Forwarded from UNESCO Uzbekistan
🇺🇳YUNESKO Hayot davomidagi ta'lim instituti (Institute for Lifelong Learning) bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi professional ta'lim o‘qituvchilarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishda davom etmoqda. 11-13 mart kunlari O‘zbekiston Oliy ta'lim, fan va Innovatsiyalar hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv hubi, Professional ta'limni rivojlantirish instituti hamda Professional tayyorlov markazlarining vakillari ishtirokida milliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida DELTA o‘quv modullarini O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish va sinov tajribalarini amalga oshirish bo‘yicha takomillashtirilgan yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.
💻Seminarda ekspertlar tomonidan ma'ruzalar, modullarni rivojlantirishning eng muhim sohalariga e’tibor qaratish, hamkorlikdagi kengashlar va amaliy mashg'ulotlar o‘tkazildi va manfaatdor tomonlar tomonidan dastur O‘zbekiston maqsadlariga mos kelishini ta'minlash maqsadida tahliliy muhokamalar amalga oshirildi

Forwarded from OTFIV | Toshkent
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari diqqatiga! IBRO-2025 olimpiadasiga start berildi!
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi hamkorligida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO-2025) tashkil etilmoqda.
Olimpiada testbor.uz ta’lim platformasida 3 bosqichda bo‘lib o‘tib, birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan jami 18 nafar oʻquvchi uchun AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga 100 foiz grant ajratiladi.
Birinchi bosqich (tuman) — onlayn tarzda 1–7-aprel kunlari tashkil etiladi. Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish, qatnashish va natijalarni aniqlash testbor.uz taʼlim platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida 13–20-may kunlarida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun ikkinchi bosqichda har bir hudud kesimida 1–5-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar saralab olinadi.
Uchinchi bosqich – Final bosqichi – 2–8-sinf oʻquvchilari uchun onlayn shaklda oʻtkaziladi. 10-11-sinf oʻquvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida oʻtkaziladi.
Eng faol ishtirok etib yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga esa “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin - BYD Chazor avtomobili topshiriladi.
Har bir fan kesimida yuqori 10 talik oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ustozlari ham taqdirlanadi.
Olimpiadada ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: 👉 https://testbor.uz/uz
✅ Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊 Telegram |📱 Instagram|📱 Facebook |🕊 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM