TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.7K subscribers
17.3K photos
1.65K videos
359 files
5.57K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
加入频道
#stol_tennis
#direktor_kubogi

2022-yilning 7-fevral kuni
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish hamda ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun filialda sportning stol tennis turi bo‘yicha “Direktor kubogi” o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqada filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan bir qatorda filialga biriktirilgan “Avesto”, “Besh mergan”, “Gulzor”, “Do‘stlik” va “Temir yo‘lchi” mahallasi yoshlari ham ishtirok etishi mumkin.

Barchani faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Sport – sogʻlom hayot garovi!

🔹
ttauf_pressa
#stol_tennis

TTA Urganch filialida filial rahbariyati, sport klubi va filial “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan 2022-yil 27-28 aprel kunlari stol tennis bo'yicha talabalar o‘rtasida filial shaxsiy birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada filialning barcha yo‘nalishlaridan 34 nafar yigit va 12 nafar qiz talaba ishtirok etishdi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari:
Yigitlar o‘rtasida:

1-o‘rin – Raimbergenov Nurbek – “Stomotologiya” fakulteti 2-bosqich talabasi;
2-o‘rin – Xolmurodov Amirbek – “Davolash” fakulteti 2-bosqich talabasi;
3-o‘rin – Murodillayev Javoxir – “Davolash” fakulteti 1-bosqich talabasi.

Qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin – Abdullayeva Manzura – “Pediatriya” fakulteti 2-bosqich talabasi;
2-o‘rin – Xasanova Jumagul – “Pediatriya” fakulteti 3-bosqich talabasi;
3- o‘rin – Qadamova Gulmira – “Davolash” fakulteti 1-bosqich talabasi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari filial rahbariyati tomonidan sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandilar.

🔹ttauf_pressa
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#stol_tennis

🏓"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Stol tennis bo'yicha hududiy bosqich musobaqasi o'tkazildi

Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Stol tennis bo'yicha hududiy bosqich musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda oliy ta'lim muassasalari talabalari bellashishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

O'g'il bolalar o'rtasida
🥇Urganch davlat universiteti;
🥈
TTA Urganch filiali;
🥉
Urganch davlat pedagogika instituti.

🏆G‘olib va sovrindorlar Xorazm viloyati sport boshqarmasi tomonidan ajratilgan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube