Yoshlar ishlari agentligi
104K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
​​#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi

Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021 y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

➡️ Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

🔢 Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

🔰 Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

👉 86-100% uchun – 5 baho;
👉 71-85% – 4 baho;
👉 56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

▫️Ushbu tartib 2022/2023 yil o‘quv yilidan qo‘llaniladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Hukumat qarori (707-son, 22.11.2021 y.) bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

💼 Endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin.

Ilgari 1-3 nafar edi.

🏦 Nizomga muvofiq, YATT bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi.

🧾 YATT xodimni yollashda yozma mehnat shartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.

YATT xodimini soliqda hisobga qo‘yish uchun arizani shartnoma tuzgan vaqtdan 3 ish kunidan kechikmay soliq organiga beradi.

Soliq organi 1 ish kunida xodimning hisobga qo‘yilganligiga oid kartochkani taqdim qiladi. YATTlar xodim uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘laydi.

YATT faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatilsa soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanishi to‘xtatiladi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Hokim yordamchisi lavozimida oliy maʼlumotga ega bo‘lmaganlar ham ishlashi mumkin

“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–29-son, 03.12.2021 y.) qabul qilindi.

💼 Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etiladi.

Mazkur lavozimga:

• Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (shoʻba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;

• nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;

• tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.

☑️ Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

👉 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari;
👉 tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari.

Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

🎖Farmonga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni taʼsis etildi.

⚠️ Ushbu ko‘krak nishoni bilan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslar taqdirlanadi.

➡️ Farmon bilan shuningdek, Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​13 yoshga to‘lgan bolalarning jinoiy javobgarligi bekor qilindi

“Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–735, 07.12.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 13 yoshga to‘lgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi bekor qilindi.

Ilgari 13 yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shunga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortish 14 yoshdan boshlanadi.

➡️ 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilganda og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilandi.

☑️ Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnashishi belgilandi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Ayrim davlat OTM to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini mustaqil belgilaydi

“Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–61-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.

📝 Qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTM ro‘yxati (35 ta) tasdiqlandi.

🔰 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022 yil 1 yanvardan quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi:

👉 kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
👉 mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
👉 o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
👉 xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
👉 bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;
👉 avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.

🔎 Shuningdek qarorga ko‘ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar

▪️Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.

▪️Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha o‘qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to‘lab beriladi.

▪️Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga taʼlim krediti beriladi.

▪️Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – «Yoshlar daftari» ishga tushirilgan.

▪️«Yoshlar daftari» ga kiritilganlarning nogiron oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida yordam ko‘rsatiladi.

▪️Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

▪️Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

▪️Ijtimoiy faol yoshlarga OTMga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladi.

▪️Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 20 turdagi yordam beriladi.

▪️Ayrim yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.

▪️«Moziyga sayohat» dasturi doirasida «Yoshlar daftari» ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

▪️Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
❗️Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–863-son, 18.08.2023-y.) bilan “Volontyorlik faoliyati to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

🔰 Agentlik, jumladan:

▫️sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
▫️normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
▫️qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi.

➡️ Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo'yicha vakolatlar berildi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM