TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.75K photos
942 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

kadastr@umail.uz

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#Ohangaron_tumani #yernazorati

⚡️Ohangaron tumanida o‘tkazilgan yer nazorati monitoring natijalari

Avval xabar qilganimizdek, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi prokuratura organlar bilan hamkorlikda hududlarda yer qonunchiligiga rioya etilishi ahvolini o‘rganish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan hududlarda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Navbatdagi nazorat tadbirlari viloyatning Ohangaron tumanida o‘tkazildi.

Tadbir davomida tuman hududida jami 126,7 gektar yer maydonida 129 ta yer qonunbuzilish holati aniqlangan, shundan 115 ta holatda 101,8 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Jumladan, Jumladan,

🔹48 ta holatda 4,3 gektar turar-joylar qurilgan;
🔹40 ta holatda 1,5 gektar noturar-joylar qurilgan;
🔹12 ta holatda124,7 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan;
🔹4 ta holatda 9,6 gektar yerlardan samarasiz foydalanib kelingan.

Kadastr agentligi Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan

✔️129 ta holatdan 15 tasiga maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan;
✔️15 ta yer qonunbuzilish holatlari joyining o‘zida bartaraf qilingan;
✔️7 ta holatda prokuratura organlariga qo‘shma tartib asosida maʼlumot kiritilgan;
✔️12 ta holatda sudga daʼvo arizalari kiritilgan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 25, 2023
#Ohangaron_tumani #qurilish

⚡️Ohangaron tumanida yangi bino qurilishi ishlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022-yildagi PQ-405-son qarorining 3-ilovasiga muvofiq, Toshkent viloyatining Ohangaron, Chinoz va Yuqori Chirchiq tuman bo‘limlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Ayni paytda Ohangaron tuman bo‘limining maʼmuriy binosi uchun tuman markazi bo‘lmish Nurobod qo‘rg‘onidan yer ajratilib, dastlabki qurilish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur bino yil yakuniga qadar qurib bitirilishi rejalashtiriligan.

📌 Chinoz va Yuqori Chirchiq tuman bo‘limlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari bo‘yicha loyihalash ishlari ketmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 25, 2023
November 14, 2023
November 21, 2023
#Ohangaron_tumani #qurilish

⚡️Ohangaron tumanida yangi bino qurilishi ishlari davom etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022-yildagi PQ-405-son qarorining 3-ilovasiga muvofiq, Ohangaron tuman bo‘limining maʼmuriy binosi uchun tuman markazi bo‘lmish Nurobod qo‘rg‘onidan yer ajratilib, dastlabki qurilish ishlari boshlangan edi.

Ayni paytda ikki qavatli bino qad rostlab, tom qismi yopilgan va bezak berish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur bino joriy yilning birinchi yarim yillik davrida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Каналга уланиш: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 26, 2024