"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
11.7K subscribers
9.39K photos
329 videos
44 files
2.61K links
Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar:
https://hipolink.me/utyaj
Elektron chiptalarni xarid qilish:
chipta.railway.uz
Yo‘lovchilarni tashish:
https://yangx.top/uzrailpassuz
Yuklarni tashish:
https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050/
加入频道
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasiga qarashli Navoiy aloqa va ishorat masofasi korxonasining DISK elektromontyori Junisbayeva Meyrgul Maxanbetovna.

Temir yo‘lda DISK elektromontyorining asosiy vazifasi – xizmat ko‘rsatadigan qurilmalarning muammosiz va barqaror ishlashini taʼminlash va o‘z vaqtida uskunalarni sifatli taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan iborat. Elektromontyorning temir yo‘l transportida xavfsizlikni taʼminlashda hissasi kattadir.

DISK elektromontyori kasbiga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Axborotni masofadan boshqarish tizimi elektromontyori kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, yaʼni o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida o‘rgatiladi. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassis ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan hamkorlikda mintaqaviy temir yo‘l uzellarida tajriba ortirishi zarur.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – "Quyuv-mexanika zavodi" sho‘ba korxonasi parmalovchisi Rejepova Aygul Auyelbekovna.

Parmalovchining asosiy vazifalaridan biri maxsus uskunalar yordamida turli qismlarga yoki buyumlarga belgilangan sifat standartlariga asosan maxsus bo‘shliqlar ochishdan iborat, keyinchalik ushbu mahsulotlar temir yo‘l sanoatida ham qo‘llaniladi.

Qanday qilib parmalovchi kasbiga ega bo‘lish mumkin?

Parmalovchi kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, yaʼni o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida o‘rgatiladi. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassis mayda qismlarga ishlov berishni mukammal o‘rganishi uchun zavodlarning maxsus sexlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib borishi zarur.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – Toshkent temir yo‘l masofasi 9-chi bo‘linma yo‘l ustasi Midanov Nuriddin Xusanovich.

Yoʻl ustasining asosiy vazifalaridan biri xizmat koʻrsatish chegaralarida poyezdlarning xavfsizligi va uzluksiz harakatlanishini taʼminlashdan iborat. Strelka o’tkazgichlar, sunʼiy inshootlarni joriy taʼmirlash, rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etishdan iborat.

Qanday qilib yoʻl ustasi kasbiga ega bo'lish mumkin?

Yoʻl ustasi kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, yaʼni o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida o‘rgatiladi. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassis mintaqaviy temir yo‘l uzellariga qarashli korxonalarda ish tajribasi yuqori boʻlgan mutaxassislar bilan birgalikda ish olib borishi zarur.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati "Ulug‘bek" logistika markazi kran haydovchisi Nosirov Texron Shavkat o‘g‘li

Kran haydovchisining asosiy vazifasi kranni va uning mexanizmlarini ish jarayoniga tayyorlash, turli yuk ko'tarish moslamalari bilan jihozlangan kranni ish harakatiga keltirish, aylantirish mexanizmlarini boshqarishdan iboratdir.

Kran haydovchisi bo’lish uchun nima qilish kerak?

Kran haydovchisi kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, yaʼni o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida o‘rgatiladi. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassis logistika markazlarida yuqori toifadagi kran haydovchilari bilan hamkorlikda ish olib borishi zarur.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati presslovchi brigadirObidjonov Rustam Shamshiddin o‘g‘li.

Presslovchining asosiy vazifalaridan biri yo‘lovchi vagonlarining g‘ildirak juftliklarini presslovchi dastgoh yordamida yig‘ish va diskni g‘ildirak o‘qidan press yordamida chiqarishdan iborat. Ish jarayonida presslovchi xodim mehnat xavfsizligi choralariga rioya qilishi zarur.

Qanday qilib presslovchi brigadir kasbiga ega bo‘lish mumkin?

Presslovchi brigadir kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, yaʼni o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida o‘rgatiladi. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassis zavodning maxsus bo'limida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib borishi zarur.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – “Qo’ng’irot mintaqaviy temir yo’l uzeli” unitary korxonasi aloqa elektromexanigi – Sherekeyev Otabek Po’latovich

Aloqa elektromexanigi aloqa qurilmalarining ishlashidagi uzilishlarning oldini olish maqsadida doimiy monitoring va nazorat ishlarini amalga oshiradi. Smenali ishlash vaqtida aloqa elektromexanigi biriktirilgan aloqa qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatadi va nosozliklarni tezda bartaraf etadi.

Qanday qilib aloqa elektromexanigi kasbiga ega bo‘lish mumkin?

Aloqa elektromexak kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, yaʼni o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida o‘rgatiladi. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassis mintaqaviy temir yo’l uzellarida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib borishi zarur.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – Yakubova Zulaxo Alijon qizi O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti "Mehr-Shafqat" xizmati "Toshkent" bekati hamshirasi.

"Mehr-Shafqat" hamshiraning asosiy faoliyati - temir yo‘l sohasida ishlagan yakka yolg‘iz ehtiyojmandlarga,yordamga muhtoj, nogironlarga yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Odatdagidek uy parvarishidan tashqari, hamshira ovqat pishiradi, tozalikni nazorat qiladi va ularni yuvintiradi . Bundan tashqari, agar kerak bo‘lsa, shifokor ko‘rigiga yozdiradi va qarmog‘idagi ehtiyonjmadlarni poliklinika va shifoxonalarga olib boradi. Hamda og'ir kasal, yolgizlarni yonida tunab qoladi va og'ir yotoq kasallarni parvarish qiladi.

Qanday qilib "Mehr-Shafqat" hamshira kasbiga ega bo‘lish mumkin?

Hamshira kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, yaʼni sohaga oid o‘rta-maxsus muassasalarda o‘rgatiladi. Shuningdek, qariyalarni parvarish qilish bo‘yicha hamshira ishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil tushunish uchun tajribali hamshiralar bilan birgalikda ishlashi zarur.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – “Andijon” vokzali navbatchisi Redjapov Odiljon Ikromjon o’g’li

Vokzal navbatchisining asosiy faoliyati vokzal hududiga kelayotgan yo‘lovchi poyezdlarini tegishli belgilar bilan kutib olish, vokzalga kirayotgan yo’lovchilarni nazorat qilish, nogironlarga, bemorlarga, qariyalarga va bolalari bor yo’lovchilarga yordam ko'rsatishdan iborat.

Qanday qilib vokzal navbatchisi kasbiga ega bo‘lish mumkin?

Vokzal navbatchisi kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, yaʼni o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida o‘rgatiladi. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassis yo’lovchi vokzallarda ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib borishi zarur.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – Abdurasulova Nasiba Ziyadullayevna O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti "Mehr-Shafqat" xizmati "Samarqand" bekati hamshirasi.

"Mehr-Shafqat" hamshiraning asosiy faoliyati - temir yo‘l sohasida ishlagan yakka yolg‘iz ehtiyojmandlarga,yordamga muhtoj, nogironlarga yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Odatdagidek uy parvarishidan tashqari, hamshira ovqat pishiradi, tozalikni nazorat qiladi va ularni yuvintiradi. Hamda og'ir kasal, yolgizlarni yonida tunab qoladi va og'ir yotoq kasallarni parvarish qiladi.

Qanday qilib "Mehr-Shafqat" hamshira kasbiga ega bo‘lish mumkin?

Hamshira kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, yaʼni sohaga oid o‘rta-maxsus muassasalarda o‘rgatiladi. Shuningdek, qariyalarni parvarish qilish bo‘yicha hamshira ishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil tushunish uchun tajribali hamshiralar bilan birgalikda ishlashi zarur.
|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
Bugungi #kasb_fidoyilari sahifasining mehmoni Qalandarov Jalil Qayumovich “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasida navbatchi vazifasini bajarib kelmoqda.

Navbatchining asosiy vazifalaridan biri, stansiyalarda poyezdlar harakati xavfsizligini to‘liq taʼminlagan holda, poyezdlarni o‘z vaqtida qabul qilish, jo‘natish va o‘tishini nazorat qiladi. MTU UK bo‘yicha o‘z vaqtida yuk ortish va tushirish ishlarini tashkillashtirish, vagonlar bo‘yicha javobgar shaxslarga kerakli topshiriqlarni berish va bajarilishini ta’minlash, mahalliy va xorijiy yuk vagonlarini stansiyalarga yetkazilishini hamda tranzit vagonlarini o‘z vaqtida jo’natishni ta’minlash vazifalarini bajaradi.

Qanday qilib navbatchi kasbiga ega bo'lish mumkin?

Navbatchi kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, yaʼni o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida o‘rgatiladi. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassis ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan birga stansiyalarda ishlashi zarur.
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – "Quyuv-mexanika zavodi" sho'ba korxonasi yo‘nuvchisi Nurullayeva Anjella Konstantinovna

Yo‘nuvchining asosiy vazifasi yangi yuk vagonlarini ishlab chiqarish uchun po'latga mexanik ishlov berish orqali kerakli o'lcham va qalinlikda yarim tayyor mahsulot olishdan iborat. Bungan tashqari korxona dastgohlar parki uchun doimiy ravishda kerakli bo'lgan ehtiyot qismlarini tayyorlashdan iborat.

Qanday qilib yo‘nuvchi bo'lish mumkin?

Yo’nuvchi kasbi ixtisoslashtirilgan kollejlarda, ya'ni o'rta-maxsus o'quv yurtlarida orgatiladi. Shuningdek, bo'lajak mutaxassis ish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassislar bilan birga ishlashi zarur.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|