#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni Xotira-abadiy, qadr-muqaddas! To`rtko`l tumani XTBga qarashli 22-maktabning 4-A sinfida
,, Xotira - abadiy, qadr - muqaddas!''
mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchilar o‘zlarining jozibador raqslari, ona Vatan uchun jon fido qilgan insonlar xotirasiga bag‘ishlangan she'r va sahna ko‘rinishlarini mahorat bilan ijro qildilar.
Bu tadbir o‘quvchilarning qalbida ona Vatanga muhabbat,
o‘tmishimizni xotiralash, bugungi farovon hayotimizga shukronalik hislarining uyg‘onishida muhim ahamiyat kadb etdi. https://turtkul.uz/2022/05/07/xotira-abadiy-qadr-muqaddas/ 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni Республика Маънавият ва маърифат маркази Тўрткўл туман бўлинмаси ва Маҳалла хайрия жамоат фонди Тўрткўл туман бўлинмаси биланбиргаликда 9-май "Хотира ва қадрлаш куни" муносабати билан туманнинг марказий кўчаларида махсус стикерлар тарқатилмоқда. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni 40-son IDUM da 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.Tadbir ta’lim sohasida faoliyat yuritgan va ko‘pgina shogirdlar yetishtirgan O‘zbekiston xalq talimi a’lochisi Usinov Yusupboy akaning xotirasiga bag‘ishlanib, bu insonning tuman hamda maktab ta’limining rivojlanishidagi o‘rni haqida faxriy o‘qituvchilar tomonidan esga olindi. Faxriy o‘qituvchilar maktab tarixi haqida ham o‘quvchilarga ko‘pgina ma’lumotlarni aytib o‘tishdi. Tadbir o‘quvchilarning Vatan haqidagi kuy-qo‘shiqlari bilan maroqli va chiroyli o‘tkazildi.🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#9_may_Хotira_va_qadrlash_kuni
"Xotira-aziz, qadr-muqaddas!"
To‘rtko‘l tumanidagi “Paxtachi” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Hayot” to‘yxonasida "9-may Xotira va qadrlash kuni" bayrami munosabati bilan "Xotira-aziz, qadr-muqaddas!" mavzusi ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimi R.Shamuratov yurtdoshlarimizga bayram tabrigini yo‘lladi.
#9_may_Хotira_va_qadrlash_kuni Bugun oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i va tibbiyot birlashmasi mas’ullari ishtirokida“Otayurt” OFYda istiqomat qiluvchi front orti mehnat faxriysi 95 yoshli Semenova Oyim xolidan xabar olindi va onaxonga bayram sovg'alari topshirildi. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#9_may_Хotira_va_qadrlash_kuni Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vazirligi mas’ullari 2-jahon urushi qatnashchisi I.Galenko holidan xabar oldilar va nuroniy otaxonga samimiy tilaklarini bildirdilar. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#9_may
"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan To‘rtko‘l tuman "Nuroniylar jamoatchilik kengashi", fuqarolar yig‘ini xodimlari, "Keksalar maslahati guruhi" a’zolari, faol yoshlar tumanda yashovchi front orti mehnat faxriylari holidan xabar olib, bayram bilan tabrikladilar.
Jumladan, 6 nafar nuroniyga Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Nuroniy" jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 300 ming so‘mdan pul mablag‘i topshirildi.
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#9_may
#sport
To‘rtko‘l tumani sport maktabi bazasida 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab sportning karate VKF turi bo‘yicha 2012-2018 yilgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa yakunida g‘oliblar tegishli darajadagi diplom va medallar bilan taqdirlandilar. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#9_may
O‘lkamiz_bo‘ylab_sayohat
“Paxtaobod” OFY yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan bir guruh uyishgan va uyishmagan yoshlar “Xotira va qadirlash kuni” munosabati bilan tumandagi Yonboshqalaga tarixiy yodgorligiga sayohat tashkil qilindi. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG