Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi (Rasmiy kanal)πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
956 subscribers
13.6K photos
2.62K videos
21 files
3.93K links
Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali.

Ushbu kanalda Madaniyat boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va loyihalar, tizimdagi yangiliklar yoritib boriladi.
加ε…₯钑道
#Yoshlar_kuni_bayram_shukuhi

Termiz shahridagi muhtasham San'at saroyida 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan DXX Surxondaryo viloyat bo'yicha boshqarmasi tomonidan yoshlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Dastlab, saroyning kirish fayesida ko'ngillarni xushlovchi Termiz ixtisoslashtirlgan san'at maktabining mayin musiqiy ohanglari, inson baxri dilini ochadigan rang-barang rassomlar qo'l mehnati, turli xildagi kulopchilik buyumlari va hunarmandchilik namunalari, viloyat qo'g'irchoq teatri ertak qahramonlarining hazilomuz chiqishlari mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi. Shundan so'ng, viloyat musiqali dramma teatri ijodkorlari tomonidan tayyorlangan "Xazon bo'lgan umr" spektakli namoyish etildi. Spektakldan namoyishidan so'ng, lazer shou, yoshlar kuni munosabati bilan maxsus yoshlarning chaqqonligini sinash maqsadida sherxonlik, tez aytishuvlar o'tkazilib, qimmatbaho sovg'alar o'z egalariga topshirildi. Ushbu bayram shodiyonasidan soha vakillarining bolalajonlari ham bahramand bo'lib, viloyat filarmoniyasi va O'zbekkinsert DM Surxondaryo viloyat estrada yulduzlari xonish etganda o'z raqslari bilan sahnani to'ldirib, eng zo'r raqs egalari bo'lgan bolajonlarga sovg'alar taqdim etildi. Konsert davomida O'zbekiston, Osiyo va jahon chempionlari sahnaga taklif etilib, sana munosabagi bilan muborakbod etilgach, konsert dasturi haqiqiy bayramona tus oldi. Barcha yoshlar va bolajonlar markaziy sahnani to'ldirib, o'yin-kulgu va raqslari ila xursandchilik qilishib, oxirida sovg'alar bilan a'lo kayfiyatda xayirlashihsdi. Tadbirning boshlovchilik qismini yuqori saviyada Termiz shahar madaniyat bo'limi Xalqaro va davlat tadbirlari boshlovchisi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Akramjon Quchqarov va shogirdlari Dinora Nurbayevalar olib borishdi.


Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi matbuot xizmati

✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling
πŸ€—

#Batafsil πŸ‘‰ t.me/surxonmadaniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM