TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.72K subscribers
17.4K photos
1.66K videos
359 files
5.6K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
加入频道
#talabalarimiz_yutuqlaridan

TTA Urganch filialining faol va tashabbuskor talabalaridan Yusupov Bilol "Islom Karimov" nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi!

🔰 Yusupov Bilolni "Islom Karimov" nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lganligi bilan samimiy muborakbod etib, keyingi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🔹ttauf_pressa
#talabalarimiz_yutuqlaridan

TTA Urganch filialining yana bir faol va tashabbuskor talabasi Omonova Dilnura "Ibn Sino" nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi!

Omonova Dilnurani "Ibn Sino" nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lganligi bilan ilmiy rahbari "Tabiiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD) N.N. Qurbanovani hamda talabani samimiy muborakbod etib, keyingi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🔹
ttauf_pressa
#talabalarimiz_yutuqlaridan

2022-yilning 5-mart sanasi Toshkent shahrida O‘zbekistonda ilk marotaba Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan "Ilm-fanda eng yaxshi innovator-2022" xalqaro ilmiy-amaliy maqolalar tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining iqtidorli talabalari Otajonova Dilfuza Otabek qizi, Yuldosheva Laylo Odilbek qizi, Raximberganov Sanjarbek Rustam o‘g‘li ishtirok etib, "TOP-150 innovator" yoshlari orasidan o'rin olishdi.

Talabalar "TOP-150 innovator" tanlov to’plami, "Лучший инноватор-2021" esdalik-nishoni hamda diplom bilan taqdirlandilar.

Talabalarimizni ushbu yutuq bilan filial ma'muriyati nomidan samimiy muborakbod etib, kelgusi izlanishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#talabalarimiz_yutuqlaridan

Tibbiy pedagogika yoʻnalishi 441-A guruhi talabasi Yerejepbayev Quvanish Tursun oʻgʻli "Mirzo Ulug'bek vorislar" tanlovida Navoiy viloyati tuman miqyosida g‘olib deb topildi va viloyat bosqichiga ishtirok etish yo‘llanmasini qo'lga kiritdi.

Talabamizni filial ma'muriyati nomidan ushbu yutuq bilan tabriklab, keyingi bosqichda muvafaqqiyat tilaymiz,!

🔹ttauf_pressa
#talabalarimiz_yutuqlaridan

O‘zbekistonda ilk marotaba Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan "Ilm-fanda eng yaxshi innovator-2022" xalqaro ilmiy-amaliy maqolalar tanlovida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining "Davolash ishi" fakulteti 307-C guruh talabasi Yavbasarova Dilfuza Baxtiyarovna ishtirok etib, "TOP-150 innovator" yoshlari orasidan o'rin oldi.

Talabamiz "TOP-150 innovator" tanlov to’plami, "Лучший инноватор-2022" esdalik-nishoni hamda diplom bilan taqdirlandi.

Yavbasarova Dilfuzani ushbu yutuq bilan filial ma'muriyati nomidan samimiy muborakbod etamiz.

🔹ttauf_pressa
#Talabalarimiz_yutuqlaridan

TTA Urganch filiali "Pediatriya" fakulteti "Pediatriya" yoʻnalishi 321-B guruh talabasi Roʻzmetova Lobar Qahramon qizi "Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika koʻrik-tanlovi Xorazm viloyati Shovot tuman miqyosida g‘olib deb topilib, Aprel oyida Xorazm viloyat bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo'lga kiritdi.

Roʻzmetova Lobarni ushbu yutuq bilan filial ma'muriyati nomidan muborakbod etib, keyingi bosqichda muvafaqqiyat tilaymiz.

🔹ttauf_pressa
#Talabalarimiz_yutuqlaridan

TTA Urganch filiali "Davolash ishi" fakulteti 307-B guruh talabasi Baxtiyarova Aziza Maksudbekovna "Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika koʻrik-tanlovi Xorazm viloyati Xiva shahar bosqichida g‘oliblikni qo'lga kiritdi.

Yutuqlaringiz bardavom bo'lsin!

🔹
ttauf_pressa
#talabalarimiz_yutuqlaridan

🔹 Oliygohimizning iqtidorli va innovator talabalari bo'lgan Ixtiyorov Shahboz va Yerejepbayev Quvanish Vazirlar maxkamasi hamda Innovatsion Rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan o'tkazilinib kelinayotgan "MIRZO ULUG'BEK VORISLARI" tanlovining mintaqaviy bosqichida ham tengsiz deb topilib, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

🔹 May oyida bo'ladigan final bosqichida talabalarimiz filialimiz obro'sini yana bir bor himoya qilishadi.

Shu o'rinda xushxabar sifatida aytishimiz mumkinki, Ixtiyorov Shahbozning innovatsion loyihasi Innovatsion vazirlik tomonidan juda ulkan qiziqishlarga sabab bo'ldi va hamkorlikda ishlashga, loyihani moliyalashtirishga ko'maklashishlarini ta'kidlashdi.

Talabalarga final bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!

🔹
ttauf_pressa
#talabalarimiz_yutuqlaridan

Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan sportning muay-tay WMF turi boʻyicha erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida 67 kg vazn toifasi boʻyicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali "Davolash" fakulteti 1-bosqich talabasi Inomjonov Rahmonjon faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

🔰Inomjonov Rahmonjonni ushbu yutuq bilan filial ma'muriyati nomidan muborakbod etib, muvaffaqiyatlari bardavom bo'lishini tilab qolamiz!

🔹ttauf_pressa