Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sharq_taronalari_2024
YUNESKO shafeligida 25-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo'lib o'tadi.
"Sharq taronalari" Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi. Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa san'atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.
1997-yilda tashkil etilib, ilk marotaba o'tkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan bo'lsa 2019-yilda o‘tkazilgan XII "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.
2024-yilning 25-30-avgust kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish uchun 100 dan ziyod mamlakatlarga mazkur festivalda ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborildi.
Hozirda festivalda qatnashish yuzasidan xorijiy mamlakatlardan, xususan, Yaponiya, Indoneziya, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Gruziya, Italiya va boshqa bir qator Sharqiy Osiyo davlatlaridan arizalar kelishi boshlandi.
Bugunga kelib "Sharq taronalari" nafaqat O‘rta Osiyoda, balki jahon miqyosidagi mashhur festivallar qatoridan joy olib ulgurdi. Buning yorqin misolini yildan-yilga qatnashchilar va festivalda qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar sonining oshishida, dastur saviyasining yuqorilab borayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt

#Qabul_2024
#Kasbiy_ijodiy_imtihon
👨💼 Ayni kunlarda Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Oliy ta'lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda.
✅ Ushbu kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari va natijalari bo'yicha ma'lumotga ega bo'lmoqchimisiz, unda quyidagi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Oliy ta'lim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlari orqali jarayonlardan boxabar bo'ling:
💬 O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
💬 O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
💬 O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
💬 O'zbekiston davlat konservatoriyasi
💬 O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
💬 O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
💬 Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti
💬 O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
💬 O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
🎓 Eslatib o'tamiz, Madaniyat vazirligi tasarrufida 9 ta Oliy ta'lim muassasalari mavjud.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
#Kasbiy_ijodiy_imtihon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Madaniyat_kunlari
#Kino_kunlari
#Gruziya
🇺🇿 🇬🇪 Gruziyada “O'zbekiston madaniyati va kino kunlari” doirasida O'zbek kinosi kunlari bo'lib o'tdi.
✅ O'zbekiston kinosi kunlari doirasida tomoshabinlarga “Ilhaq”, “101-reys”, “Evrilish” kabi filmlar namoyish etildi.
™️ Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
#Kino_kunlari
#Gruziya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Faxr
⚡️ 7-12 iyul kunlari Turkiyaning Bursa shahrida "Oltin qorako'z" 36-xalqaro folklor xalq raqs festivali bo'lib o'tayotganligi haqida xabar berilgan edi.
☑️ Unda dunyoning 20 dan ortiq davlatlari qatorida O'zbekiston davlat filarmoniyasining "Navbahor" raqs ansambli hamda "Bek" doirachilar ansambli ishtirok etishdi.
📆 6 kun davom etgan tanlovda:
🥇 1-o'rin O'zbekiston delegatsiyasiga;
🥈 2-o'rin Turkmaniston delegatsiyasiga;
🥉 3-o'rin Bolgariya delegatsiyasiga nasib etdi.
☑️ Ma'lumot uchun: "Oltin qorako'z" festivali 62 marotaba o'tkazilgan bo'lib, 36 yildan buyon konkurs sifatida tashkil etib kelinmoqda. Festivalning 62 yillik tarixida O'zbekiston ilk bor 1-o'rinni egalladi.