TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.27K subscribers
9.58K photos
1.22K videos
6 files
5.88K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
加入频道
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

◼️ Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ""Uzkad" tizimi joriy etilganiga 1 yil bo‘lsada, nega haligacha ko‘p joylar o‘tkazilmagan?!" sarlavhasi ostida post joylandi. Ushbu masala bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

▫️ Bugungi kunga qadar ko‘chmas mulklar bo‘yicha ma’lumotlar bir nechta axborot tizimlarida yuritilib va saqlanib kelingan. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni taqozo qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24 avgustdagi PF-198-son Farmoniga asosan, Uzkad axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan!

📃 Batafsil: https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-05-09-3

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani, Sebzor dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldidagi qurilmalar haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan ⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari “Yuqori Sebzor” MFY hududida o‘tkazgan yer nazorati tadbirlarida Sebzor M17/18 dahasi, 2a-uy oldida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 36 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma (do‘kon) qurilganligi aniqlangan.

⬜️ Shundan so‘ng tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoni hamda noqonuniy qurilmani belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilgan.

⬜️ Biroq fuqaro davlat organining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli unga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi (jarima) qo‘llanilib, noqonuniy qurilmani buzish hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bo‘shatish yuzasidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi bilan murojaat etilgan.

⬜️ Natijada bugungi kunda sudning hal qiluv qarori bilan tegishli idoralar tomonidan noqonuniy qurilmani bartaraf etish hamda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish choralari ko‘rilayotganligi bildiriladi.

⚖️ Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

▪️Ijtimoiy tarmoqlardan birida Mirzo Ulugʻbek tumani, “Turon” MFY hududida yashayotgan bir guruh fuqarolarning kelajakda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan qurilish ishlaridan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati yuzasidan🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

▪️Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Turon” MFY, Buzbozor koʻchasi, 23A uyda joylashgan koʻchmas mulk obyekti, 01.07.2020-yildagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan, “C.P.B.” MCHJ nomiga mulk huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

▪️Mazkur obyekt 975.0 kv.m ga teng yer maydonida joylashgan boʻlib, bino va inshootlarning umumiy maydoni 269,00 kv.m, foydalanish maydoni 241,78 kv.m ni tashkil etadi.

▪️Shuningdek, boshqarmada ushbu obyekt buzilib, qayta qurilishi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud emasligi maʼlum qilinadi.

Ma'lumot uchun: qurilishga ruxsat berish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga huquqiy baho berish yoki ularni bekor qilish Kadastr idoralarining vakolatiga kirmasligi bildiriladi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◾️“Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali Toshkent shahar, Yashnobod tumani “Yashnobod” mahallasida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlardan uy sotib olgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirolmayotgani haqida efirga uzatilgan lavha yuzasidan🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Yashnobod tumani, “Yashnobod” MFY Aviasozlar 5-tor ko‘chasi, 47-uy manzilida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binolariga kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan ariza va murojaatlar kelib tushmagan bo‘lib, mazkur obyekt 2020-yil 20-martdagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan “M.T.S.” MCHJ nomiga mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Ushbu ko‘chmas mulk obyekti 7300.00 kv.m ga teng yer maydonida joylashgan bo‘lib, mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tgan binolar umumiy maydoni 177.00 kv.m ni tashkil etadi.

◾️Bunda, quruvchi tashkiloti tomonidan, bugungi kunga qadar ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli davlat qurilish tashkilotlari tomonidan foydalanishga ruxsat berilganligi to‘g‘risida murojaat etilmaganligi munosabati bilan ko‘p qavatli turar joy binolari davlat ro‘yxatidan o‘tmagan.

◾️Yuqorida bayon etilganlarga asosan, murojaatnomada qayd etilgan, “fuqarolarga kadastr hujjatlari taqdim etilmayotganligi” vajlari, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolarining mulkdori bo‘lmish "M.T.S." MCHJ tomonidan mazkur turar joy binolaridagi xonadonlarni o‘rnatilgan tartibda notarial idora orqali tegishli shartnomalar (oldi-sotdi va x.k.) rasmiylashtirib berilmayotganligini anglatishi, mulkdor yuqorida qayd etilgan ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli qurilish tashkilotlari tomonidan qurilishi tugallangan binolardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilib, notarial shartnomalar rasmiylashtirilganidan so‘ng, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarni vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi-sotdi va x.k.) bilan murojaat etishgandan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kadastr hujjatlari shakllantirilishi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◾️Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida joylashgan "Do‘stlik" bog‘i hududining noqonuniy tarzda egallab olinganligi haqidagi murojaat yuzasidan⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Mavjud arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bratislava koʻchasi, 2a-uy manzilidagi (qurilishi tugallanmagan) noturar joy obyekti Loyiha tashkilotining 14.09.2023-yil va 10.11.2023-yildagi Maʼlumotnomasiga asosan 04.04.2024-yilda "VINERA TOWER" MCHJ nomiga mulk huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

◾️Obyektning yer maydoni 5273 kv.m, qurilish osti maydoni 4654 kv.m, bino va inshootlari umumiy maydoni 58 091 kv.m, huquqiy hujjatlarga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan bino va inshootlari maydoni 23 183 kv.m, huquqiy hujjat taqdim etilmagan bino va inshootlari maydoni 34 908 kv.m ni tashkil etadi.

◾️2023-yilning iyun oyida MCHJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari va noqonuniy egallab olingan yer maydonini joyiga chiqib o‘rganishlar olib borib, nazoratdagi o‘lchov ishlari o‘tkazilganda quyidagilar ma’lum bo‘lgan.

◾️Xususan, MCHJ tomonidan o‘ziga tegishli 5273 kv.m yer maydonidan tashqari 2451 kv.m yer uchastkasi o‘zboshimcha egallab olinganligi va temirsimon to‘siq (profnastil) bilan o‘rab qo‘yilganligi aniqlangan.

◾️Shu bilan birga, MCHJ tomonidan o‘zboshimcha o‘rab olingan 2451 kv.m yer uchastkasining 606 kv.m yer maydoni “Do‘stlik bog‘i” hududidan egallab olinib, ayrim qismida kotlovan qazilganligi qo‘shimcha aniqlangan.

◾️Mazkur holat yuzasidan 2023-yilning 5-iyun kuni Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib, Vazirlar Mahkamasining 183-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan o‘rnatilgan tartibda davlat yer nazorati tadbiri olib borilgan va yerga oid huquqbuzarlik sodir etgan “VINERA TOWER” MCHJga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

◾️Ushbu holat yuzasidan “VINERA TOWER” MCHJ rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 266-modda 1-qismiga muvofiq, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasiga berilgan vakolatga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasida belgilab o‘tilgan ma’muriy javobgarlik holati bo‘yicha ta’sir choralari qo‘llanilganligi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◾️Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahridagi kadastr bazasida muammolar kuzatilayotgani haqida post joylandi. Ushbu masala yuzasidan🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Oldin xabar berilganidek, joriy yilning 18-iyun kunida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining ma’lumotlar bazasida rejali grafik asosida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo‘yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi ma‘lum qilingan edi.

◾️Bugungi kunga kelib Toshkent shahrida joylashgan serverlarda texnik ishlar yakuniga yetkazilib, barcha kamchiliklar bartaraf etilgani hamda tizim to‘liq faoliyat yuritayotganini ma’lum qilamiz!

◾️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

◾️Kuzatilgan texnik uzilishlar uchun yana bir bor yurtdoshlarimizdan uzr so‘raymiz.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

⚡️Kecha va bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Uyingizni kadastr hujjatlarini yo‘qotib qo‘yib arxivdan ham topa olmayotgan bo‘lsangiz siz uchun foydali tavsiya” mazmunidagi postda ayrim ma'lumotlar noto‘g‘ri ekanligi bo‘yicha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ogohlantirib, mazkur video orqali batafsil ma'lumotlarni taqdim etadi.

Shu o'rinda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va faollaridan ommaga taqdim etayotgan ma’lumotlar huquqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini, davriy o‘zgarish va yangilanishlarga mosligini tekshirib olishlarini so'rab qolamiz!

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◾️Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani “Do‘stlik bog‘i” hududining noqonuniy tarzda egallab olinganligi holati bo‘yicha ko‘rilgan ta’sir chorasi haqida e’tirozli postlar (1, 2) e’lon qilindi. Mazkur murojaat yuzasidan ⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Avval xabar berilganidek, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bratislava ko‘chasi, 2a-uy manzilida joylashgan noturar-joy hududi bo‘yicha 2023-yil 27-yanvarda “VINERA TOWER” MCHJ nomiga kadastr pasporti shakllantirilgan.

◾️2023-yilning iyun oyida MCHJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari va noqonuniy egallab olingan yer maydonini o‘rganish maqsadida o‘lchov ishlari o‘tkazilgan vaqtda MCHJ tomonidan o‘ziga tegishli 5273 kv.m yer maydonidan tashqari 2451 kv.m yer maydoni o‘zboshimcha egallab olinib, temirsimon to‘siq (profnastil) bilan o‘rab qo‘yilganligi, shundan, 606 kv.m bog‘ hududidan qo‘shib o‘ralganligi aniqlangan.

◾️Holat yuzasidan 2023-yilning 5-iyun kuni Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi mas’ul xodimlari Vazirlar Mahkamasining 183-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan belgilangan tartibda davlat yer nazorati tadbirlari olib borgan va yerga oid huquqbuzarlik sodir etgan “VINERA TOWER” MCHJga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-modda 2-qismi (Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish) bilan jarima qo‘llanilgan.

◾️Bugungi kunda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida o‘zboshimchalik bilan egallangan 500 kv.m yer maydonining o‘z holiga qaytarilishiga erishildi.

◾️Shuningdek, belgilangan tartibda yer qonunbuzilishini to‘liq bartaraf etish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini MCHJ hisobidan o‘z holiga qaytarish yuzasidan Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonini o‘z holatiga qaytarilishi Sudning tegishli qarori bilan ta’minlanadi.

◾️Qo‘shimcha ravishda, “VINERA TOWER” MCHJ tomonidan sodir etilgan holatlar yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar huquqiy baho berishlik uchun Prokuratura organlariga yuborilganligi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◾️“Xalq nazorati” telegram kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Mavjud arxiv hujjatlariga muvofiq, Yunusobod tumani hokimining 2013-yil 16-avgustdagi farmoyishi bilan Yunusobod tumani, 3-mavzesida joylashgan 3873 kv.m yer maydoni MCHJga obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida biriktirilgan.

◾️2024-yil 16-may kuni boshqarmaning Yunusobod tuman bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 183-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan belgilangan tartibda olib borilgan davlat yer nazorati tadbiri natijasida, MCHJga yer maydoni faqatgina obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida biriktirilgan bo‘lishiga qaramasdan ushbu yer maydonida o‘zboshimchalik bilan o‘rab olish, unda noqonuniy qurilmalar (stadion, avtoturargoh, qorovulxona hamda tadbirkorlik maqsadida binolar) qurib, ushbu yer maydonidan shu kunga qadar maqsadsiz foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

◾️Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat MCHJ rahbari tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan.

◾️Shundan so‘ng aniqlangan yer qonunbuzilishini bartaraf etish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini MCHJ hisobidan o‘z holiga qaytarish yuzasidan Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Bugungi kunda kiritilgan da’vo arizasi sud tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

◾️Bundan tashqari, “Xalq nazorati” telegram kanalida e’lon qilingan yuqoridagi murojaatda “Toshkentni qoq markazidagi manavi bino esa yarimtayam ruxsatsiz yaqinlarda qurildi” deya izohlangan qurilmaga ham to‘xtalib o‘tamiz.

◾️Mavjud arxiv hujjatlariga muvofiq, Mirzo Ulug‘bek tumani, O‘zbekiston ovozi ko‘chasida joylashgan 2-sonli noturar joy obyekti MCHJga 15.08.2023 yildagi Elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasiga asosan auksion g‘olibi sifatida 180.00 kv.m yer maydoni 15.08.2023 yildagi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkasini ijaraga olish to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◾️O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 06.09.2023 yildagi Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Loyiha-smeta hujjatlarni kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organlari tomonidan 26.09.2023 yildagi loyiha tasdiqlangan.

◾️Tasdiqlangan loyiha-smetasiga asosan 23.11.2023 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilishi (rekonstruksiya) tugallangan obyektdan foydalanish uchun Ruxsatnomasiga ko‘ra umumiy foydalanish maydoni (tashqi) 152.00 kv.m., foydalanish maydoni 131.59 kv.m., qurilish osti maydoni 152.00 kv.m ga nisbatan MCHJ nomiga mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM