Ozodbek Nazarbekov
3.49K subscribers
6.41K photos
1.16K videos
11 files
1.45K links
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali

Instagram:
https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
加入频道
Barkamol avlod tarbiyasiga  masʼulmiz

Yuksak  marralarni koʻzlagan Yangi Oʻzbekistonning ishonchi va tayanchi boʻlgan yoshlar maʼnaviyati, tafakkurini oʻstirish, madaniyatini yuksaltirish hozirgi davrning eng dolzarb masalasi boʻlib turibti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tavsiyasi va topshiriqlari asosida  Madaniyat vazirligi hamda  Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar oʻrtasida olib borilayotgan targʻibot ishlari ham shu maqsadga yoʻnaltirilgan.

Hozirgi  davr yoshlari  atrofidagi voqealarga befarq boʻlmagan qiziquvchan, intiluvchan, gʻayratli, shijoatli yoshlardir. Faqat ularning bu qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish uchun eng avval ularning tafakkurini shakllantirish zarur. Buning uchun biz nima qilyapmiz? Shu savol barchamizni oʻylantirishi kerak.

Toʻgʻri, soʻnggi yillarda isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadidagi islohotlar oʻz samarasini bermoqda. Lekin, yoshlarning gʻoya va takliflarini oʻrganish, shu bilan birga Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, madaniyat va sanʼat sohasida bunyodkorligi va soha rivoji yoʻlidagi fidoyiligi va tashabbuskorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Uchrashuvda shu masalalarga eʼtibor qaratdik, yoshlarning fikr-mulohazalariga quloq tutdik. Ayon boʻldiki, ertangi kun egalari boʻlgan yoshlarimizning intellekti, kuch –gʻayrati, shijoati oldimizga qoʻyilgan barcha marralarni, yuksak choʻqqilarni zabt etishga qodir. Taʼkidlaganimizdek, biz kattalar yoshlar bilan birgalikda bir yoqadan bosh chiqarib ezgu maqsadlar sari olgʻa intilishimiz, ularni ruhlantirishimiz zarur.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barkamol avlod tarbiyasiga masʼulmiz

Hozirgi  davr yoshlari  atrofidagi voqealarga befarq boʻlmagan qiziquvchan, intiluvchan, gʻayratli, shijoatli yoshlardir. Faqat ularning bu qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish uchun eng avval ularning tafakkurini shakllantirish zarur.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maqom_2024

⚡️ 27–30-iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san'ati anjumani” o‘tkaziladi.

O'zbekistonda ikkinchi marotaba o'tkazilayotgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

Xalqaro hay'at tomonidan ko'rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari uchta nominatsiya: “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” bo'yicha baholanadi.

Yurtimizda ikkinchi marotaba o'tkazilayotgan “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida “Maqom san'atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ham bo'lib o'tadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, 27-30-iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjuman oldidan mahalliy ishtirokchilarni saralanishi o‘tkazildi. Hay’at a’zolari safida albatta siz va biz suygan, xalq artistlari, O‘zbekiston qahramoni, shuningdek, ko‘plab shogirdlarga maqomning sir-u asrorini bayon etayotgan, yuksak vakillar bor edi.

“Eng yaxshi xonanda-erkak ovoz”, “Eng yaxshi xonanda-ayol ovoz”, “Eng yaxshi Maqom ansambli ” kabi yo‘nalishda ishtirokchilarni saralab baholagan ekanmiz, avvalo har bir ijod namunasini yuksak e’tiroflaymiz va qadrlaymiz.

Maqsadlari ulkan niyatlari yuksak maqom ijrochilarini ko‘rib albatta kezi kelganda ishlariga muvaffaqiyat tilab, ba’zida mavjud xato va kamchiliklar ustida ishlashliklarini ham aytib o‘tdik. O‘ylaymizki, ishtirokchilarning ijro dasturlari bundanda yuksak, yorqin va xalq e’tirofiga sazovor bo‘ladi!

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
27-30-iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjumanni ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdik.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Namanganda 63-xalqaro “Gullar festivali”ning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi.

“Gullar festivali”ning bu yilgi xalqaro tadbirning yuksak saviyada o'tkazilishiga munosib hissa qo'shgan faollarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko‘ra; 

"Eng yaxshi dizayner yaratgan gulchi" sifatida –   Mubosher Qodirov e'tirof etildi.

Tashkilotlar o'rtasida "Eng yaxshi landshaft dizayn" nominatsiyasi – Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog'iga nasib etdi.

Hokimliklar o'rtasida "Eng ma'naviyatga boy landshaft dizayn" nominatsiyasi bo'yicha Yangi Namangan tumani g'olib bo'ldi.

Ularga zamonaviy avtomashinalarni O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tantanali ravishda topshirdilar.

Shuningdek, "Gullar festivali avtoparadidagi faol ishtiroki", "Eng yaxshi gul kompozisiyasi", "Milliy qadriyatlar bo‘yicha gulchilar sulolasi davomchisi", "Gullar festivalini tashkil etishdagi xizmatlari uchun" nominatsiyalari bo'yicha g'oliblar ham pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Taniqli san'atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bo'lib o'tdi. Tadbir yakunida Namangan osmonini ajoyib mushakbozlik bezadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM