#Inson_qadri_uchun
#Tibbiyotdagi_yangiliklar

To‘rtkul tumani tibbiyot birlashmasida shu kungacha 100 dan ortiq yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari o‘tkazib kelindi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga yana bitta yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun KK filiali RNSEMP tashkiloti tomonidan 2021-yilda Germaniya Respublikasi "KARL STORZ" firmasida ishlab chiqarilgan "Operativ diagnostik endo laparoskop" jami 491455520.63 so‘mlik apparati olib kelinib, joriy yilning 15-noyabr kuni Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklar markaziga o‘rnatildi.
Ushbu apparatning bemorlar uchun afzalligi oldingi ishlangan jarrohlik amaliyotlarini bajarilishini uzoq davom etishini oldi olindi. Bu apparatda ishlangan jarrohlik amaliyoti, bemorlarning jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgandan keyingi davrida tez sog‘ayishi imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda tumanda bu turdagi yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi boshlandi.