#Teatr
#Yangilik
🎭 Kattaqo'rgon shahar drama teatri tashabbusi bilan mustaqil Turkiy tilli davlatlar orasida birinchi marotaba O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Turkiya, Qozoqiston va Qirg‘iziston Respublikalaridan taklif etilgan ijodkorlar ishtirokida "Buyuk Turon-1" deb nomlangan tarixiy asar davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilishi belgilangan bo‘lib, kuni-kecha O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mutassadilari va badiiy kengash a’zolariga uning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Asarda "Turon" davlati barpo etilishi va Turon davlati tarixida bo‘lib o‘tgan jangu jadallar aks ettiriladi. Ushbu asarni sahnalashtirishda O‘zbek milliy akademik drama teatri bosh rejissori Asqar Xolmo‘minov hamda turkiy tilli davlatlardan taklif etiladigan ijodkorlar o‘z yurtlarining mutaxassislari, san’at arboblari, xalq rassomlaridan iborat ijodiy guruh ish olib borishadi.
"Buyuk Turon-1" spektakli premyerasi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yiligi arafasida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari ushbu asarni keng ommaga namoyish etish maqsadida, Madaniyat vazirligi hamda Turksoy xalqaro tashkiloti hamkorligida barcha turkiy tilli davlatlarga gastrol safari uyushtirilishi belgilangan.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Yangilik
⚡️ “Imom al-Buxoriy va Sukarno” asari Kattaqo'rg'on teatrida sahnalashtiriladi
✅ Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on shahar drama teatri hamda Indoneziya Respublikasining “Bumi Purnati” teatri jamoalari hamkorlikda “Imom al-Buxoriy va Sukarno” asarini sahnalashtirish ishlarini boshlashdi. Bu bo'yicha ikki davlat teatrlari o'rtasida Kattaqo'rg'on shahar drama teatri rahbari Botir Tugalovning 2023-yilda Indoneziya Respublikasiga ijodiy safari davomidagi taklifiga ko'ra, hamkorlik memorandumi imzolangan.
✅ Kuni kecha ikki davlat ijodiy teatr jamoalarining ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, Indoneziya Respublikasi Talim, Madaniyat, Tadqiqotlar va Texnologiyalar vazirining Madaniyat va san’at ishlari bo’yicha birinchi o'rinbosari Hilmar Farid janoblari Samarqandga tashrif buyurdi.
✅ Ikki davlat hammuallifligida sahnalashtirilayotgan ushbu asar, 2024-yilning kuz fasli davomida, shuningdek, “Imom al-Buxoriy" majmuasining ta'mirdan so'nggi tantanali ochilish marosimi jarayonlarida premyera qilinishi rejalashtirilgan.
✅ Ma'lumot uchun, ushbu sahna asari Indoneziya Respublikasining birinchi prezidenti Sukarno janoblarining 1956-yilda Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorat qilish maqsadida yurtimizga tashrifi tafsilotlari haqida so'zlaydi.
✅ Asar hammualliflik asosida yaratilgan bo'lib, unda indoneziyalik dramaturg Ahmad Favzi va o'zbekistonlik san'atshunos Temur Mirzayevlar birgalikda ishlashgan.