O'zMU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
15.1K photos
1.7K videos
101 files
5.54K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
加入频道
⚡️DIQQAT! MUHIM EʼLON!!!

🔰 2021/2022-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6-sentabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13-sentabrdan e’tiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi.

✔️ Maʼlumki, yangi oʻquv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.

🔸Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.

🔹Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida boʻlgan talabalarning oliy taʼlim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.

🔺Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashgʻulotlari umumiy tartibda 6-sentabrdan boshlanadi.
Magistratura uchun chet tili fanidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

🔰 Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni chet tili fanidan test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📆 Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

👨🏻‍💻 Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining Magistratura” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

🖥 Agar talabgor haqiqatdan ham chet tili fanidan test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

🔖 Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

☑️ Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.
⚡️"Россия 24" телеканалида бизнинг Мустақиллик байрамимиз ва ЎзМУ талабаси, Олимпиада чемпиони Улуғбек Рашитов

🎥 "Россия 24" телеканалининг "Вести недели" кўрсатувида Ўзбекистонда шу кунларда нишонланаётган Мустақиллик байрами ва мамлакат ютуқларига бағишланган лавҳа узатилди.

✔️"Вести" муҳбири Роберт Францев ўз репортажида мустақилликнинг 30 йиллик тўйи – бу ўзбек халқининг бутун тарихий йўлини, келажак сари илдам бораётган кучли, демократик давлатни шакллантириш жараёнларини эслаш учун имкониятдир, деб таъкидлади. Лавҳада замонавий қаҳрамонлар мисолида мамлакатнинг янги тарихи қандай ёзилаётгани ҳақида ҳикоя қилинган. Улардан бири – Токио Олимпиадаси ғолиби, Ўзбекистонга олтин медал келтирган спортчи, ЎзМУ Таэквондо ва спорт фаолияти факультети талабаси Улуғбек Рашитов.

✔️Сюжетда Янги Ўзбекистон боғининг тантанали очилишига, унинг рамзий ёдгорликлари ва меъморий иншоотларига алоҳида эътибор қаратилган.

✔️Телеканал муҳбири мамлакатнинг иқтисодий ривожланиши ҳақида ислоҳотлар ва тараққиётнинг етакчи кучи сифатида алоҳида ҳикоя қилган.

Батафсил:👉 https://youtu.be/OeffWiCitjs
YILLIK TO'LOV-KONTRAKT.pdf
870.9 KB
⚡️⚡️DIQQAT MUHIM YANGILIK!!!

📌 Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan pandemiya sharoitida respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

✔️ Bunda, oliy ta’lim muassasalarining KUNDUZGI ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

🌎Telegram
🌐Facebook
📱Instagram
Forwarded from Edu.uz
Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X syezdi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qilmoqda.

Oliy ta’limdagi o‘zgarishlar rejasi haqida:

– oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkaziladi;

– 2026-yilga qadar kamida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiladi;

– davlat oliygohlari bosqichma-bosqich mehnatga haq to‘lash, xodimlar soni, to‘lov-kontrakt miqdori va ta’lim shaklini mustaqil belgilaydi. Ularning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida ijtimoiy soliq stavkasi amaldagi 25 foizdan 12 foizga tushiriladi, bo‘shagan mablag‘lar ta’lim muassasalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan:

– xususiy oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarga ham 7 yillik ta’lim kreditini olish tartibi joriy etiladi;

– talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi;

– oliy ta’limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi;

doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablagʻlari hisobidan toʻlov-grant asosida joriy etiladi;

11 ta tibbiyot oliygohi transformatsiya qilinib, ularning qoshida klinikalar tashkil etiladi;

– ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun oliy taʼlim grantlari yildan yilga oshirib boriladi va 2026-yilda 6 mingga yetkaziladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#очиқ_мулоқот

Талабалар турар жойига талабаларни жойлаштиришда қандай мезон ва тартибларга амал қилинади? Тошкент шаҳрида ижара хонадонларида яшаётган талабалар учун ижара пулини тўлаб бериш учун қандай ҳужжатлар талаб этилади? Сиз иқтидорли талабамисиз, номдор давлат стипендияларига ҳужжатлар топшириш тартиби қандай?

Юқоридаги барча саволларга бугун соат 17-00 дан бошлаб қуйидаги телеграм каналида ОВОЗЛИ ЧАТ орқали университет масъулларидан жавоб олишингиз мумкин.
Шунингдек, овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф беришингиз мумкин бўлади.

👉https://yangx.top/nuu_uz
Live stream started
Live stream finished (3 minutes)
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
🌐 ЎзМУ “Diplomatic World” халқаро журнали нигоҳида

🔷 “Diplomatic World” халқаро журнали
нинг Ўзбекистон мустақиллигининг 30 йиллигига бағишланган махсус сонининг электрон нашри кенг жамоатчиликка тақдим этилди. Унда Ўзбекистон ҳукумат вакиллари, фан, таълим, санъат ва маданият арбоблари, бизнес соҳаси ва фуқаролик жамияти вакилларининг фикр-мулоҳазалари жамланган.

🔷 ЎзМУ ректори, профессор Ином Маджидовнинг “Evident reforms in the higer education system of Uzbekistan in the period 2017-2021” сарлавҳаси остида мақоласи чоп этилди. Унда Ўзбекистоннинг таълим тизими ва ундаги асосий ўзгаришлар, хусусан, сўнгги йилларда олий таълим тизимида амалга оширилаётган ислоҳотлари ҳақида фикр юритилган.

🕘 “Diplomatic World” халқаро журналининг ушбу махсус сони хориж журналистлар томонидан тез кунда университетга тақдим этилиши кутиляпти.

Батафсил:👉https://nuu.uz/uzc/press/news/events/ev-univercity/1912

🌎Telegram
🌐Facebook
📱Instagram
📌 Magistrlar asosiy xodim sifatida qancha stavkada ishlashi mumkin?

Magistratura talabasi bemalol asosiy xodim sifatida ishlashi mumkin.

Mehnat kodeksi 81-moddasiga binoan ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Shuningdek, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat № 402, 29.01.1998 y.)ga muvofiq mehnat daftarchasi xodim ish haqi oladigan korxonaning xodimlar boʻlimida yoki shunga masʼul etilgan shaxsda saqlanadi. Oʻrindoshlik asosida ishlayotganlarniki esa asosiy ish joylarida saqlanadi. Agar magistrant boshqa joyda ishlamasa korxona uni asosiy xodim sifatida ishga qabul qilishi va uning mehnat daftarchasini yuritishi kerak.

🙅‍♂️ Mehnat kodeksi 115-moddasiga muvofiq xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Shuningdek normaning ikkinchi qismiga asosan olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.

💁‍♂️ Endi qarang! Magistrantning asosiy vazifasi taʼlim olish hisoblanadi. Shu tufayli magistrant faqat darsdan boʻsh vaqtlaridagina ishlashga haqli. Anʼanaviy yoki masofaviy shaklda oʻqishning ahamiyati yoʻq. Har ikki holatda ham asosiy vazifa oʻqish.

Mehnat kodeksi 118-moddasiga koʻra yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zoʻriqish, asab tangligi bilan bogʻliq, yaʼni alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Bundan koʻrinib turibdiki, oʻqituvchilar haftasiga 36 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas. Bunda qonun chiqaruvchi faqat mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi oʻqituvchilarni nazarda tutgan.

Shunga koʻra, magistrant OTMdagi darslari qoʻyilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin. Biroq oʻqish soatlari va ish yuklamasi bir biriga halal bermasa, 1 stavkada ishlash mumkin. Bunga MK 118-moddasi asos bo’ladi.

🌎Telegram
🌐Facebook
📱Instagram
#Qabul2021

⚡️ Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavriat uchun qabul davom etmoqda!

Ta'lim yo'nalishlari:
- Tibbiy-biologik ish (Tibbiy biologiya);
- Tibbiy-biologik ish (Kosmetologiya);
- Tibbiy-biologik ish;
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (Tibbiyot ekologiyasi).

 O‘qish muddati: 4 yil
Ta’lim tili rus va ingliz tilida olib boriladi.

Afzalliklar:
 • Siz 4 yil ichida Oʻzbekiston va butun Yevropa bo’ylab ishlash imkoniyatini beradigan diplomga ega bo‘lasiz!

👉👉👉RO'YXATDAN O'TISH UCHUN USHBU HAVOLANI BOSING 👈👈👈

Murojaat uchun tel: +998712271544
Telegram orqali: @qabul_2021_nuu