TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.27K subscribers
9.46K photos
1.21K videos
6 files
5.8K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
加入频道
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar qancha muddatga rasmiylashtirib beriladi?

Javob: O‘RQ 937-sonli Qonuni 1-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer uchastkalariga nisbatan ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda va tartibda faqat ijara huquqi, ushbu yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etiladi.

Bunda ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun 99 yil, boshqa yer uchastkalari uchun 49 yil etib belgilanadi.

#Kadastr #sizdan_savol #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌇🌇🌇🌇 🗂🗂🗂🗂

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬

MALAKALI KADRLAR - TASHKILOT TARAQQIYOTINING ASOSI


◼️Bugungi kunda davlat idoralarida zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan yosh kadrlarni kamol toptirish, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun barcha sharoitlarni yaratish muhim vazifa hisoblanadi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ham ushbu yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️Batafsil o‘qish uchun

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yoshlar #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DA’VO ARIZASIGA ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR

◼️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:

1) qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;

2) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risidagi ogohlantirishi;

3) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

4) huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi hujjat.

#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_997

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E’TIBOR VA E’TIROFDAGI KADASTR AYOLLARI

💐 Bugun ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida yigitlar jamoasi tomonidan maxsus bayramona dekoratsiyalar tayyorlanib, ayol hamkasblar jonli musiqa sadolari ostida kutib olindi.

◼️8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan “Aziz va muqaddas ayol” shiori ostida tashkil etilgan tadbir avvalida boshqarma boshliqlari M.Fayzullayev, A.Yunusov tomonidan poytaxt kadastri sohasida faoliyat yuritayotgan jonkuyar va fidoyi xotin-qizlar bahor bayrami bilan qutlanib, ularning sha’niga ezgu tilaklar bildirildi.

🌷Yosh iste’dod egalarining chiqishlari, qiziqarli shartlar, maxsus videorolik namoyishi hamda esdalik sovg‘alari kadastrchi opa-singillarimizga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

#Kadastr #ayolga_ehtirom #tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️Xotin-qizlar kuni va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam olinadi?

➡️8-mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni;
➡️9-mart (yakshanba) — dam olish kuni;
➡️10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
➡️21-mart (juma) — Navro‘z bayrami;
➡️22-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
➡️23-mart (yakshanba) — dam olish kuni.

🔖Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.


#Kadastr_agentligi #Bayram_kunlari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MILLIY LIBOSDAGI KADASTR AYOLLARI

🇺🇿 Xabaringiz bor, haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” etib belgilangan.

◼️Bugun ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tizimida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, o‘zbek milliy liboslarida ish joylariga tashrif buyurdilar.

Ularning atlas va adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslari nafaqat estetik go‘zallik, balki xalqimizning boy madaniy merosini ifoda etib, ish muhitiga o‘zgacha fayz, bayramona shukuh bag‘ishladi.

#Kadastr #milliy_liboslar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM