TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.77K photos
944 videos
10 files
7.05K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon #kadastr

⚡️Nurafshon shahrining mahalla fuqarolari yig‘inlariga yer maydonlari ajratildi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahridagi mahalla binolari xatlov qilinishi natijasida hududdagi 7 ta MFY egalik huquqini beruvchi hujjatlari mavjud emasligi hamda 6 ta MFYga yer maydoni ajratilishi lozimligi maʼlum bo‘ldi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati hokimining 29.09.2023 yildagi 489-10-0-Q/23 hamda 490-10-0-Q/23-sonli qarorlariga muvofiq,

▪️“Xurriyat” MFYga 0,03 gektar,
▪️“Maʼrifat” MFYga 0,04 gektar
▪️“Yoshlik” MFYga 0,04 gektar
▪️“Taraqqiyot” MFYga 0,04 gektar
▪️“Oybek” MFYga 0,04 gektar
▪️"Obod turmush" MFYga 0,05 gektar yer maydonlari ajratildi.

Ayn paytda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur MFYlarning egalik qilish huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari ketmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#Nurafshon #ijro #VM578

⚡️Yer balansini yuritish yangi tartibda amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2023 yildagi 578-sonli qarori asosida «Yer hisobot” AAT dasturi ishga tushirilishi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri filiallari namuna sifatida tanlab olinib, maʼlumotlar asosida belgilangan shakllar to‘ldirilishi hamda tahlil jarayonlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, Yer hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Yer hisobot” AATga kiritilishini taʼminlaydi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon #yernazorati

⚡️Nurafshonda loyihasiz qurilma bartaraf etildi

Nurafshon shahar, To‘ytepa MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi hududida "Mubarro oil" mchj tomonidan loyihasiz qurilmalar qurilgani aniqlangan.

Kadastr agentligining Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan MCHJ rahbariga tegishli tartibda ogohlantirish berilgan.

✔️Natijada MCHJ rahbari tomonidan belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aholining kadastrga oid muammolari o‘rganilmoqda

Kuni kecha Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida aholining kadastrga oid muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida har bir fuqaroning ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

#Nurafshon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli
Nurafshon shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish hamda "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonun yuzasidan kadastr sohasi masʼullari ishtirokida joriy yilning 13-dekabr kuni soat 15.00 da Nurafshon shahri aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📍Manzil:
Nurafshon shahri Yoshlik MFY binosi.

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #ochiq_muloqot #Nurafshon
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli
Nurafshon shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish hamda "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonun yuzasidan kadastr sohasi masʼullari ishtirokida joriy yilning 13-dekabr kuni soat 15.00 da Nurafshon shahri aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📍Manzil:
Nurafshon shahri Yoshlik MFY binosi.

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #ochiq_muloqot #Nurafshon
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ochiq muloqot

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Nurafshon shahar filiali mas‘ullari ishtirokida “Yoshlik” MFY binosida fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida aholining kadastrga oid savol va murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim va huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidi"gi O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati va mazkur Qonun kimlarga va qanday yer uchastkalarga nisbatan tadbiq etilishi, ularga qo‘yilgan talablar yuzasidan tushuncha va izohlar berildi.

🔖Navbatdagi ochiq muloqot Quyi Chirchiq tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#ochiq_muloqot #Nurafshon
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Bugun Davlat kadaatrlati palatasi viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Nurafshon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida ko‘rilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish hamda soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, qabulga yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida hamda Qonun ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

#Nurafshon #sayyorqabul
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram