TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.72K photos
939 videos
10 files
7.01K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

kadastr@umail.uz

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
⚡️Hujjatlarni qalbakilashtirish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish —

🔹BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki
🔹uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud
🔹uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


❗️O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —

🔹ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
🔹uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki
🔹uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


❗️Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish —

🔹BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki
🔹uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud
🔹ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


#yernazorati #javobgarlik
Каналга уланиш:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 20, 2024
Bo‘ka tumanida yana bir noqonuniy holat bartaraf etildi

Aholi murojaatiga asosan Bo‘ka tumani, Madaniyat MFY, Ezgulik ko‘chasi hududi o‘rganilganda, "Istiqlol dehqon bozori" MCHJ tomonidan davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangan va devor bilan o‘rab olingani aniqlandi.

Mazkur holat Kadastr agentligining Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi.

#Boʼka #yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 24, 2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 24, 2024
January 7
January 8
January 15
January 17
Qizil maydonga qurilish qila olamanmi?

Savol:
- Hovlimiz 23 sotixdan iborat. Kadastr hujjatlarimizda 11 sotix yer qizil maydon qilib belgilab qo‘yilgan. O‘sha qizil maydonga uy qura olamanmi?

Javob:
Qonunchilikka muvofiq, o‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish lozim bo‘ladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi.

Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muhofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi.

#savol_javob #huquqvaqti #yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 23
January 30
⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#yernazorati #ishonchraqam #infografika
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 12