Yoshlar ishlari agentligi
94.6K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.26K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 15-16 iyul kunlari Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Forum ishtirokchilari mintaqaviy bog‘liqlikni yana-da mustahkamlash doirasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

#Mirziyoyev #konferensiya #bogliqlik #hamkorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
IMKON granti gʻoliblari uchun darslar boshlandi

Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Najot Taʼlim markazi hamkorlikda nogironligi boʻlgan yoshlarni zamonaviy kasbga oʻqitish va hayotda oʻz yoʻllarini topishga koʻmaklashish maqsadida "IMKON" loyihasini yoʻlga qoʻygan edi.

🏆 Ushbu grantning ikkinchi mavsumi uchun 183 ta ariza kelib tushgan bo'lib, bulardan 32 nafar yoshlar bir necha bosqichli saralash tizimi orqali tanlab olindi va gʻolib deb topildi.

🖼 Fotosuratlar siz uchun

Kuni kecha yangi bilimlarni oʻrganaman deb, ildam qadam tashlayotgan ushbu 32 nafar oʻquvchilar uchun darslar boshlandi.

🎁 Grant gʻolibi boʻlgan yoshlar, tanlagan yoʻnalishlariga koʻra grafik dizayn yoki SMM yoʻnalishidan bepul taʼlim oladilar.

#imkongrant #hamkorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Xalq ta'limi vazirligi binosida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi vakillari ishtirokida o'zaro hamkorlikda ta'lim muassasalaridagi o'quvchi-yoshlar uchun onlayn ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ushbu onlayn ochiq muloqotda umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi o'quvchi-yoshlar o‘zlari uchun dolzarb bo'lgan:

• Xorijiy tillarni o'rganishdan nima foyda?
• O'quvchi-yoshlar uchun xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijani qo'lga kiritsa qanday imtiyozlar bor?
• Qishki ta'tilda nima bilan shug'illansam bo'ladi? kabi savollarga javob olishdi.

#Xalqtalimi #hamkorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Toshkent shahrida “ShHT Xalq diplomatiyasi forumi” hamda "Yoshlar va xalq diplomatiyasi" konferensiyasi o’tkaziladi!

Bugun poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi vakillari o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi o'tkazildi.

🤝 Hamkorlik uchrashuvida joriy yilda Toshkent shahrida “ShHT Xalq diplomatiyasi forumi” va "Yoshlar va xalq diplomatiyasi" konferensiyasi hamda talabalar o’rtasida ilmiy maqolalar tanlovi, Tojikiston Respublikasida o'tkazilishi rejalashtirilgan "ShHT Modeli" simulyatsion konferensiyasi, ShHTga a'zo mamlakatlar talabalari o'rtasida teleko'priklar kabi rejalar yuzasidan hamkorlik qilish borasidagi masalar muhokama qilindi.

#hamkorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Pokiston #hamkorlik

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faxriy mehmon sifatida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Ozarbayjon #hamkorlik

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Tojikiston #hamkorlik

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Belarus #hamkorlik

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Qirgiziston #hamkorlik

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
BMTning O‘zbekistondagi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yoshlar ishlari agentligi binosida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev BMTning O‘zbekistondagi vakili Sabine Mahl bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim va kasb-hunarga o‘rgatish tizimlari, ekologiya, volontyorlik, va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar xususan, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “Vikistipeniya”, “1000KITOB”, “UzChess” loyihalari bilan tanishtirildi.

BMT tomonidan O‘zbekiston “Yoshlar strategiyasi - 2030”ni namunaviy tarzda amalga oshirayotgan 10 ta mamlakatdan biri sifatida e’tirof etilgani bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatlarimizni yana bir bor tasdiqladi.

Uchrashuv yakunida yoshlar siyosati sohasida yaqindan hamkorlik qilish va yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

#hamkorlik #uchrashuv

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar siyosatida mintaqaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda!

🇵🇰Pokistonda bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik Osiyo yoshlar ittifoqi Yoshlar sammitida O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi ishtirok etdi. Delegatsiyaga Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.Kattaxanova boshchilik qildi.

Sammit doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonga tashrifi davomida yoshlarga oid hujjatlar imzolanishi va O‘zbekiston-Pokiston yoshlar hamkorligi yanada rivojlanishi muhim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, sammit doirasida o‘tkazilgan Osiyo yoshlar vazirlari uchrashuvida O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha taqdimot qildi. Bu taqdimot yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

#Yoshlar #Hamkorlik #Pokiston

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Yoshlar siyosati xalqaro maydonda!

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi Pokistonda bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik Osiyo yoshlar ittifoqi sammitida qator muhim hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazdi. Xususan, Pokiston Bosh vazirining Yoshlar dasturi raisi Rana Mashhud Ahmad Xan, Maldiv Yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish, axborot va san’at davlat vaziri Ali Shamaan, Millatlar Hamdo‘stligi Kotibiyati vakili Leyn Robinson va boshqa mamlakatlarning delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida:
🟢Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Markaziy va Janubiy Osiyo yoshlar kengashini tuzish masalasi;
🟢Hamdo‘stlik tomonidan olib boriladigan Yoshlar taraqqiyoti indeksida O‘zbekistonning o‘rnini yanada yaxshilash;
🟢 Mintaqaviy darajada yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida 15-may – Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan Orolbo‘yi mintaqasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivaliga barcha yoshlar va delegatsiyalar taklif etildi.

#Yoshlar #Hamkorlik #Pokiston

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM