Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
24.6K subscribers
24.4K photos
6.91K videos
1 file
15.3K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
加入频道
Сессияда ташкилий масала кўриб чиқилди.
Президент Тошкент шаҳри ҳокими лавозимига ҳоким вазифасини бажариб келаётган Шавкат Буронович Умурзоқов номзодини тавсия этди.

Шаҳар ҳокимини тайинлаш масаласи овозга қўйилди. Овоз бериш натижаларига кўра, Шавкат Умурзоқов Тошкент шаҳри ҳокими этиб тасдиқланди.

Давлатимиз раҳбари халқ вакиллари билдирган бу юксак ишонч янги ҳокимдан катта масъулият, тинимсиз меҳнат ва фидойиликни талаб қилишини таъкидлади.

Янги ҳоким ўз ўринбосарлари, туман ҳокимлари, сектор ва банк раҳбарлари, “маҳалла еттилиги” билан пойтахт аҳолиси учун муносиб шароит яратиш, инвестиция олиб келиб, янги-янги юқори даромадли иш ўринларини кўпайтириш, шаҳарни янада обод қилиш, бир сўз билан айтганда, одамлар рози бўлиши учун янгича ёндашув асосида катта марраларни олиб, қаттиқ ишлаши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿Toshkent shahriga hokim tayinlandi.

🇺🇿 Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 24-mart kuni Sh.Umurzakovni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi, va bugun Sh. Umurzakov ushbu lavozimda tasdiqlandi.

O‘tgan davr mobaynida Sh.Umurzakov "O‘zbekiston-2030" strategiyasida o‘z ifodasini topgan, Toshkent shahri aholisi va mehmonlarining qulayligi va xavfsizligini ta’minlash, investitsion biznes-muhitni yaxshilash, va ekologik barqarorlikka erishishga qaratilgan maqsadlar sari sobitqadamlik bilan borayotgan, qatiqqo‘l va adolatli rahbar ekanligini namoyon qildi.

Toshkent shahar hokimligi jamoasi shu vaqt davomida biz bilan birga bo‘lgan barcha yurtdoshlarimiz, OAV vakillari va blogerlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Hokimlik jamoasi aholi manfaati yo'lida ishlashdan to'xtamaydi hamda ushbu kuch va sa'y-harakatlar yaxshi va uzoq muddatli natijalarga olib kelishiga ishonadi.



🇺🇿Назначен хоким города Ташкента.

🇺🇿 Напомним, что Президент Шавкат Мирзиёев назначил Шавката Умурзакова исполняющим обязанности хокима города Ташкента 24 марта 2023 года, и сегодня он был утвержден в должности.

За прошедший период Ш. Умурзаков проявил себя как строгий и справедливый лидер, который неуклонно идет к целям, отраженным в Стратегии развития Узбекистана – 2030 и направленным на комфорт и безопасность жителей и гостей Ташкента, улучшение его инвестиционного климата, достижение экологической устойчивости.

Команда хокимията города Ташкента благодарит всех неравнодушных граждан, представителей СМИ и блогеров за то, что вы с нами всё это время. Команда хокимията не перестает трудиться во благо жителей и верит, что силы и старания приведут к лучшим и долгосрочным результатам.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etyapti
#3apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Ижтимоий соҳада хусусий шериклик лойиҳаларини кўпайтириш орқали ҳам иш ўринларини яратиш мумкинлиги таъкидланди.

Масалан, тумандаги 7-сонли шаҳар шифохонаси учун 200 ўринли янги бино қуриш чўзилиб келаяпти. Янги бино ишга тушса, ундан бўшайдиган 4,7 гектарда хусусий шериклик асосида кореялик инвесторлар 160 миллион долларлик 420 ўринли замонавий кўп тармоқли клиника қуриш ташаббусини берган.

Мутасаддиларга шаҳар шифохонаси қурилишини жадаллаштиришга кўрсатма берилди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla chegaralarini aniq bo’lishi ko’p masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, aholi sonini mahalla kesimida aniqlash, kam ta’minlangan oilalarga manzilli yordam ko’rsatish va mahalla infrastrukturasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag’lardan samarali foydalanish kabi masalalarni aytish mumkin.

Ma’muriy chegaralarni aniq belgilash uchun Toshkent shahri va tumanlari chegaralariga oid 1956 — 2021-yillar davomida vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlar nusxalari arxivlardan izlab topildi. Ular asosida Toshkent shahrining aniq ma’muriy chegaralari elektron xaritaga tushirildi.

Hozirda Mirobod, Mirzo Ulug’bek, Sergeli, Yangihayot, Yashnobod tumanlarining mahalla chegaralari Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Bektemir va Yakkasaroy tumanlarining mahalla chegaralari regulation.uz saytida jamoatchilik muhokamasiga qo’yilgan.

Shayxontohur, Yunusobod, Olmаzor, Uchtepa, Chilonzor tumanlarida mahalla chegaralariga aniqlik kiritish bo’yicha ishlar davom etmoqda.

Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi "Raqamli rivojlanish departamenti" MChJ direktori o'rinbosarining intervyusida.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқ депутатлари Тошкент шаҳар кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтди.

С участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялась внеочередная сессия Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов.

#Mirziyoyev #Toshkent #sessiya #tashkiliymasala

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ш.Б. Умурзаковни Тошкент шаҳри ҳокими лавозимига тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении Умурзакова Ш.Б. на должность хокима города Ташкента"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Xayrli tong, aziz Toshkent!

🇺🇿Доброе утро, дорогой Ташкент

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi va Nodavlat-notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tadbir avvalida Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi va Nodavlat-notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2024-yil 1-choragi uchun faoliyati yuzasidan ma’lumot berildi.

So‘ngra 2024-yilda davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar hamda 2024-yil uchun e’lon qilingan “Aholi o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorligi” davlat grantining 1-tanloviga kelib tushgan loyihalar haqida so‘z yuritilib, muhokama etildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan savol-javoblar, taklif va tavsiyalar tinglandi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM