O'zMU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
15.1K photos
1.7K videos
101 files
5.54K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
加入频道
#Xalqaro_anjuman

Bag‘rikenglik – tinchlik, fuqarolararo hamjihatlik, millatlararo va dinlararo totuvlik garovi


🇺🇿 Bugun, 18-mart kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Bag‘rikenglik – tinchlik, fuqarolararo hamjihatlik, millatlararo va dinlararo totuvlik garovi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

📰 Mazkur nufuzli anjuman Tarix fakultetining 90 yillik yubileyi hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi professori, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi Rahbarxon Murtazayeva tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

🎓 Mazkur xalqaro anjumanda XXI asr xalqaro maydonida bag‘rikenglik tamoyilining tutgan o‘rni, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida bag‘rikenglik tamoyillarining roli, jahonda ushbu masalaga bo‘lgan e’tibor va boshqa masalalar muhokama etildi.

🗣Xalqaro anjumanda respublikaning ko‘plab taniqli olimlari, qator chet davlatlari – Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Fransiya, Polshadan tashrif buyurgan xorijlik olimlar ishtirok etdi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_muvaffaqiyati

O'zbekiston Milliy universiteti jamoasi “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida g'olib bo'ldi


📰Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan mazkur tanlov atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

🎓 Tanlovda oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘zaro 3 ta shart: “Adiblar hayotiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali taqdimot”, “Tezkor savol-javob” hamda “Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya” shartlari asosida bellashishdi.

Tanlovning hududiy bosqichi natijalari:

1-o‘rin 👉 O‘zbekiston Milliy universitetining “Yuksalish” jamoasi;
2-o‘rin 👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Moziy” jamoasi;
3-o‘rin 👉 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining “Sarafroz” jamoasi.

⚡️ Tanlovning mintaqaviy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Milliy universitetining “Yuksalish” jamoasiga muvaffaqiyat tilaymiz.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM