TechNews24 📱
3.19K subscribers
437 photos
68 videos
306 links
Texnologiyalar, gadjetlar, sun'iy idrok olamidan yangiliklar
__________
Новости из мира технологий, гаджетов, ИИ
加入频道
📱Smartfonlar bozori chaqqonlashdi

Ikki yil davomida dunyo bozorida smartfonlar savdosi sustlashib borayotgandi. So‘nggi xabarimizda yirik o‘yinchilar orasida faqat Google Pixel ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgani haqida yozgandik.

Hozir smartfonlarning savdosi 5% ga o‘sib, dunyo bozorining kuchli beshtaligi mana bunday ko‘rinishga ega:

• Samsung (20%)
• Apple (16%)
• Xiaomi (12%)
• Oppo (10%)
• Vivo (8%)


~ ~ ~

📱Рынок смартфонов заметно ожил

В течение двух лет наблюдалось падение рынка смартфонов. В последний раз сообщали о том, что среди крупных игроков только Pixel показал рост продаж.

Сейчас продажа смартфонов выросла на 5%, и мировой рынок между брендами поделен следующим образом:

• Samsung (20%)
• Apple (16%)
• Xiaomi (12%)
• Oppo (10%)
• Vivo (8%)


#Google #Pixel #Samsung #Xiaomi #Oppo #Vivo #Rating #Top
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍7❤‍🔥1👎1
🥶 iPhone 15 Pro Max, Galaxy S24 Ultra va Pixel 8 Pro egasi bo‘lsangiz nima qilardingiz?

TechDroider smartfonlarni 6 soat yaxlatishga qaror qildi. Qay biri dosh bermadi, fikringiz qanday?

🔥 — iPhone
👍 — Samsung
🤓— Pixel


• • •

🥶 Что бы вы сделали, имея на руках iPhone 15 Pro Max, Galaxy S24 Ultra и Pixel 8 Pro?

TechDroider решил заморозить эти девайсы на 6 часов. Как думаете, какой девайс не выдержал тест?

🔥 — iPhone
👍 — Samsung
🤓— Pixel


#Apple #Samsung #Google

Hammasi omon qoldi / Все девайсы выжили
👍61🔥23🤓10🍌2🤣1
📒Birgina Meta mahsulotlari emas ekan. Google, Twitter, Discord va TikTok ham butun dunyo bo‘ylab muammoga duch kelgan ko‘rinadi

~ ~ ~

📒 Не только Meta. По всему миру проблемы наблюдаются у Google, Twitter, Tiktok и Discord.

Downdetector

#downdetector #meta #google #tiktok #x #twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13😱6😢4🗿2
🧠 Boshqalar oltin qazish bilan ovora bo‘lsa, belkurak sotish kerak

SI rivojlantirayotgan gigantlarga videokartalar sotayotgan Nvidia bir necha kunga dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi.

Endi ma'lum bo‘lishicha, Microsoft, Google, Meta, X ishtirokidagi poygaga yashirin tarzda Amazon ham qo‘shilgan.

• • •

🧠 Когда другие заняты поиском золота, нужно продавать лопаты

Так Nvidia, которая продаёт видеокарты гигантам, стала самой дорогой компанией мира (на какое-то время).

И стало известно, что к гонке ИИ наряду с Microsoft, Google, Meta, X в тайне присоединился Amazon.

Photo

#AI #Amazon #Microsoft #Google #Meta #X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13😁8🔥1🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Google Apple’dan o‘zib ketmoqchi: Pixel 9 ertaroq taqdim etiladi

Yangi avlod Pixel smartfonlarining taqdimoti rejadagidan ancha erta, 13-avgust kuni o‘tkaziladi.

Pixel 9, Pixel 9 Pro, Pixel 9 Pro XL, va ehtimol Pixel 9 Pro Fold’ni ham ko‘rsatishadi. Pixel Watch 3 ham anons qilinishi mumkin.

• • •

🌐 Google хочет опередить Apple: ранний анонс Pixel 9

Презентация нового поколения Pixel пройдёт 13 августа, намного раньше обычного.

Ожидается анонс Pixel 9, Pixel 9 Pro, Pixel 9 Pro XL, а также возможно Pixel 9 Pro Fold. Также возможна презентация Pixel Watch 3.

#google #pixel #pixel9
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😁2
"Zavod sozlamalariga" qaytarishda Pixel 6 "g‘isht"ga aylanib qolmoqda

Hozircha to‘g‘rilash uchun yechim topilmagan. Nosozlik mavjudligini Google tan oldi va uni tuzatish ustida ishlar olib borilayotgani haqida xabar berdi.

• • •

Pixel 6 перестаёт работать при сбросе до заводских настроек

Google публично подтвердила существование бага и сообщила об активной работе над его устранением.

#google #pixel #pixel6
👍14👎5
🔍 Google Pixel 9 Pro Fold va boshqa yangiliklar bugun taqdim etiladi

Taqdimotning jonli efirini bugun, 13-avgust kuni 📺 YouTube'da Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da tomosha qilish mumkin.

Taqdimotda Pixel 9 Pro Fold yig‘ma smartfoni, Pixel 9, Pixel 9 Pro va Pixel 9 Pro XL flagman qurilmalari taqdim etiladi. Shuningdek, ikki o‘lchamli Pixel Watch 3, Pixel Buds Pro 2 flagman quloqchinlari va aqlli uy uchun yangi qurilmalar kutilmoqda.

• • •

🔍Презентация Google Pixel 9 Pro Fold и других новинок

Прямой эфир презентации можно посмотреть на 📺YouTube сегодня, 13 августа, в 22:00 по Ташкентскому времени.

На презезнтации представят складной смартфон Pixel 9 Pro Fold, флагманские устройства Pixel 9, Pixel 9 Pro и Pixel 9 Pro XL. Также ожидаются Pixel Watch 3 в двух размерах, флагманские наушники Pixel Buds Pro 2 и новые устройства для умного дома.

#google #pixel9
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
🪫 Pixel 9 uchun "tezkor" quvvatlash moslamasi

Google 45 Vt quvvatga ega yangi tezkor zaryadlash qurilmasini taqdim etdi. Zaryadlash moslamasi, albatta, telefon to‘plamiga kiritilmagan va narxi taxminan $30 ni tashkil etadi.

30 daqiqada Pixel 9 va Pixel 9 Pro 55% gacha quvvatlanishi mumkin, faqatgina Pixel 9 Pro XL shu vaqt ichida 70% gacha quvvatlaydi.

5 daqiqada 100% gacha quvvatlaydigan Redmi tezkor zaryadlash moslamasi: 🗿 🗿 🗿

• • •

🪫 "Быстрое" зарядное устройство для Pixel 9

Google представила новое быстрое зарядное устройство мощностью 45 Вт. Зарядка, конечно же, не входит в комплект поставки телефонов и стоит около 30$.

За 30 минут Pixel 9 и Pixel 9 Pro могут заряжаться до 55%, и только Pixel 9 Pro XL достигает 70% за то же время.

Быстрое зарядное устройство Redmi, которое заряжает до 100% за 5 минут: 🗿 🗿 🗿

#google #pixel9 #redmi #xiaomi #fastcharge
👍6🤣4👎2😁1
⚡️ 2023-yilda Google va Microsoft kompaniyalarining elektr energiyasi iste’moli 24 teravatt-soatni tashkil etdi — bu taxminan Ozarbayjon bir yilda sarflagan miqdorga teng.

Bu ko‘rsatkich Islandiya, Gana, Tunis va yana 100 ga yaqin mamlakatning iste’molidan ko‘p.

Shuni ta’kidlash joizki, Google va Microsoft kompaniyalarining daromadlari ba’zi davlatlarning yalpi ichki mahsulotidan yuqori.

• • •

⚡️ Электропотребление Google и Microsoft в 2023 году составило по 24 ТВтч – примерно столько же за год потратил Азербайджан.

Это больше, чем потратили Исландия, Гана и Тунис и еще около 100 стран.
Напомним, что доходы Google и Microsoft выше, чем ВВП некоторых государств.

#Google #Microsoft #Electricity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9😱4
✉️ Gmail qutingizni saqlab qolishga ulguring

Google 1-dekabrda ikki yildan ortiq faol bo‘lmagan Gmail akkauntlarini o‘chirib tashlashi haqida ma’lum qildi. Agar siz xatlarni o‘qigan, YouTube tomosha qilgan, Google orqali qidiruvdan va Google Diskdan foydalangan bo‘lsangiz, akkaunt o‘chib ketishidan xavotir olishingiz shart emas (hech bo‘lmaganda faol akkaunt uchun).

Nima sababdan bunday bo‘lmoqda?

Kiberjinoyatchilik ko‘payib borayotgani tufayli. Faol bo‘lmagan akkauntlarni osonlikcha buzib kirib, jinoiy maqsadlarda foydalanilishlari mumkin.

• • •

✉️ Успейте спасти свой gmail-ящик

Google сообщила, что 1 декабря удалит учетные записи Gmail, которые были неактивны более двух лет. Если вы читали почту, смотрели YouTube, гуглили и пользовались Google Диском, то бояться удаления не стоит (по крайней мере за активный акккаунт).

Зачем все это?

Из-за роста киберпреступности. Неактивные аккаунты легко взламывают и используют для своих целей.

#google #gmail
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20😢3👌2🤨2🔥1