TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.73K photos
941 videos
10 files
7.02K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

kadastr@umail.uz

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
January 16
January 20
January 20
January 21
January 22
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun yer uchastkasi elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lishi lozim

✔️Fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:

🔸mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔸mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔸mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

Manba: O‘RQ-937-son, 4-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 22
January 28
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish reja-jadval asosida amalga oshiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

🔖Mazkur reja-jadval kadastr.uz rasmiy sayti, Ommaviy axborot vositalari hamda Toshkent viloyati kadastri rasmiy telegram kanali orqali doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 13-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 28
Ko‘chmas mulkni birlashtirish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga nisbatan tatbiq etilmaydi

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga;
🔹 ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga;
🔹 huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga;
🔹 ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga.


Asos: VM-424, 25.08.2023-yil

#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 29
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlarni va hujjatlarni kelishish Kadastr agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

🖥Kadastr agentligi avtomatlashtirilgan axborot tizimining operatoridir.

🔗Ushbu maʼlumotlar va hujjatlar vakolatli tashkilot rahbarining yoki uning o‘rinbosarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Maʼlumotlarning va hujjatlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishi (biriktirilishi) ustidan nazorat prokuratura va adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 14-modda
#OʼRQ_937 #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 11