JDPU | Rasmiy kanal
7.86K subscribers
37.4K photos
2.18K videos
395 files
9.41K links
Jizzax davlat pedagogika universiteti rasmiy sahifasi

🌐 Rasmiy sayt: jdpu.uz
📞 Ishonch telefoni: 72-226-68-10
📞 Call-center: 72-221-55-16
👩🏻‍💻 Aloqa: @jdpu_axborot_bot

🔹facebook.com/jdpuuz
🔹instagram.com/jdpuuz
🔹twitter.com/jdpuuz
🔹youtube.com/jdpuuz
加入频道
Rasmiy axborot.

15-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Biz o‘qishni istaymiz, majburiy tadbirlarni emas” sarlavhasi ostida  post e’lon qilindi.

Ushbu postda  murojaatchilar “Talabalarni majburiy tadbirlarga jalb etilayotganini, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning darslarni o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qilayotganini, Imtihonlarda esa talabalar adolatsiz va murakkab test savollari sabab qiynalib qolishayotganini, kontrakt to‘lovi masalasida inson sha’ni va qadr-qimmati toptalayotgani, ayrim tyutorlar talabalar bilan qo‘pol muomalada bo‘lishayotganini, universitet rahbariyati bu muammolarga e’tibor qaratishini” bayon qilishgan.

Universitet rahbariyati ushbu murojaatda bildirilgan  e’tirozlar bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib boradi. O‘rganish natijalariga ko‘ra  tez fursatlarda rasmiy munosabat bildiradi.


Jizzax davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Biz o‘qishni istaymiz, majburiy tadbirlarni emas” sarlavhasi ostida  e’lon qilingan murojaatga Jizzax davlat pedagogika universiteti  rahbariyatining

                                         MUNOSABATI

Ushbu postda  murojaatchilar “Talabalarni majburiy tadbirlarga jalb etilayotganini, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning darslarni o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qilayotganini, Imtihonlarda esa talabalar adolatsiz va murakkab test savollari sabab qiynalib qolishayotganini, kontrakt to‘lovi masalasida inson sha’ni va qadr-qimmati toptalayotgani, ayrim tyutorlar talabalar bilan qo‘pol muomalada bo‘lishayotganini, universitet rahbariyati bu muammolarga e’tibor qaratishini” bayon qilishgan.

Universitetda tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tasdiqlangan reja-grafik asosida tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan, qolaversa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘quv jarayoniga ta’sir qilmasligini oldini olish maqsadida 1-smena  talabalari uchun 14-00 dan 19-00 ga qadar, 2-smena talabalari uchun 08-00-13-30 ga qadar tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Eng asosiysi yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga talabalar ixtiyoriy ravishda jalb etiladi. Universitetda kredit-modul tizimida ta’lim jarayoni tashkil qilingan bo‘lib, talabalarning bilimini baholash HEMIS platformasi orqali amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasining oliy dargoh ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, o‘z navbatida murakkab test va savollar bo‘lishi tabiiy holatdir. Qolaversa, talabaning mazkur sinovlardan o‘ta olmasligi “adolatsizlik” degan tushunchani qo‘llashiga asos bo‘lmaydi. Murojaatda shuningdek, kontrakt to‘lov masalasi, ayrim tyutorlarning talabalarga qo‘pol munosabatda bo‘layotganligi ham” bayon etilgan. Ta’kidlash joizki, talaba bilan tuzilgan shartnomada 75 % to‘lovlarni amalga oshirishning oxirgi muddati etib 1-mart sanasi belgilangan. Shu bois talabaning shartnoma mablag‘larini o‘z vaqtida amalga oshirishi uning qonuniy burchidir. Bugun universitetning barcha o‘quv auditoriya va  koridorlarga 1010 ta ovozli kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, uning nazorati yo‘lga qo‘yilgan. Tyutorlar tomonidan talabalarning kontrakt to‘lovini amalga oshirmaganligi sababli dars mashg‘ulotlariga kiritmaslik yoki darsdan chiqarib yuborish, ularga qo‘pol munosabatda bo‘lish kabi holatlar kuzatilgan taqdirda ularga tegishli tartibda intizomiy chora ko‘rilishi belgilangan. O‘rganish jarayonida ko‘rsatilgan fikrlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Aytish joizki, bugun universitetda tyutorlar KPI (samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash) tizimi yo‘lga qo‘yilgan. KPI talabalarini to‘liq ado etmagan, talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovnomalarda salbiy baho olgan tyutorlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi belgilangan.


      Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati