Ozodbek Nazarbekov
3.48K subscribers
6.42K photos
1.16K videos
11 files
1.45K links
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali

Instagram:
https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
加入频道
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda boshlangan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan aziz hamkasbim, qadrdon do‘stim, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimli bilan ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdik.

Maqsadlarimiz ulkan. Birgalikda qator loyihalarni amalga oshirishni, salmoqli natijalarga erishishni rejalashtirganmiz. Niyatimiz, o‘zbek va ozar xalqlarining do‘stligi abadiy bo‘lsin!

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimlini Prezidentimiz shaxsan qabul qilganliklari faoliyatimizda alohida ahamiyatga ega voqea bo‘ldi.

Qolaversa, O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlarining tantanali ochilishi munosabati bilan davlatimiz rahbari ishtirokchilarga tabrik yo‘llaganliklari ushbu madaniyat va san’at bayrami shukuhini, nufuzini yanada yuksaltirib yubordi. Bu O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari bugungi kunda mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilib borayotganining yaqqol ifodasi bo‘ldi.

Tantanali ochilish marosimida bir-biridan go‘zal tarzda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarni tinglab, raqslarni tomosha qilib, katta zavq oldik. Muhtasham saroyga yig‘ilganlar ham san’atkorlarning chiqishlarini olqishlar bilan kutib olishdi, qalbga yaqin qo‘shiqlarni jo‘r bo‘lib ijro etishdi. Boshqacha aytganda, chinakam bayramona muhit hukm surdi.

Shubhasiz, mazkur konsert dasturi ikki buyuk xalqning madaniyati va san’ati ham betakror ekanini yana bir karra ko‘rsatib berdi.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida bugun O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida tashkil qilingan “Ozarbayjon madaniyati” nomli ko‘rgazmaning ochilishida ishtirok etdik.

Namoyishga qo‘yilgan suratlarda qardosh mamlakatning betakror manzillari, tarixiy obidalari aks ettirilgan bo‘lsa, qo‘li gul ijodkorlarning matoga bitgan naqshlari, milliy osori-atiqalari orqali ozar xalqining boy madaniyati to‘g‘risida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldik.

Albatta, ekspozitsiyaga qo‘yilgan har bir surat, ashyo qiymatli va katta ahamiyatga ega. Unda buyuk tarix, betakror qadriyatlar yaqqol ufurib turibdi. Shaxsan men ko‘rgazmani tomosha qilib, qiziqarli ma'lumotlarni eshitib, yorqin taassurot oldim. O‘ylaymanki, galereyaga tashrif buyurgan barcha ana shunday tuyg‘uni his qildi.

Shundan so‘ng Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev yodgorligi poyiga gul qo‘yib, xotirasiga hurmat bajo keltirdik. Shu yerda hamkasblarimiz bilan samimiy muloqot qildik. Mazkur yodgorlik majmuasi shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgani, bu o‘zbek xalqining yaqin do‘sti, atoqli siyosiy va davlat arbobi Haydar Aliyevga, ozar xalqiga yuksak ehtirom ifodasi ekanini alohida ta'kidladik.

Chindan ham, Haydar Aliyev mustaqil Ozarbayjonning asoschisi sifatida tarixga kirgan. Mamlakatining bugungi darajaga erishishida uning xizmatlari beqiyos. Haydar Aliyev O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga doimo alohida e'tibor qaratgan. Shuning uchun ham uning nomi yurtimizda hamisha hurmat bilan tilga olinadi.

Mehmonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, xalqimiz o‘tmishi, boy madaniyati haqida ham samimiy fikrlarini izhor etishdi. Bu, albatta, kishiga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Umuman, tarixiy rishtalar, mushtarak qadriyatlar o‘zaro munosabatlarimiz rivojida muhim o‘rin tutadi. Bugun mana shu haqiqatni yana bir karra his qildik.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek va ozar xalqlarining oʻzaro doʻstlik aloqalari chuqur tarixiy ildizlarga ega

Bu ikki buyuk xalqni asrlar, ming yillar mobaynida bir-biriga bogʻlab kelgan oʻxshash jihatlar bor. Mamlakatlarimizni din, maʼnaviy qadriyatlar, anʼanalar, til va madaniyat oʻxshashligi bogʻlab turadi. Oʻzbek musiqasining gultoji sanalgan nodir maqomlarimiz va betakror Ozarbayjon mugʻomlari orasidagi hamohanglik har ikki xalq oʻrtasidagi yaqinlikni oʻzida ifodalaydi. Biz biri-birimizni tarjimasiz tushuna olamiz. Qalbimiz yaqin.

Bugun Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi azaliy doʻstona munosabat  deyarli, barcha sohalarda koʻzga tashlanmoqda. Ayniqsa sanʼat va madaniyat sohasidagi ikki tomonlama hamkorligimiz ham yildan yilga yangi bosqichda rivojlanmoqda. Doʻstlik rishtalari bundan keyin ham mustahkamlanib boraversin.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 II Xalqaro maqom san'ati anjumani
📍 27-30-iyun, 2024-yil Zomin shahri, O'zbekiston

🇬🇧 2nd Maqom Art International Forum
📍 27-30 June, 2024 in Zomin city of Jizzakh region, Uzbekistan

🇷🇺 II Международный форум искусства маком
📍 27-30 июнь, 2024 года г.Зомин, Узбекистан

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Юн Сок Ёль кенгайтирилган таркибда музокара ўтказдилар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Корея Президенти Юн Сок Ёль давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёев ҳамроҳлигида Самарқанднинг тарихий обидалари ва диққатга сазовор жойлари билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qurbon hayiti muborak boʻlsin!

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni moʻmin-musulmonlarning eng ulugʻ va muqaddas ayyomi – Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Asl mohiyati tinchlik, doʻstlik, insoniylik, xayr-saxovat, mehr-muruvvat boʻlgan bu ayyomni bugun butun islom olami keng nishonlamoqda. Ular qatorida koʻp millatli xalqimiz ham bayramni koʻtarinki ruhda, hamjihatlikda, ezgu amallar bilan oʻtkazayotgani diqqatga sazovordir.

Shuning uchun ham duoi fotihalarda xalqimizga tinchlik-omonlik, Vatanimizga ravnaq, amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga bardavomlik tilab niyatlar qilinmoqda. Bu har birimizning qalbimizdagi ezgu istakdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni yana bir bor bayram bilan tabriklayman.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga fayz-baraka, yurtimizga esa ravnaq tilayman.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ZOR_OVOZ

Yakshanba soat 21:00 da "ZO‘R TV" telekanalida dunyoga mashhur "OVOZ" loyihasining 1-mavsum qarama-qarshilik bosqichini o‘tkazib yubormang.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirlik_60_soniya_ichida

⚡️Ayni kunlarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xizmat safari bilan Farg'ona viloyatida bo'lib turibdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 19-iyun kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xizmat safari bilan Farg'ona viloyatida bo'ldi.

Tashrif avvalida Farg'ona viloyatida 300 gektar maydonda 400 ming aholiga mo'ljallangan zamonaviy "Eko shahar" qurilishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Farg'onaga tashrif davomida vazir Ozodbek Nazarbekov Marg'ilon shahridagi 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi, Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi, 15-son madaniyat markazi hamda Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazida bo'lib, ijodkor yoshlar va madaniyat muassasalari xodimlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Marg'ilon shahridagi 8-bolalar musiqa va san'at maktabiga Ma'murjon Uzoqov nomi berilishi bo'yicha kiritilgan taklif yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashdi.

Shuningdek, vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida Farg'ona viloyati tizim tashkilotlari va muassasalari rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilish ochiq muloqot tarzida o'tkazilib, tizimdagi mavjud muammolar va ularni yechimlari muhokama etildi. Yig'ilish davomida, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sherzod Hakimov O'zbekiston davlat filarmoniyasi Farg'ona viloyati bo'linmasi rahbari lavozimiga tayinlandi. Yangi rahbarni vazir Ozodbek Nazarbekov jamoaga tanishtirib, Sherzod Hakimovni tayinlangan yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabrikladi va kelgusi ishlariga omad tiladi!

Yig'ilishdan so'ng Farg'ona viloyati musiqali drama teatrida O'zbekiston san'at arbobi, teatr rejissyori Jo'ra Mahmudov asari asosoda sahnalashtirilgan "Reportaj" spektakli namoyish etildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

22-iyun
kuni "Vazir va yoshlar uchrashuvi" tadbiri doirasida yoshlar bilan uchrashamiz.

Uchrashuv soat 10-00dan 12-00ga qadar Yoshlar ijod saroyida bo'lib o'tadi.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Maqom_2024
#Jizzax_Zomin

⚡️ 27–30-iyun kunlari Jizzaxda bo'lib o'tadigan II Xalqaro maqom san'ati anjumaniga tayyorgarlik ishlari qizg'in olib borilmoqda.

Ayni kunlarda anjuman doirasida har bir hudud o'z milliy burchagi bilan ishtirok etishga hozirlanmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi madaniyat vaziri Begisbay Temirbayev hamda Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov anjumanga tayyorgarlik jarayoni haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

💙Ma'lumot uchun, tadbir doirasida xalqaro musiqa yarmarkasi, maqom san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, jumladan, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, fotosuratlar namoyishi hamda yarmarkalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM