Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi (Rasmiy kanal)🇺🇿
965 subscribers
12.7K photos
2.48K videos
21 files
3.66K links
Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali.

Ushbu kanalda Madaniyat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va loyihalar, tizimdagi yangiliklar yoritib boriladi.
加入频道
Viloyat hokimi joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Boysun bahori” xalqaro festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Mas’ullar amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar yuzasidan hisobot berishdi. Festival o‘tkazilishi rejalashtirilgan turizm kompleksidagi qurilish-ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlash hamda tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxona, transport, ovqatlanish va boshqa xizmat ko‘rsatish turlarini sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1802

#Surxondaryo #Boysunbahori #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat rahbari Termiz shahri “San’at saroyi” majmuasida “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotini tingladi.

“San’at saroyi” majmuasi bo‘ylab obodonlashtirish va daraxt, buta hamda gul ko‘chatlari ekish ishlarining borishi bilan tanishgan viloyat rahbari hududga daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.

Shuningdek, Termiz shahridagi eski, ta’mirtalab turar joylarni renovatsiya qilish, yangi ko‘p qavatli uy-joylarni qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha taqdimot qilindi. Mutasaddilarga loyihalarni aholi bilan kelishish, ularning talab va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1924

#Surxondaryo #Navruz #jarayon #daraxtekish #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълимини ривожлантириш ва сифатини оширишга оид режалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией планов по развитию и повышению качества школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, “Surxon” suv omborida vohamizdagi mavjud suv omborlari, o‘rmon xo‘jaliklari va davlat qo‘riqxonalari hududida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuskorlarning taqdimotlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, “To‘maris” to‘yxonasida lider tadbirkor ayollar va ularning onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, “Mashhura” o‘quv markazida xotin-qizlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish masalalari muhokama qilindi. Yakunda g‘alla o‘rim-yig‘imi tadbirlarining borishi bilan ham tanishilib, sektorlar va otryad rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/2096

#Surxondaryo #ekoturizm #taqdimot #lidertadbirkorlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida tashkil etilgan tadbirda hududlarda aholining madaniy hordiq olishi uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, madaniyat bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi hamda sharoitlarini yaxshilash maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan ajratilgan 6 ta "Damas" avtomashinasi kalitlarini tuman Madaniyat bo‘limlariga tantanali topshirdi. Shuningdek, ushbu madaniyat bo‘limlariga 5 turdagi musiqa asboblari ham berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabr oyida Termiz shahri va beshta tuman madaniyat bo‘limlariga xizmat avtomashinalari topshirilgan edi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi shodiyonalariga tayyorgarlik jarayonlari hamda viloyatning asosiy bayram dasturi taqdimotlari bilan tanishdi. Soha mas’ullari va mutasaddilarga bayram tadbirlariga yuqori saviyada hozirlik ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Tadbir yakunida joriy yil 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatida o‘tkazilgan II xalqaro maqom san’ati anjumanida Surxondaryo viloyatining tashkiliy va ijodiy jamoasining faol ishtiroki uchun sharoitlar yaratib berganligi uchun viloyat hokimiga Madaniyat vazirligining tashakkurnomasi topshirildi.

#Surxondaryo #Madaniyat #xizmatavtomashinalari #bayramdasturi #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasining juma kuniga mo‘ljallangan tashrif yo‘nalishiga asosan Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlarida turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Termiz shahri Tuproqqo‘rg‘on mahallasida obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, Ichki ishlar bo‘linmasida Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining ayollar jinoyatchiligini jilovlash yuzasidan axborotlari tinglandi. Shu yerning o‘zida “Xo‘jaipok turizm zonasi va sihatgohi” qurilishi bo‘yicha taqdimot ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Termiz va Angor tumanlarida “Yoshlar va turizm ko‘cha”larini barpo etish hamda tanlab olingan madaniyat markazlarini loyihaga asosan namunali madaniyat markaziga aylantirish ishlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2215

#Surxondaryo #turizm #xotinqizlar #taqdimot #loyihalar #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
#Taqdimot

⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov bir qator farmon va qaror loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Hujjat loyihalarida milliy madaniyatni keng targ‘ib qilish orqali xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirish, aholi, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini chuqur singdirish, moddiy va nomoddiy madaniy merosimizni yanada ommalashtirish, shuningdek, aholining madaniyat va san’at sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsad qilingan.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdimot

⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov madaniyat sohasidagi Turkiya tajribasini o'rganish yuzasidan tayyorlangan loyiha taqdimoti bilan tanishdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/35676

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM