Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.5K subscribers
33.1K photos
6.6K videos
78 files
13.5K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
📣 Diqqat e'lon!!!

🔔 Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy tadqiqot instituti olimlarni konferensiyaga chorlaydi!

💬 Ilmiy to‘plam uchun maqolalar qabul qilish boshlandi!

📆 Dedlayn 2024-yilning 1-mart kuniga qadar!

E'lon bilan batafsil tanishing: Axborot xati

#ilmiykonferensiya
#nomoddiymadaniymeros

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ICRICH
#nomoddiymadaniymeros

UNЕSCOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi
Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan
O‘zbekiston obyektlari:

💠 Boysun madaniy muhiti (2008-yil)

💠 Shashmaqom (2008-yil)

💠 Katta ashula (2009-yil)

💠 Navro‘z (2009-yil)

💠 Askiya (2014-yil)

💠 Palov madaniyati va an’analari (2016-yil)

💠 Marg‘ilon hunarmandchilik maktabi: atlas, adras to‘qish texnologiyasi (2018-yil)

💠 Xorazm raqsi – Lazgi (2019-yil)

💠Miniatyura san’ati (2020-yil)

💠 Baxshi san’ati (2021-yil)

💠 An’anaviy ipakchilik (2022-yil)

💠 Nasriddin Afandi latifalarini aytish an’analari (2022-yil)

💠 O‘zbekistonda kulolchilik san’ati (2023-yil)

💠 “Tazhib bezak san’ati: naqqoshlik” (2023-yil)

💠 “Iftor va uning ijtimoiy-madaniy an’analari” (2023-yil)

Bugungacha O‘zbekistonning 15 ta nomoddiy madaniy merosi namunalari UNЕSCO muhofazasiga olingan.

Telegram/Instagram/Facebook
Forwarded from ICRICH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanni sevish nima?

Millatni sevish nima?


Bu faqat bayroq hilpiratib, tantanavor she’r o‘qish emas.

Vatanni jimgina turib ham sevish mumkin.

Kaft harorati ila loydan go‘zallik qorib...

Temirni qizig‘ida bosmoq uchun yurak o‘chog‘iga o‘t qalab...

Har qatim ipni tuyg‘ular rangiga bo‘yab... har chok ila muhabbatni kashtalab...

Inja fikratni cho‘ng toqat ila yog‘ochga naqshlab...

Dunyo tamaddunida
sahifa ochgan kashfiyot ila...

Bobolar borini, ORINI doston qilib...

Chayir bedovlarni pishqirtirib... Halo-o-ol! deya hayqirgan chavandozlar shahdu shiddatiga do‘nib
... VATAN deysan, O‘ZBEGIM deysan, O‘ZLIGIM deysan. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Qadriyating, uduming bori uchun ham yuksalasan. Millating dunyo aro izzatli millatlardan ekaniga shukr qilasan.

#yangiloyiha #nomoddiymadaniymeros

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nomoddiymadaniymeros

⚡️ Ko‘pkari

Chovag‘on-chavandoz chiniqqan, chapdast, qir-adir, soylik, toshloq, tik enishli qiyaliklarda har qanday xavf-xatarni yengib o‘tadigan, otni yaxshi ko‘rib parvarishlay oladigan bo‘lishi kerak. Aytishlaricha, ko‘ngli toza odamgina ot bilan tillasha oladi. Negaki ot tabiatan juda sezgir jonivor: yaxshi-yomonni farqlaydi, nobop odamni o‘ziga yaqinlashtirmaydi...

Ota-bobolarimiz xalq sayillarida, sunnat to‘ylari, o‘g‘il uylash marosimlarida, birinchi farzand yoki nevara ko‘rganda yurtga osh tortib, ketidan ko‘pkari o‘tkazganlar. Bu shavqli musobaqa niyat qilganlarning sovrinlari, aholining o‘zaro o‘rtaga qo‘ygan qimmatbaho mukofotlari asosida tashkil qilingan. Ishqiboz chavandozlar orasida gashtak ko‘pkari ham ta’sis etilib, havasmand tomoshabinlar bu olishuv uchun o‘z himmatlaricha sovrin tikkanlar.

Chavandozlik xislati bobodan nabiraga, otadan farzandga, hamqishloq chavandozlardan yosh ishqiboz chavandozlarga o‘tib kelgan. Bolalar yoshligidanoq jonivordan qo‘rqmaslikka, otni to‘g‘ri abzallashga, ot ustida muvozanat saqlashga o‘rgatilgan. Uloqni oyoq taqimi ostiga olish, ko‘pkarida g‘irromlik qilmaslik, raqib chavandozga shikast yetkazmaslik, halollikdan saboq berilgan.

Manba

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ICRICH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Temirchilik

Bu hunar ahli har qanday obu havoda ham olov ustida temir toblaydi... Ular yasagan ketmonsiz – dehqonning, teshasiz – ustaning, pichoqsiz – oshpazning ishi bitmaydi.

Temirchilik yurtimizdagi qadimiy hunarmandchilik turlaridan sanaladi. Abu Rayhon Beruniy oʻz asarlarida Buxoro temirchilarining mahorati haqida eslatib oʻtgan. Buxorolik ustalar yasagan shamshiru pichoqlar, qirgʻichlar, tibbiy asboblar, qulflar, tikuvchilik buyumlari Buyuk Ipak yoʻli savdogarlari orasida qadrli boʻlgan. Mintaqamiz elchilari ularni Yevropa elchilariga sovgʻa sifatida topshirishgan. 19-asrda Buxoroda oʻnlab temirchilik doʻkonlari boʻlgan.

Bugungi kunda hunarmandlar mashhur Buxoro qaychisi, milliy qirgʻichlar va pichoqlarni ham esdalik, ham uy-roʻzgʻor buyumlari oʻlaroq tayyorlaydilar. Ularning titan qotishma pichoqlari YUNESKO tomonidan sertifikatlangan.

#nomoddiymadaniymeros

Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from ICRICH
🇺🇿 QAROR IJROSI AMALDA

🇺🇿 Nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, raqamlashtirish, targ‘ib qilish va saqlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-405-sonli Qarorida keltirilgan ustuvor yo‘nalishlarda belgilab qo‘yilgan. Mazkur Qarorga ko‘ra nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targ‘ib qilish, jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilish uchun 50 ta audiovizual asarlar yaratish vazifasi ham berilgan.

🔸O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi yuqoridagi topshiriqlar ijrosini amalga oshirish uchun mas'uliyat ila harakat qilmoqda. Xususan, nomoddiy madaniy meros namunalari aks etgan 50 ta audiovizual materiallar tayyorlanib, ICRICH'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muntazam e'lon qilib borilmoqda:

⚡️Samarqand qog‘ozi
⚡️Yog‘och o‘ymakorligi
⚡️Ko‘pkari
⚡️Beshik yasash
⚡️Temirchilik
⚡️Dolg‘irotning tug‘ilishi
⚡️Alpomish dostoni
⚡️Davlatyorbek dostoni
⚡️Yedigey dostonidan
⚡️Arab Rayhon dostoni
⚡️Maqom nima?
⚡️Kulolchilik san'ati
⚡️Miniatyura nima?
⚡️Kelin salom marosimi
⚡️Kigiz va kigizchilik
⚡️Kandakorlik
⚡️Ganchkorlik san'ati
⚡️Gilamdo‘zlik san'ati
⚡️Dorbozlik san'ati
⚡️Katta ashula nima?
⚡️Zargarlik san'ati
⚡️Zardo‘zlik san'ati
⚡️Yedigey dostoni
⚡️Terma
⚡️Go‘ro‘g‘li dostoni (Xorazm)
⚡️Go‘ro‘g‘li dostoni (Surxondaryo)
⚡️Tandir yasash
⚡️Savat to‘qish san'ati
⚡️Sandiqsozlik san'ati
⚡️Qovun sayli
⚡️Popopchilik san'ati
⚡️Xorazm dostonchiligi
⚡️Samarqand dostonchiligi
⚡️Oshiq G‘arib dostoni

#qarorijrosiamalda #nomoddiymadaniymeros #icrich #audiovizualmateriallar #dayjest

🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM