PROFEDU.UZ
1.14K subscribers
7.18K photos
1.09K videos
46 files
3.42K links
🏛 Professional ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: [email protected]
加入频道
Forwarded from Edu.uz
#Kasbiy_taʼlim #Avgust_kengashlari

Kasbiy taʼlim tashkilotlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Avgust kengashlari yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda

Respublikamizdagi kasbiy taʼlim tashkilotlarida 2025/2026-oʻquv yiliga tayyorgarligini taʼminlash, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish maqsadida Avgust kengashlarining sho‘ba va yalpi yig‘ilishlari tashkil etilmoqda.

Unda mahalliy hokimlik, xalqaro loyihalar, ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari, kasbiy taʼlim tashkilotlar rahbar va pedagoglari, shuningdek, “YUNESKO”, “Helvetas”, “Sparkasse”, Daryo loyihalari doirasida trener-pedagoglari o‘z taqdimotlari hamda xalqaro loyihalar ekspertlari maʼruzalari qatnashmoqda.

Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida Aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari sho‘basi yig‘ilishi o‘tkazilib, matematika, fizika, kimyo fanlari bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashildi, yangi dastur va darsliklardagi yangiliklar tushuntirildi, STEAM yondashuvi hamda innovatsion metodlar muhokama qilindi.

Toshkent tuman 1-son politexnikumida ijtimoiy-gumanitar fan o‘qituvchilari ishtirokida normativ-huquqiy hujjatlar, attestatsiya va malaka oshirish jarayonlari, elektron jurnal yuritishdagi muammolar va yechimlar muhokama qilindi.

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida kasbiy ta’lim tashkiloti direktorlari uchun Avgust seminari o‘tkazilib, yalpi yig‘ilish ma’ruzalari tinglandi va rahbarlar tomonidan takliflar bildirildi.

To‘raqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kasbiy ta’limdagi yangi normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Toshkent shahar Shayxontohur tuman politexnikumida harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik va jismoniy tarbiya rahbarlari sho‘ba yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, yoshlarni bilim olishga qiziqtirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.

Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida sog‘liqni saqlash, ijtimoiy taʼminot fanlari o‘qituvchilari uchun Avgust kengashi bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishlarda faol o‘qituvchilar o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yosh kadrlar uchun metodik tavsiyalar berdilar.

Shu tarzda, Avgust kengashining sho‘ba yig‘ilishlari yangi 2025/2026-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3
Forwarded from Edu.uz
Vazirlik rahbariyati xodimlar farzandlarini mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili bilan tabrikladi

27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi 2025/2026-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik rahbariyati, xodimlar hamda ularning farzandlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida vazirlik xodimlarining oliy ta’lim muassasalari, Prezident maktablari va umumta’lim maktablarida o‘qishni boshlayotgan farzandlariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning tabriknomasi, esdalik sovg‘alari va kitoblar topshirildi.

Tadbirda so‘z olgan vazirning birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev yoshlarni mustaqil fikrlashga, ilmga va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish zarurligini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81492

#bayram_shukuhi #mustaqillik34 #eʼtibor

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#avgust #kengashlari

🔺Kasbiy taʼlim tashkilotlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Avgust kengashlari yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda

🔺Respublikamizdagi kasbiy taʼlim tashkilotlarida 2025/2026-oʻquv yiliga tayyorgarligini taʼminlash, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish maqsadida Avgust kengashlarining sho‘ba va yalpi yig‘ilishlari tashkil etilmoqda.

🔺2025 yil 26 avgust kuni Toshkent pedagogika texnikumida tashkil etilgan sho‘ba yig‘ilishida Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari ishtirok etishdi.

|Bizni kuzatib boring


🌐Veb-sayt |Facebook |Telegram| 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3