Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.7K subscribers
32.3K photos
6.39K videos
78 files
13.1K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_haftaligi

⚡️ Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xon atlas” haftaligida Madaniyat vazirligi xodimlari faol ishtirok etishmoqda

🌷 Haftalikni o‘tkazishdan maqsad:

O‘zbek xalqining asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish;

barcha toifadagi xotin-qizlar, uy bekalari, o‘quvchi-talaba qizlar, yosh kelinlar, turli tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, ularning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni tavsiya etish;

milliylik va zamonaviylik, mahalliy va badiiy jihatlar uyg‘un bo‘lgan, shuningdek, milliy meros darajasidagi liboslarni keng targ‘ib qilish;

yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, madaniy ildizlariga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirish, shuningdek milliy urf-odat va an’analar bilan birga umuminsoniy axloq qoidalarini, umume’tirof etilgan did va estetik qarashlarni shakllantirish;

o‘zbek milliy shoyi matolari – atlas va adrasni tayyorlash texnologiyasi YUNESKO nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba ro‘yxatiga kiritilganini targ‘ib etish;

dizayn san’ati va milliy sanoat hamda sohada yosh kadrlarni tayyorlash, shuningdek, bugungi kunda liboslar targ‘iboti, savdosi bilan bog‘liq yo‘nalishlardagi yutuq va kamchilik va muammolarni muhokama qilish.

🌷Xon atlas” haftaligida siz ham ishtirok eting!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM