TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.7K subscribers
17.3K photos
1.65K videos
359 files
5.57K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
加入频道
⚡️Квоталар тўлиқ тасдиқланди, энди ДТМ сайтида йўналишларни танлаш мумкин

Давлат қабул комиссиясининг 1-сон баёни билан мақсадли қабул параметрлари ва давлат буюртмаси параметрларининг тиллар кесимидаги тақсимоти тасдиқланди, дея хабар бермоқда ДТМ.

❗️Эндиликда абитуриентлар my.dtm.uz сайтининг “Қабул-2021” бўлими орқали фанлар мажмуаси бир хил бўлган бештагача бакалавриат таълим йўналишини танлашлари мумкин.

Aбитуриентларни онлайн рўйхатга олиш жорий йилнинг 22 июлига қадар (22 июль куни ҳам) давом этади.

Мазкур муддат давомида абитуриентлар ўз маълумотларини ўзгартиришлари ҳамда чет тилидан миллий ёки халқаро сертификатга эга бўладиган бўлса, сертификат маълумотларини тизимга киритишлари мумкин.

👉 @ttauf ulanish uchun
#Qabul2021
⚡️ Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

👨🏻‍💻 Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

📆 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kunduzgi-2021.pdf
4.2 MB
#Qabul2021 #Kvota
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sirtqi-2021.pdf
1.5 MB
#Qabul2021 #Kvota
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kechki-2021.pdf
274 KB
#Qabul2021 #Kvota
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tibbiyot-2021.pdf
988.2 KB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Pedagogika-2021.pdf
1.2 MB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Xalq ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xalq ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Veterinariya-2021.pdf
120.6 KB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Veterinariya sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida veterinariya sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ijtimoiy-ish-2021.pdf
106.9 KB
#Qabul2021 #Kvota #Maqsadli
Ijtimoiy-ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoji asosida hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Tanlov ustuvorligini belgilash

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://youtu.be/zaSXZDFte00

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021
#Statistika

2021-2022-o‘quv yili uchun TTA Urganch filialiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot: (2021-yil 9-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 366 nafar.


Tillar kesimida⤵️

🇺🇿 o'zbek – 325 nafar;
🇷🇺 rus – 41 nafar;

Manba:(https://yangx.top/dtmuzb/3639)

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021
#Statistika

2021-2022-o‘quv yili uchun TTA Urganch filialiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot: (2021-yil 10-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 446 nafar.


Tillar kesimida⤵️

🇺🇿 o'zbek – 397 nafar;
🇷🇺 rus – 49 nafar;

Manba:(https://yangx.top/dtmuzb/3650)

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021
#Statistika

2021-2022-o‘quv yili uchun TTA Urganch filialiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot: (2021-yil 12-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 619 nafar.


Tillar kesimida⤵️

🇺🇿 o'zbek – 553 nafar;
🇷🇺 rus – 66 nafar;

Manba:(https://yangx.top/dtmuzb/3670)

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2021 #Statistika
2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2021-yil 20-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 855 348 nafar.

Ta’lim shakllari bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 448 426 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 377 864 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 29 058 nafar.

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 725 964 nafar;
👉 Rus tili – 98 606 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 28 077 nafar;
👉 Boshqa tillar – 2 701 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉
O‘zbekiston milliy universiteti – 29 671 nafar;
👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 27 411 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti 27 304 nafar;
👉 Urganch davlat universiteti – 27 239 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 26 394 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etish tartibi tasdiqlandi

“COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib 2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish uchun test sinovlarini o‘tkazishda sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilash tartibini tasdiqlash haqida” Davlat test markazi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SEO va JS) ning qo‘shma qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra tana harorati 37 C dan yuqori bo‘lgan va test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlarga test sinovlari o‘tkazilayotgan hududda Davlat test markazi hamda SEO va JS vakili tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Davlat test markaziga koronavirus kasalligi tasdiqlanib, davolanayotgan abituriyentlar yoki ularning vakillari tomonidan respublika bo‘yicha test sinovlari to‘liq yakunlangun (16-avgust) ga qadar onlayn ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 3 kun ichida SEO va JSga tekshirish uchun taqdim etiladi.

Bunda abituriyentlar yoki ularning vakillari arizani (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

SEO va JS tomonidan arizalar o‘rganilib, haqiqatdan kasalligi tasdiqlangan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga 3 kun muddatda qayta taqdim etiladi.

Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida mazkur toifadagi abituriyentlar uchun qayta test sinovlari tashkil etiladi.

Bunda o‘rnatilgan tartibda ariza bilan murojaat qilgan va to‘liq sog‘aygan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar SEO va JS tomonidan test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kundan 4 kun avval Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida tana harorati 37 C dan yuqori bo‘lgan va test sinovlariga qadar to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
⚡️ To‘rtinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 8-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 8-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 23-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 23-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limidan):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

3️⃣ transfer.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda (hozirda sayt tayyorlanmoqda, 1 soatdan so‘ng natijalarni bilish mumkin bo‘ladi).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube