TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.7K subscribers
17.3K photos
1.65K videos
358 files
5.56K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
加入频道
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor
Ayni damda Andijon shahrida domning tom qismi yonmoqda.

Yong‘in hozirda bartaraf etildi.
Kelib chiqish sababi nomalum!

Qo'qonliklar 👇👇

https://telegram.me/ttauf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR

Adolat sotsial demokratik partiyasi mana shu yil oxirigacha OTMlar eski tabaqalashtirilgan stipendiya miqdoriga qaytishini aytib o'tdi.

Faqat qanchalik haqiqat bilmaymiz.
Yilni oxirigacha yana kutamiz
...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/ttauf
#LIVE
#ONLINE
#tezkor

⚡️O‘zbekiston-Vengriya rektorlari forumi

Forumni Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov kirish so'zi bilan ochib berdi.

📲
BuxDU rasmiy sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#LIVE
#TEZKOR
#BuxDU_yangiliklari

⚡️ Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining "Ko'zmunchoq" jamoasi "Ko'chki" asari asosida ishlangan sahna ko'rinishlari

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
Forwarded from Edu.uz
⚡️#Tezkor

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi

🦠Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi Omicron shtammi joriy yilning 7-yanvar kuni aniqlangan.

🔰 Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

🔹Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.

💉Aholini to‘liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi.

✔️ Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida:

‼️ ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi;

mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

👨🏻‍🎓Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.
____
👉@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#TEZKOR

⚡️O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi

Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.

👉На русском

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Tezkor

⚡️2023/2024-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!

Professional ta’limda o‘qish imkoniyati kengaytirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida my.uzbmb.uz platformasi orqali kollej va texnikumlarda (yuridik texnikumlar bundan mustasno) kasb yoki mutaxassislik egallash istagida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni qabul parametri doirasida mavjud vakant (bo‘sh) o‘rinlarga qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

Shuningdek, qabul yakunlari bo‘yicha shakllanmagan (o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lgan) guruhlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar arizasiga ko‘ra, ta’lim shakli o‘zgarmagan holda davlat granti asosida boshqa kasb (mutaxassislik)ga o‘zgartirishi mumkin.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar faqat ushbu texnikumdagi mos mutaxassislik bo‘yicha vakant o‘rinlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ushbu texnikumlarning vakant o‘rinlariga mos mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga da’vogar abituriyent bo‘lmagan taqdirda, mazkur muassasaning boshqa mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar qabul qilinishiga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga tavsiya etilmagan abituriyentlar boshqa kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlarga o‘qish uchun ham murojaat etishlari mumkin.

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 2023-yilning 13-noyabr kuniga qadar professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.

Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating 👉@eduuz