Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.6K subscribers
32.2K photos
6.37K videos
78 files
13K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
加入频道
Forwarded from Ozodbek Nazarbekov
Barakalla, Yasmina!

Belarus Respublikasidan ajoyib xushxabar oldik. Vitebskda o‘tkazilayotgan “Slavyan bozori”  xalqaro san’at festivali doirasida tashkil etilgan Xalqaro bolalar musiqa tanlovida Toshkent shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Yasmina Husniddinova Gran-prini qo‘lga kiritdi.

Mukofotni xalqaro san’at festivalining tantanali ochilish marosimida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko topshirdi. Ushbu muvaffaqiyat bilan Yasminaning yaqinlari, ustozlari hamda Toshkent shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasini samimiy tabriklayman.

Bu mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiliklarida ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin natijasi, totli mevasidir. Yurtimizda Yasmina kabi iqtidorlar juda ko‘p. O‘ylaymizki, ular ham yaxshi ilm olib, ustozlar o‘gitiga amal qilib, xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlovlarda Vatanimiz nomini ulug‘lashga munosib hissa qo‘shadilar.

Yasminaga esa o‘qishda va ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilayman.

Barakalla, Yasmina!

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Вилоятда маданий тадбирларни кўпайтириш масаласига ҳам тўхталиб ўтилди.

Маданият вазирлигига Фарғона филармониясида Симфоник оркестр ва Миллий чолғу ансамблини ташкил қилиш топширилди.

Ушбу оркестр ва ансамбль сайёҳлар энг кўп келадиган Фарғона, Қўқон, Марғилон шаҳарлари, Риштон, Қува ва Фарғона туманларида ҳафталик концертлар ўтказади.

Шунингдек, Фарғона шаҳрида янги ташкил бўлаётган “Эко шаҳар”да мусиқа мактабини ташкил қилиш бўйича таклиф киритишга кўрсатма берилди.

Умуман, бугун Фарғона учун яратилаётган шароитлар камида 10 миллиард долларлик инвестицияга замин бўлаётгани таъкидланди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Koʻcha_sanʻati
#Surxondaryo

🎼 Ko'cha san'ati va musiqasi loyihasi Surxondaryoda

Yurtimiz bo'ylab 2024-yil 1-apreldan boshlab, tegishli manzillarda “Ko'cha san'ati va musiqasi” loyihasi amalga oshirila boshlangan. Ayni kunlarda, barcha hududlarda yoshlar o'rtasida ko'cha san'atiga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda, kuni-kecha Surxondaryoning markazida “Ko'cha san'ati va musiqasi”ning bir ko'rinishi namoyish etildi.

🎙 “Ko'cha san'ati va musiqasi” nafaqat yurtimizda balki xorijiy davlatlarda ham ommabop tomoshaga aylangan, quyida bir necha davlatlardan misollar keltiramiz:

🇬🇧 Angliya

🇩🇪 Germaniya

🇮🇹 Italiya

🇰🇷 Koreya

🇨🇳 Xitoy

🇮🇳 Hindiston

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sharq_taronalari_2024

YUNESKO
shafeligida 25-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo'lib o'tadi.

"Sharq taronalari"
Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi. Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa san'atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.

1997-yilda tashkil etilib, ilk marotaba o'tkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan bo'lsa 2019-yilda o‘tkazilgan XII "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.

2024-yilning 25-30-avgust kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish uchun 100 dan ziyod mamlakatlarga mazkur festivalda ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborildi.

Hozirda festivalda qatnashish yuzasidan xorijiy mamlakatlardan, xususan, Yaponiya, Indoneziya, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Gruziya, Italiya va boshqa bir qator Sharqiy Osiyo davlatlaridan arizalar kelishi boshlandi.

Bugunga kelib "Sharq taronalari" nafaqat O‘rta Osiyoda, balki jahon miqyosidagi mashhur festivallar qatoridan joy olib ulgurdi. Buning yorqin misolini yildan-yilga qatnashchilar va festivalda qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar sonining oshishida, dastur saviyasining yuqorilab borayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️11-12-iyul kunlari madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Samarqand viloyatida bo'ldi.

Xizmat safari davomida respublika va mahalliy budjet mablag'laridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar faoliyati hamda ularning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash bo'yicha o'rganish o'tkazildi.

O'rganish yakuni bo'yicha Murodjon Majidov boshchiligida, tizim tashkilotlarining 2023-yil hamda 2024-yilning I yarim yilligi bo'yicha budjetdan tashqari tushumlar rejasining bajarilishi yuzasidan yig’ilish o’tkazildi. Yig'ilish yakuniga ko'ra, tushum rejasini vaqtida bajarmagan mas'ullar ogohlantirildi.

Bu kabi o'rganish ishlari respublika bo'ylab bosqichma-bosqich davom etadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat, barcha barchani MILLIY PARTYga chorlaymiz!

📍 13-iyul kuni soat 20:00da poytaxtning "Soy bo'yi" saylgohida estrada yulduzlari ishtirokida gala konsert bo'lib o'tadi.

🎙 Konsertda sizlarni estrada yulduzlari, taniqli boshlovchilar, vayner va blogerlar qarshi olishadi.

❗️ Eslatma, konsert mutlaqo bepul taqdim etiladi.

☀️ Qaynoq yozni salqin bog'da yorqin yulduzlar davrasida o'tkazing.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY 31 yoshda

TURKSOY — 1993-yil 12-iyulda Olmaota shahrida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya va Turkmaniston o‘rtasidagi kelishuv natijasida ta’sis etilgan.

Tashkilot turkiy xalqlarning madaniyati, san’ati, an’ana va qadriyatlarini asrab-avaylash, o‘rganish va keng targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi.

Mamlakatimizning TURKSOY bilan hamkorligi, ayniqsa, oxirgi yillarda, ya’ni islohotlarning yangi davrida mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lib kirdi.

🇺🇿 Madaniyat vazirligi jamoasi, bugungi sana bilan TURKSOYni samimiy tabriklab, qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, umumiy turkiy madaniyatni targ‘ib etish hamda kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lidagi ezgu faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Madaniyat_va_kino_kunlari
#Gruziya

🇺🇿 🇬🇪 “O'zbekiston madaniyati va kino kunlari" doirasida O'zbekiston Davlat filarmoniyasining “Navro‘z” ashula va raqs ansambli va Gruziyaning “Erisioni” davlat akademik xalq ashula va raqs ansambli o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vitebskdagi_Slavyan_bozori
#Belarus_Respublikasi

⚡️ Ayni kunlarda Belarus Respublikasida "Vitebskdagi Slavyan bozori" 33-xalqaro san'at festivali bo'lib o'tayotganligi hamda festival doirasida Toshkent shahar 1-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quvchisi Yasmina Husniddinovaga - Gran-prini Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko topshirganligi haqida xabar berilgan edi.

Festival doirasida ShHTga a'zo mamlakatlar madaniyat vazirlari, rasmiy delegatsiyalar a'zolari, madaniyat muassasalari rahbarlari o'rtasida muzokaralar va uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Unda, O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov ham ishtirok etmoqda.

Avazxon Tadjixanov, "Vitebskdagi Slavyan bozori" 33-xalqaro san'at festivalida Gran-pri bilan taqdirlangan Toshkent shahar 1-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchisi Yasmina Husniddinovani ushbu yutuq bilan tabriklab, O'zbekiston nomini ShHTga a'zo mamlakatlar o'rtasida yana bir bor yuksaltirganini e'tirof etdi.

"Vitebskdagi Slavyan bozori" 33-xalqaro san'at festivali davom etmoqda.

🎬 "Vitebskdagi Slavyan bozori" 33-xalqaro san'at festivali jarayonlarini - bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 11–12-iyul kunlari madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Navoiy viloyatida bo'ldi.

Xizmat safari davomida vazir o'rinbosari viloyatning Navbahor tumanidagi 13-sonli “Parvoz”, 14-sonli “Farovon”, 15-sonli “Istiqlol” madaniyat markazlari, Konimex tumanidagi 7-son “Do‘stlik” va 8-son “Yoshlik” madaniyat markazlari faoliyati bilan tanishib, binolar holatini o'rgandi.

Shuningdek, Xatirchi tumanidagi 25-son “Yangirabot” madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida ta'mirlash
va jihozlash loyihasiga muvofiq, amalga oshirilayotgan ishlarni o'rgandi hamda ta'mirlash ishlarini jadallashtirish maqsadida mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko'rildi.

O'rganish natijalari bo'yicha hududiy madaniyat boshqarmasi va tuman madaniyat bo'limlari hamda madaniyat markazlari rahbarlariga ish sifatini yangi bosqichga olib chiqish, har bir shahar va tumanlarda namunali madaniyat markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar va tavsiyalar berildi.

☑️ Xizmat safari davomida Yusufjon Usmonov G'azg'on shahar hokimi Azim Bozorov bilan uchrashib, namunali madaniyat markazini tashkil etish bo'yicha takliflar bilan tanishdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM