"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
11.7K subscribers
9.39K photos
329 videos
44 files
2.61K links
Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar:
https://hipolink.me/utyaj
Elektron chiptalarni xarid qilish:
chipta.railway.uz
Yo‘lovchilarni tashish:
https://yangx.top/uzrailpassuz
Yuklarni tashish:
https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050/
加入频道
E'lon

Hurmatli yo'lovchilar!

Anomal ob-havo sharoiti tufayli Angren-Pop dovoni transport vositalari harakati uchun yopilgan. Yo‘lovchilarni uzluksiz tashishni ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va FVV tomonidan Toshkent va Andijon shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha temir yo‘l qatnovi tashkil etildi.

732-sonli “Toshkent-Andijon-Toshkent” poyezdi Ko‘l, Temiryo‘lobod, Qo‘n va Qo‘shminor bekatlarida rejadan tashqari to‘xtaydi.

Shuningdek, Ohangaron, Angren, Koʻl, Orzu, Chodak, Temiryoʻlobod, Qoʻn, Qoʻshminor, Pop bekatlarida toʻxtab, soʻngra Qoʻqonga yoʻl oladigan qoʻshimcha “Toshkent-Andijon-Toshkent” yoʻnalishi joriy etilmoqda.

Shuningdek, muntazam jadval bo‘yicha harakatlanuvchi barcha poyezdlar ham yo‘lovchilarni chiqishi va tushirishi maqsadida yuqoridagi bekatlarda to‘xtaydi.
___

Объявление

Уважаемые пассажиры!

В связи с аномальными погодными условиями перевал Ангрен-Пап закрыт для автомобильного движения. В целях обеспечения бесперебойной перевозки пассажиров АО «Узбекистон темир йуллари» и МЧС организовали дополнительный железнодорожный маршрут между Ташкентом и Андижаном.

Поезд №732 Ташкент-Андижан-Ташкент будет осуществлять внеплановые остановки на станциях Кул, Темирйулабад, Кон и Кошминор.

Также вводится дополнительный рейс Ташкент-Андижан-Ташкент, который совершит остановки на станциях Ахангаран, Ангрен, Кул, Орзу, Чодак, Темирйулабад, Кон, Кошминор, Поп и далее проследует до Коканда.

Также все поезда, которые следуют согласно обычному графику будут также совершать остановку в вышеуказанных станциях в целях посадки и высадки пассажиров.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
🚉“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ rahbariyati 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan ayol xodimlarni bayram bilan qutladi

🎉 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ rahbariyati barcha ayol xodimlarni tabriklab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bugungi kunda ayollar oila va jamiyatining poydevori hisoblanadi. Ularning mehnati hamda fidoyiligi jamoaning muvaffaqiyati va rivojlanishida beqiyos hissa qoʻshib kelmoqda.

🫥 Ayollar – jamiyatning har bir sohasida faol qatnashib, o‘zining bilim va tajribasini oshirib, dunyoni yanada go‘zal va rivojlangan qilishga hissa qo‘shmoqda. “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ da faoliyat yuritayotgan barcha ayol xodimlarning ulkan mehnati yurtimizni yanada farovon qilishga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatmoqda.

📝 “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ jamoasi har bir ayolga sog‘lik, baxt, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilab qoladi. Ayollarimizning qat’iyatliligi, izchil mehnati va o‘zgarishlarga qaratilgan yuksak intilishlari hamisha ilhom manbaidir.

🚉 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

🌐Telegram 🌐Website 🔹YouTube 🔹Instagram 🔹Facebook
📨Murojaat uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
POYEZDLАR HАRАKАT XАVFSIZLIGINI TА’MINLАSH YO‘LIDА

Respublika transport prokurori I.Narimov, “Temiryo‘linfratuzilma” АJ boshqaruv raisi S.Norqabilov, “Toshkent MTU” filiali rahbari O.Xudoyqulov hamda uzelga qarashli korxonalar boshliqlaridan iborat ishchi guruh 6 mart kuni "Toshkent-Guliston" temir yo‘l uchastkasida poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.
Safar davomida temiryo‘linfratuzilmasi, xususan, po‘lat izlar, temir yo‘l kesishmalari, kontak tarmoqlari, aloqa uskunalarining sozligi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, bugungi kunda "Toshkent-Guliston" temir yo‘l uchastkasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan, kontak tarmoqlarini ushlab turuvchi simlarni almashtirish jarayonlari ham ko‘rib chiqildi hamda masʼul xodimlarga taʼmirlash jarayonlarini yanada jadallashtirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇 👇
🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
Aziz va muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Hurmatli hamkasabalar!

Sizlarni yurtimizga betakror fasl – bahor nafasi bilan birga kirib kelgan, nafosat va go‘zallik ayyomi — 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan Siz aziz xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan.

Sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Bugun mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan yangi taraqqiyot yo‘lida, Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessansni barpo etishdek ulug‘vor ishlar borasida qo‘lga kiritilayotgan ulkan marralar, muvaffaqiyatlarda har biringizning beqiyos hissangiz borligidan g‘ururlanamiz.

Shuningdek, temir yo‘l sohasida olib borilayotgan tub islohotlarga xayrixoh bo‘lib, sohamizni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan ishlardagi fidokorona mehnatlaringizni yuksak eʼtirof etamiz.

Aziz opa-singillar!

Barchangizni yurtimizda keng nishonlanayotgan betakror ayyom, nafosat va go‘zallik bayrami bilan yana bir bor tabriklaymiz.

El-yurt farovonligi, oilalar obodligi, temir yo‘l taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizga rivoj, omad va muvaffaqiyatlar hamrohingiz bo‘lsin!

Oilangizdan xotirjamlik, tinchlik, fayz va tarovat arimasin!

Baxtimizga hamisha omon bo‘ling, aziz opa-singillar!

“O‘zbekiston temir yo‘llari”
aksiyadorlik jamiyati
boshqaruv raisi
Z.Gʻ. Narzullayev,
 
O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi
Q.S.Sabirov.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
Forwarded from "Temiryo'lekspress" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayramingiz bilan aziz ayollar

🎉 Barchangizni “Temiryo‘lekspress” AJ hamda “Afrosiyob” elektropoyezdi xodimlari nomidan bahorning eng go‘zal bayrami, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi boʻlgan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz!

📼 Ayollar o‘zining fidoyiligi, mehnatsevarligi va mehribonligi bilan dunyoni go‘zal va mazmunli qiladi. Shunday ekan, ushbu bayram, nafaqat xotin-qizlarni tabriklash, balki ular tomonidan amalga oshirilgan barcha yutuqlarni qadrlash va e’tirof etishimiz lozim.

Yana bir bor ayyom muborak boʻlsin!

«Temiryo‘lekspress» AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM