UzA | Tezkor xabarlar
30.1K subscribers
10.6K photos
1.16K videos
35 files
1.65K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
加入频道
#TAYINLOV

Sattarov Farrux Qo‘chqor o‘g‘li Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘i bilan vazirlik huzuridagi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

F. Sattarov tayinlovga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining "Ekologik siyosat" departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xurshid Nazarov Jomboy tumani hokimi etib tayinlandi.

U shu paytgacha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot o'rnida Xurshid Nazarovning akasi Umid Nazarov ham bir muddat ushbu tumanga hokimlik qilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Sirdaryo viloyat hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Sirdaryo viloyati hokimi v.b. Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Xidirov Abror Abduazimovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Buranov Maxsud Erkinovich Nurobod tumani hokimi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar M.Buranov “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat ko’rsatgan.

Kanalga ulanish:
 @uzauz
#TAYINLOV

⚡️ O‘zbekiston davlat filarmoniyasiga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga vazirlikning tegishli buyrug‘iga asosan, Otabek Nasriddinov tayinlandi

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

⚡️Muborak tumaniga hokim tayinlandi

Murodov G‘olib Ne’matovich Muborak tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.


Tayinlovga qadar u “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
 @uzauz
#TAYINLOV

Paxtachi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qayum Norbekovich Xushbaqov Paxtachi tuman hokimi etib tayinlandi.

Q.Xushbaqov tayinlovga qadar Samarqand viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari vazifasida ishlagan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Sobiq hokim Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Paxtachi tumani hokimi vazifasidan ozod etilgani aytilgan Hamdamov Muzaffar Yazdonqulovich O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘iga ko‘ra, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Sirdaryo viloyat hokimiga birinchi o'rinbosar tayinlandi

Kushakov Faxriddin Baxtiyarovich Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

F.Kushakov mazkur tayinlovga qadar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

⚡️Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Umarov Abduraxim Abdulxamidovich Mirzaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

A.Umarov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari boyicha birinchi o'rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz