanday savoliga javob berishga tayyor ekanini bildirdi.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM