Uzbekistan, EU and Beyond
6.99K subscribers
18K photos
3.36K videos
10.9K files
30.5K links
Subscribe to Uzbekistan and EU news channel
加入频道
​​#bepul_oliygohlar

Bugun oʻqish
bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Halle shahrida joylashgan Martin Luther University of Halle-Wittenberg (MLU) haqida maʼlumot beramiz.

1502-yil tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 19 300 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2021-yil aprel oyi holatida, MLU QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 470-oʻrinni egallab turibdi.

Xarajatlar

– Mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham universitetda oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.

– Biroq talabalar har bir semestr uchun
56,1 yevro (taxminan 68 AQSH dollari) miqdorida semestr badali toʻlashi kerak.

– Shuningdek, har bir semestr uchun
60 yevro (taxminan 72 dollar) transport chiptasi uchun toʻlov qilinadi. Bu chipta talabaga shahardagi jamoat transportlaridan 1 semestr davomida bepul foydalanish imkonini beradi.

Universitetda oʻqish uchun bundan boshqa xarajatlar mavjud emas.

Yoʻnalishlar

Universitetda aksariyat yoʻnalishlar (kurslar) nemis tilida oʻqitiladi.

Biroq
ingliz tilida oʻqitiladigan bir nechta yoʻnalishlar mavjud. Ular quyidagilar:

Bakalavriatda faqat 1 ta:
B.Sc. Business Economics

Magistraturada 5 ta:
M.Sc. Economics: Data Science and Policy
M.Sc. Pharmaceutical and Industrial Biotechnology
M.Sc. Polymer Materials Science
M.Sc. Molecular and Cellular Biosciences
M.Sc. Biodiversity Sciences

Nemis tilida oʻqitiladigan kurslar bilan
BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Talablar

Ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat kursi uchun kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 72 talab etiladi.

Ingliz tilidagi magistrlik kurslarining ayrimlari uchun IELTS 6.0, baʼzilari uchun 6.5 talab etiladi. Aniq til talabini kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirib, koʻrib olish mumkin.

Nemis tilidagi kurslar uchun esa nemis tilini sertifikati topshirish lozim (yoʻnalish va bosqichlariga qarab, nemis tilini B2, C1 yoki boshqa daraja talab etilishi mumkin).

Qolgan barcha talablar bilan kerakli kurs sahifasiga kirib, tanishib olishingiz mumkin.

Qabul

Bakalavriat bosqichi uchun qabul 15-iyulgacha davom etadi. 2021-yil kuzgi semestr uchun hozirda (2021-yil 16-aprel holati) hujjatlar qabul qilinmoqda.

Magistratura kurslarining aksariyati uchun hujjatlar 15-iyungacha qabul qilinadi. Biroq baʼzi yoʻnalishlar uchun qabul sanasi farq qiladi. Qabul sanasini aniq bilib olish uchun kerakli magistrlik kursining sahifasiga tashrif buyuring.

Mazkur universitetga
toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat topshirib boʻlmaydi. Universitetga kirmoqchi boʻlganlar Germaniyadagi Uni-assist tizimi orqali hujjatlarini topshirishi lozim.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

—————————————————————-

Каналга уланиш: @uzbbenelux

Follow us to know the best news: @uzbbenelux

Следите за самыми важными новостями из сердца Европы: @uzbbenelux
——————————————————————
⚡️⚡️​​#bepul_oliygohlar

Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan Ludwig Maximilian University of Munich (LMU) universitetining magistratura bosqichida oʻqish haqida maʼlumot beramiz.

Hozirda
52 mingga yaqin talaba oʻqiydigan mazkur universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, LMU, 2021-yil aprel oyi holatiga koʻra, THE reytingi boʻyicha dunyoning eng yaxshi oliygohlari roʻyxatida 32-oʻrinni egallab turibdi.

Xarajatlar

– LMUda magistratura bosqichida oʻqish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.

– Biroq talaba har semestrda
semestr badali va transport chiptasi uchun toʻlov qilishi kerak. Bu toʻlov 2021-yil aprel oyi holatiga koʻra, quyidagicha (keyingi semestrlarda biroz oʻzgarishi mumkin):
a) semestr badali (1 semestr uchun) – 62 yevro;
b) transport chiptasi (1 semestr uchun) – 66,5 yevro. Chipta talabaga jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beradi.

Universitetda bundan boshqa toʻlov mavjud emas.

ESLATMA: Ayrim qoʻshma (boshqa taʼlim muassasasi bilan birga oʻtiladigan) magistrlik dasturlari uchun kontrakt summasi toʻlanadi. Bu summa LMUga emas, 2-taʼlim muassasasiga toʻlanadi.

Yoʻnalishlar

Magistrlik yoʻnalishlari nemis yoki ingliz tilida oʻqitiladi. Ayrim nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar ingliz tilini ham bilishni talab qilishi mumkin.

Hozirda universitet
34 ta ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik yoʻnalishlarini taklif etadi. Ularning toʻliq roʻyxati – BU YERDA.

Nemis tilida magistrlik oʻqitiladigan yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

Talablar

Ingliz tilidagi yoʻnalishlarda oʻqish uchun nomzoddan, yoʻnalishiga qarab, IELTS 6.5 yoki 7.0 soʻraladi.

Nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar uchun odatda
nemis tilini C1 darajada bilish va buni til sertifikati (TestDAF yoki boshqa) bilan isbotlash lozim.

Qabulga oid boshqa talablar
yoʻnalishga qarab nihoyatda farq qiladi. Shu sababli barcha talablar bilan kerakli magistrlik yoʻnalishi sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Hujjatlar
Barcha yoʻnalishda qabul uchun soʻraladigan hujjatlar quyidagilardan iborat:
– Onlayn ariza shakli (saytda toʻldiriladi)
– Bakalavriatdagi baholar
– CV
– Til sertifikati

Yoʻnalishga qarab, yuqoridagilardan boshqa hujjatlar ham soʻralishi mumkin.

Qabul sanalari

Aksariyat yoʻnalishlarga yiliga 2 marta – qishki va kuzgi semestr uchun qabul boʻladi.

Lekin qabul sanalari ham
yoʻnalishga qarab juda farq qiladi. Masalan, hozir (2021-yil, 2-aprel) kuzgi yoki qishki semestr uchun hozirda ariza qabul qilinayotgan yoʻnalishlar ham, kuzgi semestrga qabul tugaganlari ham, qishki semestr uchun hali boshlanmaganlari ham bor.

Qabul sanalarni bilish uchun
kerakli yoʻnalish sahifasiga tashrif buyuring (yuqorida nemis va ingliz tilidagi yoʻnalishlar uchun havola berilgan).

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.
—————————————————————
Каналга уланиш:
@uzbbenelux

Follow us to know the best news:
@uzbbenelux

Следите за самыми важными новостями из сердца Европы:
@uzbbenelux
——————————————————————
​​#bepul_oliygohlar

⚡️⚡️⚡️Dunyoda
oʻqish bepul boʻlgan bir qancha oliygohlar bor. Bugun shulardan biri – AQSHda joylashgan va musiqa sohasiga ixtisoslashgan Curtis Institute of Music haqida maʼlumot beramiz.

Xarajatlar

– Mazkur oliygohga qabul qilingan barcha talabalar – bakalavrlar ham, magistrlar ham va boshqa kurs talabalari ham kontrakt (tuition fee) toʻlamaydi.

– Lekin barcha talabalar oliygohdagi kitoblar va boshqa oʻquv materiallari uchun
1750 AQSH dollari miqdoridagi toʻlovni (Comprehensive Fee) amalga oshirishi kerak.

– Shuningdek, talaba yashash, sugʻurta xarajatlari kabi boshqa xarajatlarni oʻzi qoplashi
kerak.

Talablar

Bakalavriat, magistratura, diplom kurslari va boshqa dasturlarda nomzod uchun qoʻyilgan alohida talablar mavjud.

Bakalavriat uchun xorijlik talabalar quyidagi koʻrsatkichlarga ega boʻlishi kerak:
– SAT sertifikatiga ega boʻlish (Critical Reasoning 500);
– TOEFL sertifikat: 550 (yozma imtihon) yoki TOEFL iBT: 79-80.

Magistratura uchun:
– Musiqa sohasidagi bakalavrlik diplomi yoki unga teng daraja;
– TOEFL iBT: 79-80.

Curtis Institute of Music
IELTS sertifikatini qabul qilmaydi. Faqat TOEFL qabul qilinadi.

Qolgan talablar bilan
BU YERDA tanishing.

Qabul jarayoni

Qabul jarayoni va topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlar bilan BU YERDA tanishing.

Yoʻnalishlar

Oliygohda Pianino, Organ, Torli musiqa asboblari, Gitara, Musiqa yozish kabi koʻplab yoʻnalishlar mavjud. Barcha yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

Ariza toʻlovi

Mazkur oliygohga ariza topshirish pulli. 2020-yil holatiga koʻra, nomzodlar ariza topshirish uchun 150 dollar toʻlov qilishi kerak.

Shuningdek, keyingi bosqichga oʻtganlarni saralash uchun ham turli badallar undiriladi. Ular bilan toʻliq tanishish uchun
BU YERGA kirib, “Fees” boʻlimini bosing.

————————————————————————-
Каналга уланиш: @uzbbenelux

Follow us to know the best news: @uzbbenelux

Следите за самыми важными новостями из сердца Европы: @uzbbenelux
—————————————————————————
​​#bepul_oliygohlar

⚡️⚡️⚡️
Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan va oʻqish bepul boʻlgan Gamburg universiteti haqida maʼlumot beramiz. Universitetga 1919-yil asos solingan boʻlib, hozirda mazkur oliygohda 50 mingga yaqin talaba tahsil oladi.

Taʼkidlash joizki, Gamburg universitetining xalqaro reytingi anchagina baland –
THE tizimiga koʻra, dunyo oliygohlari orasida 135-oʻrindan joy olgan (2021-yil holati boʻyicha).

Xarajatlar

– Universitetdagi deyarli barcha yo'nalishlarida o'qish uchun taʼlim haqi (Tuition Fee) toʻlanmaydi, yaʼni oʻqish bepul (faqat ayrim yoʻnalishlardagina taʼlim haqi mavjud).

– Biroq talabalar har semestrda
332 yevro (2021-yil holatiga koʻra) semestr badali (Semester Contribution) toʻlashi kerak.

– BUndan tashqari, talabalar har semestr maʼmuriy xarajatlar uchun
50 yevro miqdorida haq ham toʻlashi kerak.

Oʻqish tili va yoʻnalishlar

Gamburg universitetidagi barcha bakalavriat dasturlari nemis tilida olib boriladi. Shu sababli, ushbu universitetning bakalavrlik bosqichida oʻqimoqchi boʻlganlar nemis tilini bilishi va qabul jarayonida nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikat taqdim qilishi lozim.

Bakalavriat uchun nemis tiliga qoʻyilgan talablar bilan batafsil
SHU YERDA tanishing.

Bakalavriatga oid maʼlumotlar:
hujjat topshirish jarayoni haqida;
bakalavriat yoʻnalishlari roʻyxati.

Magistratura bosqichida
nemis tilida oʻqitiladigan dasturlar ham, ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar ham mavjud. Ayrim dasturlarda oʻqish uchun esa har ikkala tilni bilish talab etiladi.

Ingliz tilida oʻqish mumkin boʻlgan magistrlik kurslarini SHU YERDAN koʻrib olishingiz mumkin.

Nemis tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari uchun kerakli til sertifikatlari va ularga qoʻyilgan talablar bilan SHU YERDA tanishing.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari uchun ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) topshirilishi lozim. Til sertifikati ballariga qoʻyilgan talab yoʻnalishga qarab farq qiladi (yoʻnalishga qarab IELTS 6.0 yoki 6.5 yoxud 7.0 talab etilishi mumkin). Til darajasiga qoʻyilgan talabni aniq bilib olish uchun kerakli dasturni tanlab, so'ng dastur talablari bilan tanishib chiqish lozim.

Qabul muddatlari

Hujjatlar qabuli odatda qishki semestrdan oʻqishni boshlash uchun 1-iyundan 15-iyulgacha; yozgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun esa 1-dekabrdan 15-yanvargacha davom etadi.

Xalqaro magistrlik dasturlarida hujjat qabul qilish muddatlari farq qiladi. Qabul muddatlari haqida batafsil
SHU YERDA tanishing.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

————————————————————————-
Каналга уланиш:
@uzbbenelux

Follow us to know the best news:
@uzbbenelux

Следите за самыми важными новостями из сердца Европы:
@uzbbenelux
—————————————————————————
#studying_abroad 🎓
​​#bepul_oliygohlar 🏛

Dunyoda oʻqish bepul boʻlgan bir qancha oliygohlar bor. Bugun shulardan biri – AQSHda joylashgan va musiqa sohasiga ixtisoslashgan Curtis Institute of Music haqida maʼlumot beramiz.

💸 Xarajatlar

– Mazkur oliygohga qabul qilingan barcha talabalar – bakalavrlar ham, magistrlar ham va boshqa kurs talabalari ham kontrakt (tuition fee) toʻlamaydi.

Lekin barcha talabalar oliygohdagi kitoblar va boshqa oʻquv materiallari uchun 1750 AQSH dollari miqdoridagi toʻlovni (Comprehensive Fee) amalga oshirishi kerak.

Shuningdek, talaba yashash, sugʻurta xarajatlari kabi boshqa xarajatlarni oʻzi qoplashi kerak.

📌 Talablar

Bakalavriat, magistratura, diplom kurslari va boshqa dasturlarda nomzod uchun qoʻyilgan alohida talablar mavjud.

Bakalavriat uchun xorijlik talabalar quyidagi koʻrsatkichlarga ega boʻlishi kerak:
– SAT sertifikatiga ega boʻlish (Critical Reasoning 500);
– TOEFL sertifikat: 550 (yozma imtihon) yoki TOEFL iBT: 79-80.

🎓 Magistratura uchun:
– Musiqa sohasidagi bakalavrlik diplomi yoki unga teng daraja;
– TOEFL iBT: 79-80.

Curtis Institute of Music IELTS sertifikatini qabul qilmaydi. Faqat TOEFL qabul qilinadi.

Qolgan talablar bilan BU YERDA tanishing.

📜 Qabul jarayoni

Qabul jarayoni va topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlar bilan BU YERDA tanishing.

Yoʻnalishlar

Oliygohda Pianino, Organ, Torli musiqa asboblari, Gitara, Musiqa yozish kabi koʻplab yoʻnalishlar mavjud. Barcha yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

💵 Ariza toʻlovi

Mazkur oliygohga ariza topshirish pulli. 2020-yil holatiga koʻra, nomzodlar ariza topshirish uchun 150 dollar toʻlov qilishi kerak.

Shuningdek, keyingi bosqichga oʻtganlarni saralash uchun ham turli badallar undiriladi. Ular bilan toʻliq tanishish uchun BU YERGA kirib, “Fees” boʻlimini bosing.

📆 Qabul qachon?

Arizalar noyabr oyida qabul qilinadi. Qabul va saralash bilan bogʻliq sanalar bilan BU YERDA (Key Dates) tanishing.

————————————————————————-
Каналга уланиш:
@uzbbenelux

Follow us to know the best news:
@uzbbenelux

Следите за самыми важными новостями из сердца Европы:
@uzbbenelux
—————————————————————————
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bepul
You tubedan onlayn darslar

Ayni kurslar eng yaxshi (Top-50) universitetlarning kurslari
hisoblanadi

Iqtisodiyot (MIT):
https://youtube.com/playlist?list=PLUl4u3cNGP62oJSoqb4Rf-vZMGUBe59G-

Siyosatshunoslik (Yale):
https://youtube.com/playlist?list=PLh9mgdi4rNeyViG2ar68jkgEi4y6doNZy

Falsafa (Harvard):
https://youtube.com/playlist?list=PL8E76EB832BA66E75

‼️ Ma'lumotlarni yosh iqtisodchi, siyosatshunos hamda falsafa yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura bosqichi talablariga yuboring!

————————————-
Каналга уланиш: @uzbbenelux

Follow us to know the best news: @uzbbenelux

Следите за самыми важными новостями из сердца Европы: @uzbbenelux
—————————————————————————.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BEPUL #ONLINE #KURS #PLATFORMA

Ingliz tili uchun bepul platformalar hamda online kurslar

Learnenglish.britishcouncil.org
Quizlet.com
Learningapps.org
Linguahouse.com
Eslbrains.com
Islcollective.com
Liveworksheets.com
Youglish.com
Newsinlevels.com
Englishcentral.com
Jokesinlevels.com
Esl-lounge.com
Duolingo.com
Englishdom.com
Eslpod.com
Usefulenglish.ru

Ps: Ushbu postni maksimal darajada do‘stlaringizga hamda ilmiy doiralarga ulashing va kanalga taklif qiling

————————————————————————-
Каналга уланиш:
@uzbbenelux

Follow us to know the best news:
@uzbbenelux

Следите за самыми важными новостями из сердца Европы:
@uzbbenelux
—————————————————————————
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim #bepul

Ushbu saytda dunyoning eng zo'r Oksford, Stenford kabi ta‘lim maskanlarining tajribali va muvaffaqiyatli o‘qituvchilari bepul dars o‘tadilar.

LINK 👉 coursera.org

——————————————
Follow us to know the best:
@uzbbenelux
#BEPUL #ONLINE #KURS #PLATFORMA

Ingliz tili uchun bepul platformalar hamda online kurslar

Learnenglish.britishcouncil.org
Quizlet.com
Learningapps.org
Linguahouse.com
Eslbrains.com
Islcollective.com
Liveworksheets.com
Youglish.com
Newsinlevels.com
Englishcentral.com
Jokesinlevels.com
Esl-lounge.com
Duolingo.com
Englishdom.com
Eslpod.com
Usefulenglish.ru

Ps: Ushbu postni maksimal darajada do‘stlaringizga hamda ilmiy doiralarga ulashing va kanalga taklif qiling
——————————————
Follow us to know the best:
@uzbbenelux